Savol: Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs “A” potok 1-guruhda oʻtkazilgan yigʻilishning majlis bayonnomasini tuzing. Koʻrilgan masala guruh talabasi Bahodir Azimovning “FestBook” xalqaro koʻrgazmasidagi ishtiroki, taassurotlari va tavsiyalari


Download 91.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi91.56 Kb.
#1620362
Bog'liq
DTIY Akramov Muhammadsaid ON



«Magistratura va Sirtqi ta'lim» fakulteti V patok 2-guruh talabasi
Akramov Muhammadsaidning «Davlat tilida ish yuritish / Akademik yozuv 
modulidan bajargan oraliq nazorat ishi.
Savol: 
3. Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs “A” potok 1-guruhda oʻtkazilgan yigʻilishning 
majlis bayonnomasini tuzing. Koʻrilgan masala guruh talabasi Bahodir Azimovning 
“FestBook” xalqaro koʻrgazmasidagi ishtiroki, taassurotlari va tavsiyalari. 
Javob: 
Bayonnoma - yig‘ilish va boshqa shu turdagi anjumanlarning borishini, unda 
qatnashchilar bildirgan fikr va qarorlarni aniq, ixcham qayd etuvchi rasmiy hujjat. 
U voqelikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, 
qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat 
qilishga imkon beradi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi. 
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi). 
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma). 
4. Yig‘ilish sanasi. 
5. Shartli raqami. 
6. Yig‘ilish joyi. 
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo‘lsa). 
8. Yig‘ilish raisi va kotibning familiyasi. 
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni; 
b) kun tartibi; 
c) eshitildi
d) so‘zga chiqdilar; 
e) qaror qilindi. 
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa). 
11. Imzolar. 
Bayonnoma quyidagi shaklda yoziladi: 
 


Sirg‘ali tumani O‘quvchi va yoshlar ilmiy-texnika ijodiyoti markazi jamoasi 
yig‘ilishining 3-raqamli 
BAYONNOMASI 
2021-yil 18-sentabr
Toshkent shahri 
Rais - M.S. Rahimov 
Kotib – S.P. Mahmudov 
Qatnashdilar: 65 kishi (ro‘yxat ilova qilinadi) 
KUN TARTIBI: 
1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar 
ayyorlash milliy dasturi”da maktabdan tashqari tarbiya muassasalari oldiga 
qo‘yilgan vazifalar va ularni amalga oshirish. Ma’ruzachi O.Karimova.
2.Markaz jamoasining birinchi yarim yil uchun tuzilgan ish rejasini 
tasdiqlash. 
O.R.Soliyeva. 
3. Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha uyushtirish. 
S.Karimov axboroti. 
1. ESHITILDI: 
1. Karimova – ma’ruza matni ilova qilinadi. 
SO‘ZGA CHIQDILAR: 
A.Mirakbarova – (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi). 
P.S. Choriyev – (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi). 
QAROR QILINDI: 
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi). 
2. ESHITILDI: 
O.R.Soliyeva – (Ma’ruzasining qisqacha yoki to‘liq bayoni yoziladi).
SO‘ZGA CHIQDILAR: 
T.Ahmedova -
QAROR QILINDI: 
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi). 
3. ESHITILDI: 
S.Karimov axboroti – (Axborotning mazmuni bayon qilinadi).
QAROR QILINDI: 
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi) 
Rais (imzo) M.Rahimov 
Kotib (imzo) S.Mahmudov 


Toshkent davlat yuridik universiteti «Ommaviy huquq» fakulteti A patok 2-
guruhining yig'ilishining 3-raqamli 
BAYONNOMASI 
2023-yil 27-aprel
Toshkent shahri 
Dekan - Sh.A. Saydullayev 
Dekan o'rinbosari – B.P Boymurodov 
Qatnashdilar: 180 kishi 
KUN TARTIBI: 
1. Talaba Bahodir Azimovning «FestBook» xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki, 
taassurotlari va tavsiyalari. 
1. ESHITILDI: 
Sh. Saydullayev – Fakultet dekani avvalo talaba Bahodir Azimovni «FestBook» 
xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki bilan tabrikladi. Unga keyingi ishlarida ulkan 
zafar va muvofaqqiyatlar tilagan holda yig'ilishni ochiq deb e’lon qildi. 
SO'ZGA CHIQDILAR:
B. Azimov – Talaba fakultet dekaniga o'z minnatdorchiligini bildirdi.«FestBook» 
xalqaro ko'rgazmasi ishtirokchisi bo'lgunga qadar juda ko'p mehnat qilganligi va 
ustozlari yordamida katta yo'lni bosib o'tkanligini, ushbu xalqaro ko'rgazmada 
ishtirok etish oson bo'lmaganligini, u yerda o'zidan tashqari juda ko'p bilimli 
talabalar bo'lganligini va ular bilan raqobatlashish juda qiyin bo'lganligini alohida 
ta'kidlab o'tdi. Bundan tashqari ko'rgazmada ishtirokchilarga yaratilgan 
imkoniyatlarning a'lo darajada ekanligini, tadbir tashkilotchilar tomonidan yaxshi 
tashkil etilganligini aytib o'tdi. B. Azimov yig'ilishda qatnashayotgan barcha 
kursdosh va do'stlariga ko'proq kitob o'qish kerakligini, har doim bilimni orqasidan 
quvishni hamda turli xil xalqaro ko'rgazma va tadbirlarda faol qatnashishlarini 
tavsiya qildi. 
M. Xusanova – Universitet kutubxonasi raxbari Xusanova ham o'z so'zining boshida 
talaba B. Azimovni erishgan yutuqlari uchun tabrik so'zini aytdi. So'ng B. 
Azimovning ilmga chanqoq ekanligini, universitet kutubxonasining doimiy faol 
a'zosi hisoblanishini aytdi. Yig'ilishda qatnashayotgan talabalarga universitet 
kutubxonasida yaratilgan sharoitlar, yangi olib kelingan turli xil ilmiy kitoblar 
haqida ta'kidlab o'tdi va ularni ko’proq kitob o'qishga chaqirdi. 


QAROR QILINDI: 
B.Azimov xalqaro ko'rgazmadagi faol ishtiroki uchun pul mukofoti bilan 
taqdirlansin. 
Dekan 
_____
Sh.Saydullayev 
Dekan o'rinbosari
_____
B.Boymurodov 

Download 91.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling