Savol javob


Download 98.21 Kb.
bet2/3
Sana27.09.2020
Hajmi98.21 Kb.
#131622
1   2   3
Bog'liq
texnologiya-may-s-j


Umumiy savollar

T/r

Savol

Javob



“Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekani, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning aybi sudda aniq bo‘lmaguncha u aybdor hisoblanmasligi” Konstitutsiyada qanday huquqlar guruhiga kiritilgan?

Shaxsiy huquq va erkinliklarga



“Keys-stadi” ilk marta qayerda qo‘llanilgan?

1920 yilda Garvard biznesb)maktabida



“Keys-stadi” metodining muammoli ta’lim metodidan farqi?

real vaziyatlarni o‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi



“Kompetensiya”tushunchasini ma’nosini aniqlang.


Bilim, ko`nikma, malaka, qadriyat, boshqa shaxsiy sifatlar, ijobiy natijalarning faoliyatdagi ko`rinishi



“Pedagog” atamasining lug‘aviy ma’nosi nima?

bola yetaklamoq



“Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonun nechta bo‘lim va moddadan tuzilgan?

5 ta bo‘lim, 34 modadan



“Texnologiya”


yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib “techne” - mahorat, san’at, malaka va “logos” - so‘z, ta’limot ma’nolarini anglatadi.



“Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi birinchi marta YuNESKOning 1965 yildagi forumida qaysi taniqli nazariyotchi tomonidan o‘rtaga tashlandi?

P. Langrand



5 yoshdan “Kinder garden” deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadigan davlatni aniqlang.

AQSH



Amaldagi davlat ta’lim standartlarining mazmuni nima?


Bilim, ko`nikma va malakalar majmui, tayanch o`quv reja, o`quv dasturlari, baholash mezonlari



An’anaviy darsning kamchiliklarini ko‘rsating?

O‘quvchi tinglovchiga aylanadi



An’anaviy o‘quv jarayoniga mos qatorlarni aniqlang

Tayyor bilimlarni o‘qituvchi tomonidan o`quvchilarga etkazilishi



AQShda majburiy ta’lim necha yoshgacha belgilangan?

16 yoshgacha



Axborot muhitida muhim ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash, ulardan maqsadli foydalanish qanday kompetentlik negizida kechadi?

Axborot kompetentligi



Baholash shakllari

Mezonga asoslangan baholash, qiyoslashga asoslangan baholash



Berilgan yoki mavjud sharoitda pedagogik vazifalarga maqbul erishish yo‘llarini ongli loyihalash (21 asrdagi ta’rif)

Pedagogik jarayondagi o‘qitiuvchi va o`quvchi hamkorligi



Bilim bu..........?


shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kо‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.



Bilim, kо‘nikma, malaka va muayyan ahloqiy sifatlarni о‘zlashtirish yо‘lidagi о‘zaro harakatlarini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim bu........?

interfaol ta’lim



Birinchi marta “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi qaysi tashkilotning 1965 yildagi forumda o‘rtaga tashlandi?

YuNESKO



Bosqichli nazorat bu-


O‘qish (9- va 11-sinf) tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.



Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million o‘quvchi ta’lim olmoqda. Bu aholining necha foizini tashkil etadi?

16 foizini



Dars– bu …

O‘quv jarayonini tashkil etish



Dars ishlanmasi- bu

Dars ishlanmasi – o‘qituvchi ijodkorligini aniqlovchi omil.



Dars jarayonini samarali tashkil etish uchun nimalarga e’tibor beriladi?

Darsning maqsadiga



Dars nima?


Dars - bu sinfda aniq o‘quv maqsadlariga erishish uchun belgilangan (odatda 45 minut) vaqt oralig‘ida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar bilan olib boriladigan, mazmuni mantiqan butun va yaxlit bo‘lgan asosiy ta’lim-tarbiya jarayonidir.



Dars o‘tish shakllarini sanang


Ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti, mustaqil ish, ommaviy juftlikda, guruxlarda ishlash, yakka tartibda



Darsdan tashqari mashg‘ulotlar qanday tashkil etiladi?


O‘quvchilarning ehtiyojidan va ijodiy ishga bo‘lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi



Darsga qo‘yilgan asosiy talablardan biri:


Darsning barcha qismlari bir-biriga mos kelishi, ular asosiy didaktik maqsadga mos buysunishi hamda o‘quv vaqtidan oqilona foydalanish kerak.



Darslikdagi asosiy matndan tashqari komponentlar tarkibi...

Metodik, illyustratsiyalar, mundarija



Darsning pedagogik tahlili

Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas’uliyatli bo‘lib, o‘qituvchining tashqi qiyofasi, o‘quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o‘quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi.



Darsning psixologik tahlili


Bunda o‘rganilayotgan mavzuga dasturda mo‘ljallangan soatda, uni qanday usullar yordamida o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy-psihologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yetkazib bera olishi, o‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga majbur etishi va unga sharoit yaratishi; o‘qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi.



Didaktika nimani o`rgatadi?

Tarbiya shakllari haqidagi bilimlarni



DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan milliy istiqlol g‘oya singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yunalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ...

darslik



Ekstrovert xarakteri bu …

o‘z hissiyotlari va о‘ylariga bog‘lanib qolish.



Elektron darsliklar qanday qismlardan iborat


O‘rgatuvchi qism gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlar; mashq qildiruvchi xatolarni ko‘rsatib beruvchi va to‘g‘ri xulosaga olib keluvchi qism, nazorat qiluvchi testlar orqali nazorat qiluvchi tizim



Fan metod birlashma rahbarlari haftasiga necha soat dars tahlil qilishlari kerak ?

2soat



Faoliyat bu?

insonning borliq bilan aloqasi.



Faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod, vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, ularni samarali qo‘llash qanday kompetentlik negizida amalga oshiriladi?

Metodik kompetentlik



Faoliyatni tashkil qilish metodlarini belgilang.

mashq, uqtirish, talab, topshiriq, tarbiyaviy vaziyatlar, jamoa fikri



Fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi nima deb ataladi?

Grafikli organayzer



Fuqarolarning huquq layoqati:


Tug‘ilgan paytidan e`tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi



Fuqarolarning to‘la muomala layoqati qachon vujudga keladi?

Fuqarolar 18 yoshga yetganda



Germaniyada maktab ta’limi qanday maktab tiplariga bo‘linadi?


Boshlang‘ich maktab (Grundschule), Asosiy maktab (Hauptschule),Real maktab (Realschule), Umumiy maktab (Gesamtschule), Maxsus maktab (Sonderschule)



Grafikli tashkillashtiruvchilarga qaysi biri kirmaydi?

“Aqliy hujum”



Hamkorlik ta’limini qо‘llashda ta’lim oluvchilar qanday shakllarda ta’lim oladi?

jamoada, kichik guruhda, juftlikda



Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri

S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner



Hamkorlikdagi o’qish tamoyillaridan biri qaysi javobda berilgan?


o`quvchining o’z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy mas’uliyati;



Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishda, asosiy masala sifatida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqiyni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalari muhim o‘rin olgan?

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishi



Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishda, asosiy masala sifatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari muhim o‘rin olgan?

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi



Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishda, asosiy masala sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish masalalari muhim o‘rin olgan?

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishi



Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishda, asosiy masala sifatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari muhim o‘rin olgan?

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi



Hozirgi zamon darsiga qo‘yiladigan talablarda darsda necha xil ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan?

fikrlatuvchi, mashq qildiruvchi, yangilik beruvchi va ijobiy ishlashga urgatuvchi



Innovasion ta’lim


Ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.



Inson о‘z harakatlarini ongli boshqara olishi bu?

iroda



Insonlar о‘zlarining qadriyatlari, qiziqishlari va intilishlarida qanday guruhlarga asoslanadilar:


referent guruhlar ikkilamchi guruhlar birlamchi guruhlar

sust rivojlangan guruhlar





Insonni faoliyatga, muloqotga oson moslashishi va ularni samarali amalga oshirishi uchun imkon beruvchi hususiyati.

qobiliyat



Interfaol metodlardan foydalanishdan maqsad nima?

O‘quvchilar bilimlarini o‘zlashtirishni faollashtirish va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish



Interfaol metodlarga asoslangan ta’limiy harakatlar qanday shakllarda tashkil etiladi?

individual, juftlik, guruh, jamoa bilan ishlash



interfaol ta’lim berish usuli -


belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha o`qituvchi va o`quvchilar o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li



Interfaol usullar bu…

O‘quvchini faollashtirishga qaratilgan usullar



Izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish qanday kompetentlik negizida amalga oshadi?

Kommunikativ kompetentlik



Janubiy Koreyada boshlang‘ich ta’lim necha yilni tashkil etadi?

6 yil majburiy va bepul



Joriy nazorat bu-


So‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi.



Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi qaysi organ tomonidan belgilanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan



Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida nimalar belgilangan?

Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan va ishlab chiqarish



Kasbiy kompetentlik bu............?


mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qо‘llay olinishi



Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar nimalardan iborat?

ijtimoiy, maxsus, shaxsiy, texnologik, ektremal



Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar nimalardan iborat?

umumiy, maxsus, didaktik, texnologik, psixologik



Kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish qanday kompetentlik negizida aks etadi?

Axborot kompetentligi



Keys - stadi so‘zining lug’aviy ma’nosi?

inglizcha сase - to‘plam, aniq vaziyat, stadi-ta’lim



Keys stadi ilk bora Garvard universitetining huquq maktabida ..... yilda qo‘llanilgan edi?

1870 yil



Kichik maktab yoshining yetakchi faoliyati?

o‘qish.



Kimlar tomonidan muammoli ta’limning g‘oya va tamoyillari ishlab chiqilgan?

S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner



Kommunikativkompetensiya bu-


jamiyatda o’zaro muloqotda kirishish uchun ona tili va xorijiy tilni mukammal o’zlashtirish



Kompetensiya nima?

Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.



Kompetensiya turlari to’g’ri berilgan javobni ko’rsating

tayanch, xususiy



Kompetensiyaga qanday ta’rif berilgan?

olingan nazariy bilim, amaliy kо‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar majmuasini amaliyotga qо‘llay olish qobiliyati va layoqati



Kompetensiyalarni qo`llay olishda inson ega bo`lishi kerak bo`lgan minimal tajribaga ega bo`lish nima?

Kompetentlik



Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi


Maktab bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berish



Konstitutsiyaviy prinsiplardan birini ko‘rsating:


Qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi prinsipi



Lug‘aviy jihatdan “didaktika” sо‘zi qanday ma’noni bildiradi?

yunoncha sо‘zidan olingan bо‘lib, - “о‘rgatish”, “о‘qitish” degan ma’nolarni bildiradi



Lug‘aviy jihatdan “interfaol” tushunchasi qanday ma’nosini anglatadi?

о‘zaro harakat qilmoq



Ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan o‘yin – bu ...

Imitatsion o‘yin



Ma’lumot bu.............?


ta’lim-tarbiya natijasida о‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan kо‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui



Mahorat sо‘zi lug‘aviy jihatdan qanday ma’noni anglatadi?


arabcha sо‘zdan olingan bо‘lib “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik” degan ma’noni anglatadi



Mamlakatimiz taraqqiyoti uchun iste’dodli kadrlarni yetakchi xorijiy ta’lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida qanday tashkilot Vazirlar Maxkamasida huzurida tashkil etildi?

“El-yurt umidi” jamg‘armasi



Mashg’ulotlar jarayonida talabalar bilan axborot, shaxsiy va kasbiy tajribalarni almashish asosidagi guruhiy o‘qitish shakli bu?

Hamkorlikda o‘qitish



Matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o‘zining mustaqil bilim olishini faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli asbob

Insert



Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati bu?

kompetensiya



Metod (uslub) – bu?

Maqsadga erishish uchun o‘qituvchi tanlaydigan yo‘l



Metod nima?

(yunoncha metodos –nazariya, bilim va tadqiqot yo‘llari) – u yoki bu maqsadlarga erishish yo‘llari, uslublari, aniq va konkret vazifalarni hal etish usullari



Metod sо‘zining lug‘aviy jihatdan qanday ma’noni anglatadi?

yunoncha sо‘zdan olingan bо‘lib, “yо‘l”, “bilish yо‘li” degan ma’noni anglatadi



Model, mulyajlar, grafik, diagrammalar ta’lim vositalarining aysi turiga kiradi?

yordamchi ta’lim vositalariga



Modulli o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning qaysi usullarni qo‘llash mumkin?

Muammoli muloqotlar; evristik suhbatlar; o‘quv o‘yinlar; loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar



Motivatsiya bu-


Ta’lim olishga undov, o‘quvchilarni yangi mavzuga qiziqtirish, mavzuni dolzarblashtirish, mavzuga oid muammoni vaziyatni keltirib chiqarish



Muammoli savollarni ko‘rish yoki maummoli masalalarni ko‘rsatish yo‘li bilan ketma-ket modellashtiriladigan muammoli vaziyatlar mantiqiga tayangan xolda olib boriladigan ma’ruza turi

muammoli ma’ruza



Muammoli ta\`lim texnologiyasining maqsadi nima?

Muammoli vaziyatlarning yechimini to‘g‘ri topishga o‘rgatish



Muammoli ta’lim nima?

Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida tashkil qilingan dars jarayoni




Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi ko‘rsatng?


Bilimlarni o‘quvchilar tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo‘yicha o‘quv tadqiqotlarni bajarish asosida o‘zlashtirilishini ta’minlash



Nizoli vaziyatlarda о‘zini namoyon qilish strategiyalari:


raqobat, hamkorlik, kompromiss, qochish, moslashish



Notо‘liq oila bu ...


ota onadan biring yо‘qligi, odatda ota



O`qituvchi guruh ishini tahlil qiladi, topshiriq bajarilishining yakunini qiladi, erishilgan maqsad to’g’risida xulosalar chiqaradi. Ushbu jarayon guruhlar ishining qaysi bosqichida amalga oshiriladi?

Narozar –yakuniy bosqichi



O‘qitishning 4 pog‘onali usuli qaerda paydo bo‘lgan?

AQShda



O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun qanday nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi?

Joriy nazorat, oraliq nazorat, bosqichli nazorat, yakuniy nazorat



O‘quv-metodik majmualarga nimlar kiradi?


O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma.



O‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish bu?

malaka



O‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish bu?

ko‘nikma



O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish bu?

bilim



O‘zbekiston Respublikasi “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi?


Fuqarolarga ta`lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta`minlash



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari nechta?

4 та



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Murojaatnomasi kimga tag‘dim etdi?

Oliy Majlis



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevral kuni PF-4947 sonli qanday Farmon e’lon qilindi?

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, takomillashtirish bo‘yicha qanday Farmon qabul qilindi?

“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PF-5313-sonli Farmoni qachon qabul qilindi?

2018 yil 25 yanvarda



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda PQ-2909-sonli Qarori qabul qilingan. Mazmun jihatidan qaysi ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan?

Oliy ta’lim tizimi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori qachon qabul qilindi?

2017 yil 6 apreldagi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel kungi 187-sonli qaror nomi?


«Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori



O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining birdan bir manbai...?

Xalq



O‘zbekiston Respublikasida kim qonun chiqarish vakolatiga ega?


O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi



O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘zida qaysi yillarni qamrab oladi?

2017-2021 yillarni



O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qachondan kuchga kirgan?

2017 yil 4 yanvardan



O‘zbekiston Respublikasining “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonununi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qachon qabul qilingan?

1997 yil 29 avgustda



O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon va qaysi organ tomonidan qabul qilingan?

1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengash tomonidan



O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra “Fuqarolarning davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojat qilish huquqi” qaysi huquqlar guruhiga kiradi?

Siyosiy huquqlar



O‘zbekistonda 2018 yil .....


«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili»



O‘zbekistonda 2019 yil .....


«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»



O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishni belgilab bering?


Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalish



Oilaviy muloqotning demokratik uslubida ...

avvalo bolaning istagi tinglanadi



Ontogenez bu- …

tashqi ijtimoiy faktorlarga moslashish.



Oraliq nazorat bu-


Chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi.



Pavlovning faoliyat sohasi?

fiziologiya.



Pedagogik – psixologik hamda fanlarni o‘qitish metodikalariga bag’ishlangan ko‘plab adabiyotlarda o‘quvchining individual xususiyatlarini ochib berishga uning qobiliyatlarini rivojlantirish qiziqishlarini e’tiborga olgan holda shaxs sifatida shakllanish ishiga yordam beruvchi yakka tartibda olib boriladigan ta’lim shakli bu...?

shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim



Pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish qanday kompetentlikni ifodalaydi?

Kreativ kompetentlik



Pedagogik faoliyatning samarali bо‘lishi uchun о‘qituvchiga zarur bо‘lgan pedagogik qobiliyat turlarini aniqlang?


didaktik, akademik, perseptiv, nutqiy, tashkilotchilik, obrо‘ga egalik, kommunikativ, diqqatni taqsimlash, kelajakni kо‘ra bilish, konstruktiv



Pedagogik nizolarning turlarini aniqlang

shaxslararo, guruhiy, shaxsning chiki nizolari.



Pedagogikaning asosiy kategoriyalari nimalardan iborat?


shaxs, tarbiya, ta’lim (о‘qitish, о‘qish), bilim, kо‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish



PIRLS – (Progress in International Reading and Literacy Studyb) bu?

boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash



PIRLS - хalqaro tadqiqotlari nimani aniqlaydi?

о‘quvchilarning мatnni о‘qish va uni tushunish darajasini



PIRLS - хalqaro tadqiqotlariga nechanchi sinf о‘quvchilari jalb qilinadi?

4-sinf bitiruvchilari



PIRLS qanday tadqiqot?


matnni o‘qish va tushunish sifatining xalqaro tadqiqotida (boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish hamda tushunish darajasi va sifatini baholash).



PISA (Programme for International Student Assessment) tadqiqoti nimaga qaratilgan?


15 yoshli bolalarning matematika, tabiiy fanlar va ona tilidan hayotiy ko‘nikmalarni egallaganligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot



PISA dasturiga ko`ra testda necha yoshdagi o`smirlar ishtirok etadi?

15



PISA ishi bir vaqtning o‘zida qanday zamonaviy innovatsion g‘oyalarni amalga oshiradi?


Funksional savodxonlikni baholash, o‘rganish uchun qiziqish va qiziqishni o‘rganish.



PISA tadqiqotlari necha yillik davrda o‘tkaziladi?

uch yillik



PISA tadqiqotlari nechanchi yildan boshlangan?

2000 yil



Prezentatsiya deganda nima tushuniladi?


bu slaydlar va maxsus effektlar tо‘plami bо‘lib, tayyor material, doklad yoki konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi



Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mavzusini aniqlang?

“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi”



Psixologik diagnostika metodlarini aniqlang


kuzatuv, eksperiment, test, sotsiometriya, intervyu, suxbat.



Psixologiya fa’ni nimani о‘rganadi?


ruxiy hodisalarni, ularning fakt va mexanizmlarini hamda miya maxsuli bо‘lgan psixikaning paydo bо‘lishi va uning taraqqiyot qonuniyatlarini о‘rganadi.



Psixologiyada umum qabul qilingan yosh davrlari ketma ketligini aniqlang:


chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabgacha yosh davri, kichik maktab yoshi, о‘smirlik, ilk о‘spirinlik, о‘spirinlik, yoshlik, yetukliq, qarilik.



Psixotrening nima ?


shaxsni о‘zini anglashi va о‘zgartirishiga qaratilgan о‘yinlar



Qanday kompetentlik ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, o`quvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lishga yordam beradi?

Kommunikativ kompetentlik



Qanday temperament tiplarini bilasiz?

xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik.



Qaysi qatorda ta’lim texnologiyasi bosqichlarining ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

tayyorlov, loyihalash, bajarish, tahlil qilish, baholash



Qaysi yosh davri uchun atrofdagilar bilan muloqot asosiy о‘rin egallaydi?

ilk bolalik, kichik maktab yoshi;



Qobiliyat turlari?

tug‘ma va orttirilgan.



Qobilyatlar qachon namoyon bо‘ladi …

bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishda.



Rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi nima?

O`quvchilarda mantiqiy, tanqidiy, tahliliy, ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali barkamol shaxsni shakllantirish



Sh. Mirziyoyevning 11 yillik umumiy o`rta ta’limni tiklashga qaratilgan tashabbuslari qachon e’lon qilingan?

2017-yil 16-iyun



Shaxsni о‘ziga va atrofdagilarga nisbatan munosabatini ifodalovchi individual psixologik xususiyati bu?

xarakter



Shaxsning bilish jarayonlari:

sezgi, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur;



Shaxsning individual psixologik xususiyatlari bu?

temperament, xarakter, qobiliyat



Shaxsning o‘z xatti-harakatlari asoslarini tushunib yetishi, fahmlashi, o‘z-o‘zini tahlil qilishi – bu ...

Refleksiya



Shaxsning shakllanishiga qanday omillar ta’sir kо‘rsatadi?

tarbiya, muhit, irsiyat



STEAM qanday yondashuv

ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv



STEAM yondashuvi dastlab qaysi davlatda ishlab chiqilgan?

AQShda



Ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish qaysi organning vakolati doirasiga kiradi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi

Ta’lim texnologiyasi



Ta’lim oluvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, о‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim bu...........?

shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi



Ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida о‘qitish va о‘zlashtirish jarayonini inson va texnika imkoniyatlari hamda ularning о‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda yaratish, tatbiq etish va aniqlash tizimidir. Ushbu pedagogik texnologiyaga kim tomondan ta’rif berilgan?

YUNESKO



Ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan va texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodi qanday nomlanadi?

Pedagogik texnologiyaga berilgan YUNESKO ta’rifi



Ta’lim texnologiyasining turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan, masofaviy, modulli



Ta’limda zamonaviy yondashuv va kompetensiyalarning asosiy funksiyalari qaysilar?


Yosh avlodni kundalik hayotga tayyorlash bo`yicha ijtimoiy talabning aks etishi, turli o`quv predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi bo`lishi, konkret masalalarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanish bilan bog`lash



Ta’limiy maqsad-


Dars jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarni belgilaydi



Ta’limni tashkil etishning shakllari:


jamoaviy, kichik guruhlarda ish oliib borish, juftlikda ishlash, individual



Ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?


ta’lim-tarbiya maqsadlari, ta’lim-tarbiya mazmuni, ta’lim-tarbiya metodlari, ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari, ta’lim-tarbiya vositalari, ta’lim-tarbiya natijalari



Ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy tashkiliy shakli ...

Dars



TALIS - (The Teaching and Learning International Surveyb) bu?


rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta`lim muassasalarida o‘qitish va ta`lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish



Tarbiya bu.........?


aniq maqsad asosida yosh avlodni har tomonlama о‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni



Tayanch kompetensiya turlari nechta?

6 ta



Temperament sо‘zining ma’nosi?

ismlarning nisbati.



Temperament tipi…

tug‘ma va о‘zgarmaydigan.



TIMSS – ...?


4 va 8-sinf ta’lim oluvchilarining matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan о‘zlashtirish darajasini baholash dasturi



Umumiy o`rta maktablarning 9-sinf bitiruvchilari bilimi qaysi darajada bo`lishi kerak?

A2



Umummadaniy kompetensiya nima?


Nutq yordamida muayyan tasavvurlar, fikr va tushunchalar, his-tuyg`ular hamda turli harakatlar hosil qilish



Umumta`lim muassasalarida oraliq nazorat qachon va qanday shaklda o‘tkaziladi?


chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;



Umumta`lim muassasalarida oraliq nazorat qachon va qanday shaklda o‘tkaziladi?


chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;



Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarorida, 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasi uchun qanday baholash dasturi qabul qilindi?

The Programme for International Student Assessment (PISA)



Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolati doirasida qanday me`yoriy huquqiy hujjat chiqaradilar?

buyruqlar va qarorlar



Virtual o‘qitish shakli qanday amalga oshiriladi?

Masofali tarzda



Xalqaro PISA tadqiqotining maqsadi ...?


15 yoshli o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha hamda o‘qish savodxonligini baholashdan iborat



Yaponiyada о‘quv mashg‘ulotlardan qaysi oydan boshlanadi?

Aprel



Yaxlit pedagogik jarayon - bu....


Tarbiya jarayonida ta’lim va ta’lim jarayonida tarbiya berishning o’zaro singib ketgan jarayoni



Zamonaviy dars tuzilishini belgilang.


Didaktik va mantiqiy- psixologik



Zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga kо‘ra о‘qituvchining eng muhim shaxsiy va kasbiy sifati bu?

bolalarni sevish



О‘qituvchi shaxsini ifodalovchi asosiy xususiyat?

kasbiy layoqat va kompetensiya



Та’lim oluvchilarning egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llay olish layoqati qanday nomlanadi?

Kompetentsiya

Download 98.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling