Savol: Men yatt repetitorlik xizmatlari yo’nalishida tashkil etganman. Men ishxona ochishdan oldin Ingliz tilida dars o’tishimni ta’kidlaganman. Ishxona ochdim. Hozir ochganimga 1 yil bo’lib qoldi. Hozirda Ingliz tili Rus tili Matematika va Tarix tashkil
Download 29.5 Kb.
|
O'quv markazi ochish
- Bu sahifa navigatsiya:
- YURIST JAVOBI
Savol: Men YATT Repetitorlik xizmatlari yo’nalishida tashkil etganman. Men ishxona ochishdan oldin Ingliz tilida dars o’tishimni ta’kidlaganman. Ishxona ochdim. Hozir ochganimga 1 yil bo’lib qoldi. Hozirda Ingliz tili Rus tili Matematika va Tarix tashkil etilgan. Lekin kecha litsenziya nazorat qilish markazidan odamlar kelib sizning xujjatingiz bilan til o’qitib bo’lmaydi. Litsenziya oling deyishyapti. Repetitorlik xizmatida ingliz tili o’qitish sohasi yo’qmi? Rus tilichi? Javob uchun rahmat YURIST JAVOBI: Vazirlar Mahkamasining 27.03.2018 yildagi 241-son qarori bilan Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanishicha, 1.04.2018 yildan boshlab mazkur faoliyat turiga litsenziyalarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi beradi. Ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Bunda quyidagi talab va shartlar qo‘yiladi: ta’lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;
litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud bo‘lishi; auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash; ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash; ta’lim dasturlarini umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10%idan kam bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qishga qabul qilish; bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish. Litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali bir qator hujjatlar bilan murojaat qilinadi. Demak, siz NTM tashkil etgan holda, faoliyatingiz uchun litsenziya olishingiz zarur deb hisoblaymiz. Manba: @yurist_xizmati Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling