Savol: Bu qaysi shahar? Javob


Download 26.7 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi26.7 Kb.
#1321175
  1   2   3   4
Bog'liq
31.05.2022 Мактаб

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

1-tur

1. 2019-yilda Pokistonda Qur’on oyatlari bitilgan turli qo‘lyozmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada turli buyumlarga bitilgan oyatlar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma ma’lumotnomasida yurtimizdagi bir shaharning nomini uchratishimiz mumkin.


Savol: Bu qaysi shahar?
Javob: Samarqand.
Izoh: Ko‘rgazmadan Samarqand qog‘ozlariga bitilgan qo‘lyozmalar ham o‘rin olgan edi.

2. Singapurdagi davlat ishxonalarida ish vaqti turlicha boshlanadi. Kimdir 8:00 da ish boshlasa, kimdir 10:00 da ish stoliga o‘tiradi.


Savol: Bu nimani kamaytirishga xizmat qiladi?
Javob: Yo‘llardagi avtomobil tirbandligini kamaytirish uchun.

3. 2015-yilda bu yozuvchi ayol tug‘ilganining 125 yilligi munosabati bilan pazandalik retseptlari to‘plami nashrdan chiqarildi. Unda har bir ovqatga qo‘shimcha “ingredient” ham ko‘rsatilgan bo‘lib, ammo uni qo‘shish tavsiya etilmaydi. Qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, bu ayol taom tayyorlashni yoqtirgan.


Savol: Qaysi yozuvchi ayol haqida gap ketmoqda?
Javob: Agata Kristi.
Izoh: To‘plam Agata Kristi asarlaridagi zaharlangan taomlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, har bir taomga asarda qaysi zahar qo‘shilgani aytib o‘tilgan. Agata Kristi idishlarni yuvishni xushlamagan, ammo taom tayyorlashni yoqtirgan.

4. Bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirib boruvchi gazetalardan biri ajoyib reklama shiorini tayyorlagan. Unda shunday deyilgan edi: “Biz shu bilan faxrlanamizki, bizda ULAR yo‘q”.


Savol: Ularni yozib bering.
Javob: Doimiy foydalanuvchilar yoki doimiy obunachilar.
Izoh: Gazeta tufayli ishsizlar tezda ish topishadi va keyin bu gazetani olmay qo‘yishadi.

5. 19 asrda Misrlik bir zodagon Fransiyaga o‘ziga xos sovg‘a jo‘natgan. Bu sovg‘ani yetkazish uchun kema palubasida maxsus teshik ham ochilgan ekan.


Savol: Fransiya faunasi uchun yangilik bo‘lgan Ushbu hayvonni yozib bering.
Javob: Jirafa.
6. Dunyodagi ko‘plab aeroportlarda turli do‘konlar bo‘ladi. Reysini kutayotgan passajirlarni shu do‘konlarni aylanishga va ulardan xaridlar qilishga undash maqsadida aeroportlarning kutish zallarida ULAR sonini ehtiyojga qaraganda kamroq qilib qo‘yishadi.

Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling