Savol: Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs “A” potok 1-guruhda oʻtkazilgan yigʻilishning majlis bayonnomasini tuzing. Koʻrilgan masala guruh talabasi Bahodir Azimovning “FestBook” xalqaro koʻrgazmasidagi ishtiroki, taassurotlari va tavsiyalari
Download 91.56 Kb. Pdf ko'rish
|
DTIY Akramov Muhammadsaid ON
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYONNOMASI
«Magistratura va Sirtqi ta'lim» fakulteti V patok 2-guruh talabasi Akramov Muhammadsaidning «Davlat tilida ish yuritish / Akademik yozuv modulidan bajargan oraliq nazorat ishi. Savol: 3. Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs “A” potok 1-guruhda oʻtkazilgan yigʻilishning majlis bayonnomasini tuzing. Koʻrilgan masala guruh talabasi Bahodir Azimovning “FestBook” xalqaro koʻrgazmasidagi ishtiroki, taassurotlari va tavsiyalari. Javob: Bayonnoma - yig‘ilish va boshqa shu turdagi anjumanlarning borishini, unda qatnashchilar bildirgan fikr va qarorlarni aniq, ixcham qayd etuvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Muassasa nomi. 2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi). 3. Hujjatning nomi (Bayonnoma). 4. Yig‘ilish sanasi. 5. Shartli raqami. 6. Yig‘ilish joyi. 7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo‘lsa). 8. Yig‘ilish raisi va kotibning familiyasi. 9. Matn: a) qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni; b) kun tartibi; c) eshitildi; d) so‘zga chiqdilar; e) qaror qilindi. 10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa). 11. Imzolar. Bayonnoma quyidagi shaklda yoziladi: Sirg‘ali tumani O‘quvchi va yoshlar ilmiy-texnika ijodiyoti markazi jamoasi yig‘ilishining 3-raqamli BAYONNOMASI 2021-yil 18-sentabr Toshkent shahri Rais - M.S. Rahimov Kotib – S.P. Mahmudov Qatnashdilar: 65 kishi (ro‘yxat ilova qilinadi) KUN TARTIBI: 1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar ayyorlash milliy dasturi”da maktabdan tashqari tarbiya muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalar va ularni amalga oshirish. Ma’ruzachi O.Karimova. 2.Markaz jamoasining birinchi yarim yil uchun tuzilgan ish rejasini tasdiqlash. O.R.Soliyeva. 3. Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha uyushtirish. S.Karimov axboroti. 1. ESHITILDI: 1. Karimova – ma’ruza matni ilova qilinadi. SO‘ZGA CHIQDILAR: A.Mirakbarova – (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi). P.S. Choriyev – (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi). QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi). 2. ESHITILDI: O.R.Soliyeva – (Ma’ruzasining qisqacha yoki to‘liq bayoni yoziladi). SO‘ZGA CHIQDILAR: T.Ahmedova - QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi). 3. ESHITILDI: S.Karimov axboroti – (Axborotning mazmuni bayon qilinadi). QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi) Rais (imzo) M.Rahimov Kotib (imzo) S.Mahmudov Toshkent davlat yuridik universiteti «Ommaviy huquq» fakulteti A patok 2- guruhining yig'ilishining 3-raqamli BAYONNOMASI 2023-yil 27-aprel Toshkent shahri Dekan - Sh.A. Saydullayev Dekan o'rinbosari – B.P Boymurodov Qatnashdilar: 180 kishi KUN TARTIBI: 1. Talaba Bahodir Azimovning «FestBook» xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki, taassurotlari va tavsiyalari. 1. ESHITILDI: Sh. Saydullayev – Fakultet dekani avvalo talaba Bahodir Azimovni «FestBook» xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki bilan tabrikladi. Unga keyingi ishlarida ulkan zafar va muvofaqqiyatlar tilagan holda yig'ilishni ochiq deb e’lon qildi. SO'ZGA CHIQDILAR: B. Azimov – Talaba fakultet dekaniga o'z minnatdorchiligini bildirdi.«FestBook» xalqaro ko'rgazmasi ishtirokchisi bo'lgunga qadar juda ko'p mehnat qilganligi va ustozlari yordamida katta yo'lni bosib o'tkanligini, ushbu xalqaro ko'rgazmada ishtirok etish oson bo'lmaganligini, u yerda o'zidan tashqari juda ko'p bilimli talabalar bo'lganligini va ular bilan raqobatlashish juda qiyin bo'lganligini alohida ta'kidlab o'tdi. Bundan tashqari ko'rgazmada ishtirokchilarga yaratilgan imkoniyatlarning a'lo darajada ekanligini, tadbir tashkilotchilar tomonidan yaxshi tashkil etilganligini aytib o'tdi. B. Azimov yig'ilishda qatnashayotgan barcha kursdosh va do'stlariga ko'proq kitob o'qish kerakligini, har doim bilimni orqasidan quvishni hamda turli xil xalqaro ko'rgazma va tadbirlarda faol qatnashishlarini tavsiya qildi. M. Xusanova – Universitet kutubxonasi raxbari Xusanova ham o'z so'zining boshida talaba B. Azimovni erishgan yutuqlari uchun tabrik so'zini aytdi. So'ng B. Azimovning ilmga chanqoq ekanligini, universitet kutubxonasining doimiy faol a'zosi hisoblanishini aytdi. Yig'ilishda qatnashayotgan talabalarga universitet kutubxonasida yaratilgan sharoitlar, yangi olib kelingan turli xil ilmiy kitoblar haqida ta'kidlab o'tdi va ularni ko’proq kitob o'qishga chaqirdi. QAROR QILINDI: B.Azimov xalqaro ko'rgazmadagi faol ishtiroki uchun pul mukofoti bilan taqdirlansin. Dekan _____ Sh.Saydullayev Dekan o'rinbosari _____ B.Boymurodov Download 91.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling