boshlang‘ich badal uchun subsidiya — talabgorga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida hamda Toshkent shahrida qurilgan uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar;
foiz uchun subsidiya — talabgorga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahrida (keyingi o‘rinlarda shaharlar deb ataladi) va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda (keyingi o‘rinlarda — qishloq joylar) qurilgan uy-joyni sotib olishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga birinchi 5 yil davomida o‘tkaziladigan mablag‘lar
Do'stlaringiz bilan baham: |