savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich
Navoiy qit'alarida tamsil va talmeh san'atining o'rni
Download 3.35 Mb.
|
adabiyot tarixi
171. Navoiy qit'alarida tamsil va talmeh san'atining o'rni
“Badiiy san’atlarning ikkinchi bir katta guruhi bu birlamchiligiga asoslanib, badi’ ilmida ma’naviy san’atlar deb yuritiladi.Y.Is’hoqov tasnifida ular istiora viy –ramziy tasvir usullari (majoz,istiora,kinoya,baroati istehlol),qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbeh,talmeh.tansiq ul-sifot), fikrni dalillash yo‘llari(husni ta’lil, tamsil, irsoli masal), emotional-mubolag’aviy tasvir usullari(mubolag’a,ruju, murojaat,savol-javob,tashbehning ayrim turlari),degan yana bir nechta turlarga bo‘ladi.Tashbeh, istiora,mubolag’a kabi san’atlar nafaqat Alisher Navoiyning balki butun Sharq adabiyoti vakillarining ajralmas poetik usullaridan biri bo’ladi. Tashbeh-biron predmet yoki hodisaning xususiyatini shu xususiyat bor boshqa narsa va hodisalar orqali tasvirlashga qaratiladi” [1].Adabiyotshunosligimizda tashbeh san’ati mushabbah yoki o‘xshamish(tasvirda fikr qaratilayotgan),mushabbahin bih yoki o‘xshatilmish(tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki hodisa),vajhi sabab yoki o‘xshatish sababi (nimaga o‘xshatishning yuzaga kelganligi)odoti tashbih(o‘xshatish vositasi) kabi to‘rt unsurga ega.Agar barcha unsurlar ishtirok etsa tashbihi mufassal, agar bir ikkitasi tushib qolsa tashbihi mujmal deyiladi. Kimki ko‘rsa mushk-u nob ul sunbuli serob aro, Bir qaro tufroq degaykim tushdi mushki nob aro. Navoiy tashbehda o’xshayotgan timsollar hayotdagi oddiy,biz bilgan narsalar dir.Shuning uchun biz Navoiy tilini tushunamiz,uning fikrini anglaymiz. Alisher Navoiy ijodida eng go‘zal san’atlardan irsoli masaldan ham mohirona foydalanilgan.Bu san’at she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltiradi. “Navoiy ijodida mubolag‘a san’atidan ustalik bilan foydalanilgan.Ma’lumki, Mubolag‘a (ar. kattalashtirish, kuchaytirish) adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo‘rttirib,kuchaytirib ifodalash san’ati bo‘lib,o‘quvchi ko‘z oldida yorqinroq gavdalanadi.”Funun ul-balog‘a” asarida mubolag‘a haqida shunday deydi:”Bu san’at aningdek bo‘lurkim, narsaning vasfida mubolag‘ani had va g‘oyatdin o‘tkarurlar”. Alisher Navoiy ijodida mubolag‘aning uch turidan keng ko‘lamda foydalanilgan” [1].Tablig‘(ar. yetkazmoq) -aqlan ishonish mumkin bo‘lgan hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag‘adir. “Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi” [2] . Visol va’dasini bergan yorning kelmaganini oqibatida oshiqning kechasi uxlamay chiqishi mubolag’ali tasvir, lekin bu holatni hayotda aqlan tasavvur qilish mumkin va ba’zan hayotda ham uchrab turadi. Ig‘roq (ar. Qutadg’u bilig" asaridagi saosiy timsollar Javob : Dostonda to‘rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga ramzan muayyan bir ezgu tushuncha – ma’naviy qadriyatning timsoli yanglig‘ qaralib, alohida ma’no-mazmun yuklatilgan. Kuntug‘di (chiqqan Quyosh) – elig, ya’ni hukmdor. U adolat ramzi bo‘lib kelgan. Oyto‘ldi (to‘lgan Oy) – vazir. U baxt va davlat ramzi hisoblanadi. O‘gdulmish (aqlga to‘lgan) – vazirning o‘g‘li. U aql va zakovat ramzi yanglig‘ tasvirlangan. O‘zg‘urmish (uyg‘ongan) – vazirning qarindoshi. U asarda qanoat, o yat, ya’ni sog‘lomlik ramzi sifatida qalamga olingan. Men shu to‘rt tushuncha ustida kr yuritdim, deydi shoirning o‘zi: Bu to‘rt nang uza so‘zladim men so‘zug, O‘qisa ochilg‘ay yetig qil ko‘zug.(So‘zni shu to‘rt narsa ustida yuritdim, Uni o‘qib, tushunilsa, ro‘shnolik bo‘ladi, ko‘zingni och.) Baytni tahlil qiling (janri, manbasi, umumiy mazmuni va badiiyati): Mast mug' dayri riyoyi xilvatimdin yaxshiroq, Yoshurun isyoni zohir toatimdin yaxshiroq. Javob: Favoyid ul kibarda 12-fard Mumtoz adabiyotda ruju' san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan)q Javob: Ruju – arabcha “qaytish” – she`riyatda shoirning oldingi misra yoki baytda ifodalagan fikri, qo`llagan badiiy tasviriy vositasidan qaytgandek bo`lib, keyingi misra yoki baytda unga qaraganda kuchliroq ifoda, she`riy san`atni keltirihs yoki oldingi fikrni aniqlashtirish, to`ldirish usulidir. Mumtoz she`riyatimizda ruju ayniqsa, tashbeh qo`llangan misralarda ko`proq uchraydi: Kishiga o`xshamas, go`ya paridur , Pari yo`q, oftobi hovariydur. 2 Mehr eshitgach bu so'zni soldi tanob, Ne tanob, ikki gisuyi purtob . Mumtoz adabiyotda lug'z janri Javob Luģz bu Chiston janrining ikkinchi nomidir Sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan biri. Dastlab xalq ogʻzaki ijodida sheʼriy savol-javob, topishmoq shaklida paydo boʻlgan. Chistonda [[narsa] yoki hodisaning xarakterli belgilari majoziy tavsiflanib, nima ekanligini topish oʻquvchi, tinglovchiga havola etiladi. Chistonda narsalarning nomlari ochiq aytilmaydi, balki ularga xos shakl, sifat va xususiyatlar qayd etiladi Chiston yaratishda, asosan, 2 usul — abjad va oddiy topishmoqdan foydalanishgan. Chistonlar fard, bayt, qitʼa, ruboiy va qisman gʻazal shaklida yoziladi, 2 baytdan 10 baytgacha, hatto undan ham ortiq boʻlishi mumkin; maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega boʻladi. Oʻzbek adabiyotida Chistonning dastlabki namunalarini Alisher Navoiy yaratgan (mac, "Qalam", "Tanga", "Miqroz", "Yumurtqa" va boshqa Chistonlar). Shavqiy Kattaqoʻryuniynant "Samandar qush", Uvaysiyning "Anor" Chistonlari mashhur. Alishcr Navoiy she'riy merosining yana bir namunasi chiston (lug'z)lardir. Adabiy istiloh sifatida «lug'z» arab adabiyotida, «chiston» csa fois-tojik adabiyotida keng qoilanilgan. Turkiy adabiyotda esa bu atamalar bir-birining ma'nodoshi bo'iganligi bois nazmiy topishmoq taizida yozilgan asariami nomlashda ikkalasidan ham foydalanilgan. o'zbek xalq og'zaki ijodida topishmoq janrining ko'plab she'riy va nasriy shaklda god etilgan namunalari uchraydi. Ularning aksariyati istiora (metafora)li topishmoqlardir. Bu adabiyjanrning vujudga kelishida istiora badiiy san'atining ulushi nihoyatda kattadir. Istiora kchimning bir turi bo'lib, uning talabiga ko'ra badiiy asarda o'xshagan narsa (mushabbih) o'rnida o'xshatilgan narsa (mushabbihun bih) yoki o'xshagan narsaning ba'zi xususiyatlari qo'Uanadi. Natijada she'rxonning zchnini imtihon qiluvchi topishmoq, o'zbek mumtoz adabiyotidagi chislon (lug'z) janri ijod ctiladi. Aiisher Navoiyning «Badoyi' ul-vasat» dcvonidan o'rin olgan o'nta lug'z ham mana shu usulda yaratilgan bo'Iib, ulan qalam, tanga, igna, miqroz (qaychi), o'q, anor, bel, yumurtqa (tuxum), poki (ustara) parvona singari to'qqiz narsa-buyum va bir hasharot (parvona)ga bag'ishlangan. Lug'z va chiston so'zlari sho'rning mazmuniga nisbatan qo'Ilangan adabiy istilohdir. UIug' shoir chistonlarining barchasi qit'a shaklida ijod ctilganligi fikrimizni quwatlantiradi. Alisher Navoiyning lug'z ijod ctishdagi mahorati hamda ushbu janrning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishish maqsadida shoirning «miqroz» («qaychi») nomi yashiringan chistonini tahlil jarayoniga tortamiz: Ne qushlar erkin alarkim. birardurur qanoti, Qaiiotiiung uchida har birisiga minqor. Biror ayog'lari ham bor-u turfaroq bukim, Ayog' uchida biror ko'z ham ettflar izhor. Qachon ayog'Iarin almashtunniar, ul soat Qanot urarg'a bo'Iurlar tuyurdek tayyor. Qanot ko'p urmoq ila qari uchariari yo'q, Ucharda garchi qaridur alarg'a istizhor (5. 510). Navoiygacha bo'lgan turkiy she'riyatdagi janrlar rang-barangligi (Atoyi, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy) toyi ijodining o‘ziga xosliklari. Atoiy XV asr birinchi yarmiga mansub shoirlarimizdan biridir. U bu davrda yashab ijod qilgan Haydar Xorazmiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy va boshqa shoirlar qatori turkiy adabiyotning rivojlanishiga, keyinchalik Navoiydek buyuk zotning yetishib chiqishiga zamin hozirlaydi. Atoiy haqida Navoiyning «Majolis-un nafois» va «Muhokamat-ul lug`atayn» asarida, Yaqiniyning «O`q va yoy» munozarasida ma`lumotlar berilgan. Mavlono Atoiydan bizgacha 260 ta turkiy g`azallarini o`z ichiga olgan devon yetib kelgan. Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar fondida saqlanadi. Atoiyning hayoti va ijodi haqida yetarlicha ma`lumot saqlanib qolmagaGADOIY (1403/04 - XV ASRGadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha noma’lum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. G‘azal janri, aruz ilmi va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (o‘zbek) va qisman fors tilida g‘azal, qit’a, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy o‘z ijodi bilan 15-asr o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Xususan, uning g‘azallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim g‘azal va qitalarida shoirning o‘z hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. She’riyatida «charx jafosi», «ro‘zg‘or javri»dan fig‘on, «g‘urbat mehnati» va «rohiblar tazyiqidan» shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy she’rlari aruzning xalq qo‘shiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, sho’x va o’ynoqi. Gadoiyning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlarida noma’lum kotib tomonidan kuchirilgan «Devoni Gado» asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 g‘azal, 1 mustazod, 1 kasida, 5 qit’a, tuyuq kirgan. «Devon»dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning o‘g‘li Halil Sulton madhiga bag‘ishlangan. Devon qulyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. ? 981), mikrofilmi va fotonusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Gadoiyning forsiy-dagi she’rlari Fahri Hiraviyning «Radoyif ul-ash’or» tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy she’rlari Turkiya (1960) va AQSh (1971) da bosilib chiqqan. SAKKOKIY (XV ASR) Sakkokiy (15-asr) shoir. Ismi, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum. Samarqandda Xalil Sulton (1405-09) va Ulug‘bek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: «Turkiy alfozining bulag‘osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag‘oyat va birining latif g‘azaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur» («Xutbai davovin»). Sakkokiy xalqining boy og‘zaki ijodini, salaflari asarlarini puxta o‘rgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida ko‘p ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat go‘zalliklarini tasvirlagan. G‘azallarida ma’no va shakl birligini saqlab, so‘z o‘yinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan. Bunday g‘oyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon bo‘lgan.Hofiz Xorazmiy (taxallusi; ismi Abdurahim) (14-asrning 2-yarmi, Xorazm — 15-asrning 30—40-yillari, Sheroz) — shoir. Eski o‘zbek tili rivojiga katta hissa qo‘shgan. Yoshligi Xorazmda kechgan. Bu yerdagi notinchliklar tufayli 14-asr oxirlarida o‘z vatanini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Iroq, Kirmon, Isfahon, Tabrizda bo‘lib, Sherozda turg‘un yashab qolgan. Ibrohim Sulton saroyiga yaqin bo‘lgan. Hofiz Sheroziy ijodiga hurmat bilan qarab, uning an’analarini o‘zbek she’riyatiga olib kirgan, o‘zbek xalqini Sheroziyniki kabi yetuk ishqiy-falsafiy she’riyatdan bahramand qilish niyatida «Hofiz» taxallusini tanlagan. Hofizni ko‘rung ushbu zamon turk tilinda, Gar keldi esa forsda ul Hofizi Sheroz. Hofiz Xorazmiy ham o‘z zamonasining insonparvar, ma’rifatparvar vakili sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Navoiylar singari diniy-tasavvufiy dunyoqarash vakilidir. She’rlarida Mansur Hallojni chuqur hurmat bilan tilga olgan. Hofiz Xorazmiy turkiy tilda boy adabiy meros qoldirgan. She’rlaridan devon tuzgan. Devonida 1052 g‘azal, 9 qasida va qator muxammas, tarje’band, tarkibband, ruboiy, qit’alardan iborat 37264 misra she’r bor. 156.Zamahshariyning adabiy-estetik qarashlari Буюк мутафаккир Замахшарий араб грамматикаси, луғатшунослик, адабиёт, аруз илми, география, тафсир, ҳадис ва фиқҳга оид эллиқдан ортиқ асарлар яратган, уларнинг аксарияти бизгача етиб келган. Араб тилшунослиги ва грамматикасининг турли томонларига оид асарлар Замахшарий ижодида салмоқли ўрин эгаллайди. Жумладан, араб тили грамматикасига оид “Ал-Муфассал” (1121 йил) номли асарини у Маккада яшаган пайтида, бир ярим йил давомида ёзган. Замахшарийнинг хоразмшоҳ Алоуддин Абулмузаффар Отсизга бағишлаб ёзилган “Муқаддамат ул-адаб” асари алоҳида аҳамиятга эгадир. Бу ўринда шуни таъкидлаш керакки, хоразмшоҳлар даврида илм-фан, маданият анча тараққий қилган эди. Ҳукмдорлар, айниқса, хоразмшоҳ Отсиз олимлар, шоиру адибларга ҳурмат билан қарар, ўзи ҳам истеъдодли, маърифатпарвар, адабиётга қизиққан, билимдон одам эди. Унинг даврида илм-фан тараққиёти йўлида бир қанча хайрли ишлар амалга оширилган. Шу сабабдан бўлса керак, Замахшарий “Муқаддамат ул-адаб”ни унинг номига бағишлаб ёзган. Асар беш катта қисмга бўлинган бўлиб, отлар, феъллар, боғловчилар, от ўзгартишлари ва феъл ўзгаришлари ҳақида баҳс юритади. Асар 1137 йиллари ёзиб тугалланган. Замахшарий ўз асарида ўша давр араб тилининг истеъмолда бўлган барча сўзлари, ибораларини қамрашга интилган, уларнинг этимологиясига катта эътибор қилган. Шу боисдан ҳам Замахшарийнинг бу йирик асарини мазкур йўналишдаги дастлабки асарлардан дейишга ҳақлимиз. “Муқаддамат ул-адаб”нинг араб, форс, туркий-ўзбекча, мўғулий сўзлик киритилган қўлёзмалари мавжуд. Замахшарий Макка амири, олим ва адиб Абул Ҳасан Али ибн Ҳамза ибн Ваҳҳос ас-Сулаймон билан дўст эди. Ибн Ваҳҳос ўз мамлакатининг географияси билан жуда яхши таниш бўлган. Замахшарий ибн Ваҳҳос маълумотларига таяниб, ўзининг Ҳижозга қилган сафаридан олган шахсий кузатишлари асосида ёзган “Китоб ул-жибол вал-амкина вал-миёҳ” (“Тоғлар, жойлар ва сувлар ҳақида китоб”) номли асарида жуғрофий жойлар, тоғлар ва денгизларга доир қимматбаҳо маълумотлар келтиради. Замахшарий адабиёт, тафсир, ҳадис, фиқҳ илмлари бўйича ҳам мукаммал асарлар яратган. Олимнинг “Асос ул-балоға” (“Балоғат асослари”) асари, асосан, луғатшуносликка бағишланган. Унда араб тилининг фасоҳати, мукаммаллиги ҳақида сўз боради. Фикрни чиройли ибора ва сўзлар билан ифодалаш, сўз бойлигидан усталик билан фойдаланиш учун киши фасоҳат, балоғат илмларидан яхши хабардор бўлиши керак. Бунинг учун сўзни тўғри, ўз ўрнида ишлатиш, қоидага мувофиқ сўзлаш ва ёзиш ҳам керак бўлган. Бу асарда адабиётнинг асосий қисмлари, фразеологик сўз бирикмалари, уларни амалда татбиқ этиш йўллари чуқур таҳлил қилинган. “Атвоқ уз-заҳаб фил-мавоиъз вал-хутаб” (“Ўгит ва насиҳатларнинг олтин шодалари”) асари насиҳатомуз мақолалар тўпламидан иборат. Асар биринчи марта 1835 йили олмон олими Фон Хомир томонидан немисчага таржима қилиниб, арабча матни билан нашр этилган. Замахшарийнинг “Рабиъ ул-аброр ва нусус ул-ахёр” (“Яхшилар баҳори ва фозиллар ахбори”) асарида адабиёт, тарих ва бошқа фанларга оид ҳикоялар, латифалар, суҳбатларнинг энг саралари жамланган, 97 бобдан иборат бу асарнинг нодир бир қўлёзма нусхаси Тошкентда, ЎзР ФА Шарқшунослик институтида сақланади. Бундан ташқари, Лейден, Берлин кутубхоналарида ҳам қўлёзмалари мавжуд. Замахшарийнинг ғоятда кенг танилган “Кашшоф ан ҳақоиқ ит-танзил ва уюн илақовил фи вужуҳ ит-таъвил” (“Қуръон ҳақиқатлари ва уни шарҳлаш орқали сўзлар кўзларини очиш”) асари Қуръон тафсирига бағишланган. “Кашшоф” Замахшарий Маккада турган пайтида, уч йил давомида (1132– 1134) ёзилган. Замахшарийнинг чуқур билими, даҳоси ва фаннинг турли соҳаларига оид ўлмас асарлари ҳали у ҳаёт пайтидаёқ бутун мусулмон Шарқида унга катта шуҳрат келтирган. Алломани чуқур ҳурмат ва меҳр билан “Устоз ул-араб вал-ажам” (“Араблар ва ажамлар устози”), “Фахру Хваразм” (“Хоразм фахри”) каби шарафли номлар билан атаганлар. Машҳур олимлар, шоирлар, адиблар даврасида у доимо пешволардан бири бўлиб, қизғин илмий баҳслар, мунозараларда унинг фикри инобатга олинарди. 157.Sakkokiy devonining janrlar tasnifi Javob: Sakkokiy devonining ikki nusxasi bor. Ammo ikkala nusxa ham nomukammal, g‘azallar qismi to‘liq emas. Bu nusxalaming biri Britaniya muzeyidagi 2079 raqamli nusxa bo‘lib, unda 13 qasida va 57 g‘azal jamlangan. Ikkinchisi Toshkent qoTyozmasi bo‘lib, 0‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 7685 raqami ostida saqlanadi. Bu nusxada 13 qasida va 52 g‘azal bor. Sakkokiy oʻz devonida Mirzo Ulugʻbek, Xalil Sultondan tashqari, Xoja Muhammad Porsoga, Arslonxoja tarxonga ham kasidalar bittan. Bu qasidalardan tashqari devonga bir qator lirik gʻazallar ham kiritilganki, bu gʻazallarning koʻpchiligi bizgacha yetib kelmagan. 158.Lutfiy g’azallarida talmeh san’ati Javob: Talmeh arabcha soʻz boʻlib, maʼnosi “chaqmoq chaqilishi”, “bir nazar tashlash” demakdir. Badiiy sanʼat sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Beshinchi baytda talmih san’ati ishlatilgan. Talmih san’ati deganda asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish tushuniladi. Dinimiz tarixidan yaxshi bilamizki, Yusuf degan o‘g‘lidan ayrilgani uchun yig‘layverganidan Yoqub payg‘ambarning oxiri ko‘zlari butkul ko‘r bo‘lib qoladi. Bu mumtoz she’riyatimizda ko‘p bor tilga olinadigan, ishora qilinadigan voqealardan biri hisoblanadi. Lirik qahramon yori ishqida yig‘layverib, ko‘zdan qolganini aytish uchun shu talmihdan foydalanadi. Mumtoz adabiyotda tarsi' san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan) Javob: Tarse – “ipga chizilgan marjon”. Bunda baytda misralardagi ost-ust joylashgan so`zlar vazndosh, ohangdosh va qofiyadosh bo`lib keladi. ⁰Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas Boburning ushbi misralarida ikki so`z juftligi – “bir” va “topilmas” vazndosh va ohangdosh bo`lsa, qolgan to`rt juftlik “sendek-mendek”, “menga-senga”, “yori-zori”, “jafokor-vafodor” ham vazndosh, ham ham ohangdosh va ham qofiyadoshdir. 160.Qit'ani tahlil qiling (mavzu va g'oyasi, murakkab so'zlar lug'ati, badiiyati, umumiy ma'no-mazmni): Tavakkulni ulkim qo'yub, xotirig'a Tushar shoh ollida qulluq havosi, Nasibi aning bir ayoq osh erur bas, Agarchi ganji Qorun erur muddaosi. Biravkim, bo'lur bir ayoq osh uchun qul, Yuziga keraktur qazonning qarosi. Alisher Navoiy qalamiga mansub Luģat:1.ganj- qimmatbaho narsalar saqlanadigan joy , xazina Markaziy Osiyoda tasavvuf adabiyoti * Javob: Тасаввуф тадрижий тараққиётга эга таълимот бўлиб, ислом оламида VIII асрнинг ўрталарида пайдо бўлган. Дастлаб у зоҳидлик ҳаракати кўринишида куртак ёяди. Гап шундаки, ҳазрат Муҳаммад Мустафо саллаллоҳу алайҳи васаллам вафотларидан кейин му- сулмонлар жамоаси ичила бўлиниш юз беради, айниқса, халифа Усмон раэияллоҳу анҳу эамонида бойликка ружу қўйиш, қиммат- баҳо туҳфалар билан қариндош-уруғлар, яқин лўст-биродарларни сийлаш расм бўлади. Умавия халифалиги даврига келиб эса, сарой ҳашамлари, дабдабали безаклар, олтин-кумушга берилиш, хазина тўплаш авж олди Яъни диний машғулотлар, Худо йўлидаги тоат- ибодат ўрнини дунёвий ишлар, дунё молига муҳаббат эгаллай бошлади. Бу ҳол диний амрларни адо этишни ҳар қандай дунёвий ишлар, бойликлардан устун қўйган эътиқодли кишиларнинг норо- зилигига сабаб бўлди. Улар орасида ҳадис тўпловчи муҳаддислар, илгаридан қашшоқ бўлиб, уй-жой, мол-мулкка эътибор қилмаган саҳобалар ҳам бор эди. Буларнинг бир қисми динни ҳимоя қилиб, очиқ курашга отланган бўлсалар, иккинчи қисми қаноат ва зуҳдни («эуҳд» сўэидан «эоҳид» сўэи келиб чиққан) асосий мақсад қилиб олиб, сарой аҳли ва сарватдорлар, бойлар ахлоқига қарши норозилик белгиси сифатида таркилунёчилик ғоясини тарғиб этиб, ижтимоий фаолиятдан бутунлай четлашганлар, сурункали тоат- ибодат билан шуғулланганлар. Куфа, Бағдод, Басра шаҳарларида таркидунё қилган эоҳидлар кўп эди, айтиш керакки, уларнинг обрў-эътибори ҳам халқ орасида катга бўлган. Чунончи, Увайс Қараний, Ҳасан БасриЙ каби Йирик сўфийлар аслида зоҳид кишилар эдилар, шунинг учун бу зот- ларнинг номи шайхлар ва сўфийлар ҳақидаги тазкирапарда зоҳид сифатида тилга олинади, баъзи муаллифлар эса уларни сўфийлар қаторига қўшмаганлар ҳам. Tasavvuf adabiyotini vekili sifatida Ahmad Yasaviy bn Najmiddin Kubro haqida yozishimiz mumkin Таsаvvuf tа’limоtining mаqsаdi kоmil insоnni tаrbiyalаsh ekаnligini siz yaхshi bilаsiz. bu tа’limоt bo‘yichа insоn kоmillikning shаriаt, tаriqаt, hаqiqаt dеb аtаlаdigаn bоsqichlаridаn o‘tishi kеrаk. shаriаt bаrchа musulmоnlаr uchun хоs vа mаjburiy bo‘lib, u islоmiy hukmlаr, yo‘riqlаr mаjmuidir. shаriаtni qаbul qilmаgаn kishi musulmоn bo‘lmаydi, binоbаrin, kоmillik yo‘ligа birinchi qаdаmni hаm qo‘ymаgаn hisоblаnаdi. shаriаtni hаq dеb bilgаn оdаm o‘zi хоhlаb pоklаnish, kоmillik yo‘li bo‘lmish tаriqаtgа kirishi mumkin. (Таriqаt so‘zining “yo‘l” dеgаn mа’nоni аnglаtishi eslаtildi.) Таsаvvuf аdаbiyotidа ishq mаrkаziy tushunchаdir. (ishqqа оldin bеrilgаn tа’rifni eslаng.) bоshqа tushunchаlаr, оbrаzlаr, vоsitаlаrning hаmmаsi undаn kеlib chiqаdi yoki ungа bоg‘lаnаdi. ishq ikki turli bo‘lаdi: mаjоziy ishq – оllоh tоmоnidаn yarаtilgаn bаrchа nаrsаgа: insоngа vа butun bоrliqqа nisbаtаn muhаbbаt, mеhr, аrdоq, аnglаshlik tuyg‘usi; hаqiqiy ishq — bоshqа hеch nаrsаgа qiyos qilinmаydigаn yarаtgаnni tuyish, аnglаsh vа U bilаn birlik tuyg‘usi. ishq qo‘yilgаn mа’shuq tаsаvvuf аdаbiyotidаgi Yor (mаhbub(а), mа’shuq(а), jоnоn, do‘st, rаfiq) оbrаzidir. 162.Mo’gullar istilosi davri adabiyoti Javob: Mo‘g‘ullar istilosi Markaziy Osiyoning iqtisodiy, ijtimoiy-siyo- siy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir etdi. Bu haqda aytib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylaymiz. Ammo mo‘g‘ul istilosining, birinchi navbatda, mo‘g‘ullaming o‘zlari uchun, ikkinchidan, 0‘rta Osiyo turkiy qavmla- ri uchun ijobiy tomonlari ham bo‘ldi. Mo‘g‘ullar uchun ijobiy tomoni shunda bo‘ldiki, na davlat tizimiga, na davlat boshqaruvi tizimiga, na turmush madaniyatiga ega bo‘lgan xalq 0‘rta Osiyoga kelib, hamma narsani - davlat tuzilishini ham, davlat boshqaruvini ham, turmush ma- daniyatini, ma’naviy madaniyatni, jumladan, yozuv madaniyatini ham o‘rgandi. Ikkinchidan, adabiy jarayon tamomila boshqa o‘zanga tushdi. yerli xalqning ehtiyojlarini birinchi navbatda e’tiborda tutgan mo‘g‘ul xonlari turkiy tildagi adabiyotga e’tibor berdilar. Ayniqsa, Oltin 0‘rda davlati turkiy tildagi, aniqrog‘i, yevropaliklar “chig‘atoycha” deb atay- digan eski o‘zbek tilidagi adabiyot taraqqiyotiga e’tibor qaratdilar. Ol- tin 0‘rda davlatining poytaxti Saroy shahrida eski o‘zbek tilidagi ada biy muhit yuzaga keldi. Qul Ali, Mahmud Ali ibn as-Saroyi, Xorazmiy, Rabg‘uziy, Qutb va boshqa qator ijodkorlar Oltin 0‘rda adabiy muhitini shakllantirdilar. Misr mamluklar davlatidagi (XIII-XVI asrlar) turkiy adabiyot ham bevosita Oltin 0‘rda adabiyotining davomidir. Oltin O’rda davri adabiyoti Javob: Oltin 0‘rda adabiyoti shunisi bilan diqqatga sazovorki, birinchidan, o‘zbek adabiyoti- ga musulmon madaniyatini va islom dinini yoyish uchun o'zbek tilida birinchi marta agiograftk (payg'ambarlar tarixiga oid) asarlar yaratildi. Nosiruddin Burxoniddin Rabg'uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” (710\1310- yil), Mahmud ibn Ali as-Saroyining “Nahjul - farodis” (“Jannatlarga oc hiq yo'l”, 761/1361-yil), Xisom Kotibning Jumjuma sulton” (1368\69 yillar; boshqa bir qo‘lyozmada 1375\76 yillar) asarlari buning yorqin na- munasidir. “Qisasi Rabg‘uziy” singari “Qisas ul-anbiyo”larning o‘zbek tilidagi ko‘plab nusxalari bugungi kunda Turkiya muzeylarida, kutub- xonalarida saqlanmoqda. Bu asarlaming ko‘p qismi Oltin 0‘rda davlati hukm surgan davrda yaratilgan. Mazkur “Qisas ul-anbiyo”laming ak- sariyati forschadan qilingan tarjimalardir. Turk olimi Ismat Jamilo‘g‘li “XIV asrga oid bir “Qisas ul-anbiyo” nusxasi ustida sintaktik tadqiqot” (Anqara, 1994) nomli asarida Turkiya kutubxonalarida saqlanayotgan “Qisas ul-anbiyo” qo‘lyozma nusxalari to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlami bergan. Ikkinchidan, Oltin 0‘rda davlatidagi madaniy-adabiy hayotning ta- komili natijasida o‘zbek adabiyotiga yangi janr - noma janri kirib keldi. Xorazmiyning birinchi marta o‘zbek tilida yaratilgan “Muhabbatnoma” (1353) asari buning dalilidir. Uchinchidan, Oltin 0‘rdadagi adabiy muhitning e’tiborga molik jihatlaridan yana biri taijimachilikka alohida e’tibor berilganidir. Tur li tillardan o‘zbek tiliga nodir asarlaming taijima qilingani bevosita va bilvosita Chingizxon hamda uning farzandlari olib borgan siyosat, yerli aholiga bo‘lgan ehtirom samarasidir. Chingiziy hukmdorlar farmonlarini turkiy tilda e’lon qilganlari, eski uyg‘ur-turkiy yozuv asosida mo‘g‘ul yozuvini yaratib, mo‘g‘ul davlatida yangicha madaniy taraqqiyotga asos solganlari buning yana bir dalilidir. Mumtoz adabiyotda mubolag'a san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan) Javob: Mubolaga - tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisalarning muayyan jihatlarini bo`rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. Sharq klassik she`riyatida mubolag`a san`atiga she`r ziynati sifatida qarab, “Ahsanohu akzabahu” (eng yaxshi she`r – eng yolg`on she`rdir) degan naqlga amal qilganlar. Mubolag`a quyidagi turlarga bo`linadi: Tablig` - tasavvur qilish mumkin-u, amalga oshirish qiyin bo`lgan bo`rttirilgan tasvir usuli: Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg`a ayt, Yig`larimning shiddatin gulbargi xandonimg`a ayt. (Navoiy) Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro` kelmadi, Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (Navoiy) b) Ig`roq – tasavvur qilish qiyin, amalda mutlaqo bo`lmaydigan bo`rttirilgan tasvir usuli: Otlar kishnar, qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar, Quyosh oltin buloqdir, qaynar, oshar... Ko`k tiniq. (Oybek) c) G`uluvv – tasavvur qilish juda qiyin bo`lgan, amalda bo`lishi sira mumkin bo`lmagan bo`rttirilgan tasvir usuli: Vah muhabbat ko`yida qon yig`ladim. Yetti iqlim g`arq bo`ldi yoshima. (Mashrab) Har qizil gulkim, yuzing shavqida olib isladim, Yetkach ohim shu`lasi oni sarig` gul ayladim. (Navoiy) 165.Temuriylar davri adabiyoti Javob : temuriylar hukmronligi davrida turkiy tilli adabiyotga alohida e’tibor qaratildi. Akademik V.V.Bartold keltirgan dalillar bu jihatdan ancha diqqatga sazovor. Jumladan, uning ta’kidlashicha, te muriylar davri madaniy hayotida Qobulshoh (1366-yili xon deb e’lon qilingan va ko'p o‘tmay taxtdan tushirilgan)ning ma’lum darajada roli bo'lgan. Qobulshoh turkiy tilda she’rlar yozgan. XV asrda ham bu shoir ancha shuhrat qozongan. Amir Temurning safdoshlaridan amir Sayfid- din barlos fors va o‘zbek tiilarida she’rlar ijod qiilgan edi. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida Movarounnahr bu jihatdan ko‘p muvaffaqiyatlarga erishgani ma’lum. Shaxsan Ulug‘bekning fanga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U bobosi Temur kabi olimlar bilan suh- bat qurib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bilan cheklanib qolmadi, balki Sharq tarixida kam uchraydigan hodisani - hokimiyat boshqamvi bilan ilmni birga qo‘shib olib bordi. Zamondoshlari Ulug‘bekni bu fazilatla ri tufayli Arastuning shogirdi Iskandar bilan tenglashtiradilarXV asming ikkinchi yarmida Movarounnahrda adabiyot yuksalish bosqichiga ko'tarildi. Bu haqda Shayx Ahmad Taroziyning yuqorida biz aytib o‘tgan “Funun-ul-balog‘a” asarida ko‘plab shoirlaming nom- lari keltirilganki, mavjud maiumotlarga qo‘shimcha sifatida xizmat qiladi, ayni paytda ba’zi ma’lumotlarga aniqlik kiritadi SHUNINGDEK BU DAVRDA NOMA JANRI HAM TARAQQIY ETGAN ( LATOFATNOMA HAQIDA YOZSAK HAM BULADI ) Lutfiy g’azallarida husni ta’lil san’ati Husni ta`lil – ar. “chiroyli dalillash”. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko`rsatish san`ati: Qatra qonlarkim tomar ko`ksimga urg`on toshdin, Zahmdindur demakim, qon yig`lar ahvolimga tosh. Oshiq o`z ko`ksiga tosh urar ekan, yerga qon tommoqda. Shoirning fikricha, buning sababi toshning badanga yetkazgan yarasi emas, balki oshiq qalbiga urilgan tosh uning bag`ridagi g`amning kuchliligiga chiday olmasdan qonli yosh to`kib yig`lamoqda. Quyosh oydek yuzungning xijlatidin Qochib, to`rtinchi ko`k uzra chiqibdur. Lutfiy bu o`rinda yor — ma`shuqa yuzini ta`riflamoqda. Yorning yuzi quyoshdan ham, oydan ham go`zal. Biz oy va quyoshning yerdan tepada —ko`kda turishini bilamiz, ammo shoir bunga boshqacha izoh bermoqda. Uning nazarida quyosh yor yuzining go`zalligi tufayli yer yuzidan qochib ketgan va to`rtinchi ko`k (osmon)dan makon topgan. Lutfiy yana bir g`azalida yozadi: Nozuklik ichra belicha yo`q tori gisuyi, O`z haddini bilib belidin o`lturur quyi. Shoir yorning sochi uzunligini madh etadi, ayni paytda noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) mag`lub. Shuning uchun ham sochning o`rni beldan pastda bo`lishi kerak degan shoirona asos aytilmoqda. Vaholanki, uzun sochning tabiiy ravishda beldan pastda bo`lishi hammaga yaxshi ma`lum. Ibodat chog`ida boshni yerga qo`yish odatdagi hol. Ammo shoir uni tamomila boshqacha izohlaydi: Qutlug` oyog`ing yerga tegibur, oning uchun, El yerga qo`yub bosh, qilur barcha ibodat. Ko`rinib turganidek, shoir elning yerga bosh qo`yib, ibodat qilishini yorning «qutlug` oyog`i yerga tekkani» bilan asoslamoqda. Yoki kishilarning qand yeyishi tabiiy holdir. Lutfiy esa uni shunday ta`riflaydi: Labingdin chun suchuklik qand o`g`urlar, Solurlar el ani suvg`a yalang`och. Choyga qand solish holati aks etayotgan bu tasvir badiiy asosning go`zalligi bilan e`tiborga molik. Adib nazarida qand shirinlikni labdan «o`g`irlab olgan». O`g`ri esa jazolanishi kerak. O`g`riga beriladigan jazo turlaridan biri uni sovuq suvga kiyim-siz yalang`och holda kiritishdir. Bu tasvir, albatta, kishida zavq uyg`otadi. Lutfiy g’azallarida tashbeh san’ati Tashbih – ar “o`xshatish”. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o`xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o`sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o`xshatishdir. Masalan, “yuzing go`zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga o`xshatilyapti. Tashbihning yuzaga kelishida to`rt unsur ishtirok etishi mumkin. O`xshamish – tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz); O`xshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul); Asos – nimaga ko`ra o`xshatishning yuzaga chiqqanligi (go`zallikda); Vosita – o`xshatilish belgisi (kabi) Vosita ishtirok etgan o`xshatishlarda tashbih aniq ko`rinib, bilinib turadi. So`z san`autida –dek, -day, -cha, -simon, -vor, saro, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo`shimchalar, kabi, singari, misli, go`yo, yanglig`, xuddi, o`xshab, nechukki va boshqa so`zlar vosita bo`lib kelgan. Ko`p hollarda asos ishtirok etmaydi. O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Òqday qomat - òxshatish Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla, Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma. Oy yuzung - mutlaq tashbeh 168.Lutfiy g’azallarida mubolag’a san’ati Mubolaģa ‘- tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisalarning muayyan jihatlarini bo`rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. Sharq klassik she`riyatida mubolag`a san`atiga she`r ziynati sifatida qarab, “Ahsanohu akzabahu” (eng yaxshi she`r – eng yolg`on she`rdir) degan naqlga amal qilganlar. O‘zgadin ko‘rmaki ko‘zung yoshini, ey Lut y, Ayni daryo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul. Kòz yoshni daryo qilish - mubolaģa san'ati “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi muammo janri XAZOYIN UL-MAONIY" ("Maʼnolar xazinasi") — Alisher Navoiyning asari. 1491—96 yillarda tartib berilgan. "X.ul M." — "Gʻaroyib ussigʻar" ("Yoshlik gʻaroyibotlari"), "Navodir ush-shabob" ["Yigitlik nodirlik (sheʼr)lari"], "Badoyeʼ ul-vasat" ("Oʻrta yosh badialari") va "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yigʻma devon. Xalq orasida "Chor devon" deb ham yuritiladi. " Muammo (arab. — koʻr, koʻr qilingan) — oʻzbek mumtoz adabiyotida sheʼriy janr; poetik sanʼat turi. Unda biror soʻz, ism (yoki bosh harflari), sana va boshqa yashirib beriladi. Koʻpincha 1 bayt, baʼzan 2 baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz yoxud fikr soʻz oʻyini asosida yashiringan boʻladi. Agar sheʼriy bayt boshdan oxir shu asosga qurilgan va tugallangan boʻlsa, M. deyiladi. Shunchaki baytlar orasida kelsa, sheʼriy vosita, poetik sanʼat deb qaraladi. M.ni tuzish (yaratish) va ochish (yechish)ning bir necha usullari mavjud. Koʻpincha undagi biror soʻz ochqich vazifasini oʻtaydi. Arab tili grammatikasi qoidalari, arab alifbosi harflarining shakliy ramzlari, abjad hisobi va boshqalarni bilish M. uchun zarur. Oʻzbek mumtoz adabiyotida M.chilik zexn va idrokni tarbiya qilish maktabi hisoblangan. Shoirning mahorati M.ni yecha olish qobiliyatiga qarab belgilangan. Dastlab Sharafiddin Ali Yazdiy ("Hulali mutarraz dar fanni muammo va lugʻz" — "Muammo va lugʻz fani toʻgʻrisida bezatilgan ipak kiyimlar"), soʻng Abdurahmon Jomiy ("Risolai muammoi kabir" — "Muammo haqida katta risola"; "Risolai muammoi sagʻir"— "Muammo haqida kichik risola"), Alisher Navoiy ("Risolai mufradot") va boshqa M. yozish qoidalari xaqida asarlar yozganlar. Navoiyning 500 ga yaqin, Boburning 600 ga yaqin M.lari yetib kelgan Xazoyin ul maoniyda 52 ta muammo keladi 170.Baytni tahlil qiling (mavzu va g'oyasi, murakkab so'zlar lug'ati, she'riy san'atlar, umumiy ma'no-mazmuni): Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading, Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach. Navoiy qit'alarida tamsil va talmeh san'atining o'rni Alisher Navoiy ijodida tamsil san’ati ham o‘zgacha bir ruhda tasvir etilgan. Ma’lumki, tamsil arabcha “misol keltirish,dalillash “ degan ma’nolarni bildiradi. Zaxmin ichra qoldi paykoning, ne yanglig‘ butkay ul, Chunki qo‘ymas yarag‘a yopishqali malham su. Baytda oshiq o‘z yarasida yorning o‘qi (kiprigi) qolganini va uning bitishi amri mahol ekanini aytar ekan, bunga malham qo‘ymoqchi bo‘lsalar,suv unga yopishgani qo‘ymayotganini sabab qilib ko’rsatadi. “Navoiy ijodidagi eng yuksak san’atlardan biri talmeh san’atidir. Bunda shoir baytlarda o‘tmishda o’tgan yoki o’z zamondoshlarining eng mashhurlarining nomini, adabiy asar qahramonlarini,joy nomlarini keltirib o‘tadi” [1]. 172.Lutfiy g’azallarida istiora san’ati Istiora (arabchadan „qarzga olish“) yoki metafora (yunonchadan „koʻchirish“) — asarlarda soʻzni oʻz maʼnosidan boshqa bir maʼnoda, yaʼni majoziy maʼnoda qoʻllash sanʼati. Bu sanʼat soʻz maʼnolari koʻchishining bir turi boʻlib, u narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbih sanʼatiga yaqin turadi. U koʻpincha tashbihi kinoyaga, yaʼni mushabbihi tushirilgan tashbihga tengkeladi. Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi. Ishq o‘tida Lut y yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. Ishq òti - istiora Istiora — badiiy tasvir vositasi, koʻchim. Istiora 2 narsa oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. U oʻxshatilgan va oʻxshagan unsurlardangina tashkil topadi. Mas, sarv qomat, ohu koʻz. Istiorada sher, yoʻlbars va boshqa kuchli, jasoratli hayvonlarga xos ayrim xususiyatlar, oq, qora sifatlaridagi yaxshilik, yomonlik maʼnolari insonlarning ayrim hislatlarini taʼkidlab koʻrsatish uchun koʻchiriladi (sher yurak, oq koʻngil, qora qalb va hokazo). Lutfiy g’azallarida lafziy san’atlar Mumtoz adabiyotda tazod san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan) Tazod (arabcha — qarshilantirish, zid) san’atida shoir she’rida qarama-qarshi, bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni qo’llaydi. „Tazod yuzakiroq qaraganda antiteza usuliga ham o‘xshaydi — ularning har ikkalasida ham bir-biriga zid tushunchalar yuzlashtiriladi, ayni choqda, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham bor. Antitezada to‘qnashuvchi bir-biriga zid narsalar ikki mustaqil manbadan kelib chiqsa, tazoddagi to‘qnashuvchi birbiriga zid narsalarning kelib chiqish manbayi yagona: bir narsa ham yaxshilikning, ham yomonlikning kelib chiqishini o‘z ichiga qamrab oladi“ (To‘xta Boboyev. „Adabiyotshunoslik asoslari“, 381-bet). E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo, Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi. (Yorning (Masiho — Iso) dami (og‘zi) ko‘ziga qaramaqarshi qo‘yilgan: ko‘zi bemor qiladi, dami — nafasi shifo beradi. Ayni zamonda ko‘z bilan og‘iz bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham yomikidir.) Ko‘rinadiki, tazodda zid qo‘yilgan ikki tomon (obraz, predmet) qiyoslanadi, ayni zamonda, uzviy ravishda bir-biriga mustahkam bog’lanib keladi. “Devoni Foniy”dagi marsiya-tarkibbandning badiiy xususiyatlari Mumtoz adabiyotda insho janrining o'rni (maktublar, “Munshaot”). Munshaot (arab.—insho etilganlar, yaʼni yozilganlar, bitilganlar) — Sharq sheʼriyatidagi janrlardan biri, muallifning nazmda yoki nasrda yozilgan maktublar toʻplami. Bunday toʻplamlar bir yoki bir necha muallif kalamiga mansub xatlar yigʻindisidan iborat boʻlgan. Maktublar shunchaki bitilgan xatlar boʻlmay, badiiyatning oʻziga xos turi — insho sanʼati sifatida yuzaga kelgan, chuqur mazmunga va goʻzal badiiy ifodaga ega boʻlgan. Baʼzi maktublar yuksak sanʼat bilan oʻta jimjimador yozilgan. Asosan arab va fors tillarida yaratilgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida M.ning shakllanishi va rivojlanishi Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Navoiy "Munshaot" asarining muqaddimasida forscha maktublar shakllangan yuksak uslubga ega ekanini, turkiy xalqlarda bu uslubda hali hech ish qilinmaganini va oʻzi M.ga birinchi boʻlib koʻl urganini qayd qilgan. Navoiyning ushbu asaridagi mak-tublarning aksariyati sulton Husayn Boyqaro va uning farzandlari boʻlmish shahzodalarga yozilgan. Ularda Navoiy maktub egalariga davlatni idora etish, hukumat ishlarini bajarishga doir oʻzining qimmatli maslahat va takliflarini bayon etadi Munshaot» (-Munshaoti turiay» va «Munshaoti foisiy» - tuikiy hamda foisiy maktublar) taitib bcrdL Baytni tahlil qiling (mavzu va g'oyasi, murakkab so'zlar lug'ati, she'riy san'atlar, umumiy ma'no-mazmuni): Chekmay malak lutfung kuni juz zikr ila tasbih uni Odam debon qahring tuni har dam “zalamno rabbano”. Favoyid ul kibar tarkibidagi 1-ģazal Gadoiy g’azallarida husni ta’lil san’ati Gadoiy g’azallarida istiora san’ati Ma'naviy san'atlar va ularning turlari (nazariy ma’lumot va misollar bilan) Badiiy san’atlarning ikkinchi katta guruhi ma’noning birlam- chiligiga asoslanib, badi’ ilmida ma’naviy san’atlar deb yuriti- ladi. Y.Is’ho4ov tasnifida ular istioraviy-ramziy tasvir usullari (majoz, istiora, kinoya, baroati istehlol va b.), qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbih, talmih, tansiq us-sifot va b.), fikrni dalillash (motivirovka) yo'llari (husni ta’lil, tamsil, irsoli masal va b.), emotsional-mubolag'ali tasvir usullari (mubolag‘a, tashbih- ning ayrim turlari, ruju’, murojaat, savol-u javob va b.) kabi guruhlarga kiritilgan bo‘lsa, Z.Mamajonov ularni o'xshatish asosidagi san’atlar (tashbih, tamsil, talmih, irsol ul-masal, laff va nashr), majoz asosidagi san’atlar (istiora, kinoya, tashxis, intoq), belgini kuchaytirish asosidagi san’atlar (mubolag‘a, taf- rit, iyg‘ol va b.), ifoda usullari asosidagi san’atlar (mulamma’, tajohuli orif, mazhabi kalomiy, husni ta’lil, ruju’, savol-u javob, nido va b.) degan guruhlarga kiritadi. Mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy she’riyatida shunday ma’naviy san’atlar va tasvir vositalari borki, ular badiiy ijodning muhim tarkibiy qismiga aylanib ketgan va shoir ijodini ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tashbih, istiora, mubolag' a kabi san’atlar nafaqat Alisher Navoiy, balki butun Sharq adabiyotining eng qadimiy va ajralmas poetik unsurla- ridan sanaladi. 0‘rta asrlarda mubolag‘a san’atiga xos tasvirni bo'rttirish va kuchaytirish xususiyatlari badiiy asarlarga zeb berganligini “Ahsanahu akzabahu” (Eng yaxshi she’r - eng yolg'on she’r) degan fikrning ommalashganligi bilan bog‘liq- likda kuzatsak, shoirning badiiy mahoratini belgilovchi asosiy mezon sifatida tashbih san’atidan foydalanish darajasi asos qilib olinganligini manbalardagi fikrlar tasdiqlaydi: “Har bir shoirning katta mahorati tashbihlarda ko'rinadi. Tashbihda qudratliroq bo‘lgan har bir shoir jahongirroqdir” (Said Nafisiy). Ma’lumki, tashbih biror predmet yoki hodisaning xususiyatini shu xususiyati bor boshqa narsa yoki hodisa orqali tasvirlashga asoslanadi. Adabiyotshunoslikda tashbih san’ati mushabbah yoki o'xshamish (tasvirda fikr qaratilayotgan (o‘xshatilayotgan) narsa yoki tushuncha), mushabbahun bih yoki o‘xshatilmish (tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha), vajhi shabah yoki o‘xshatish sababi (nimaga ko'ra o‘xshatishning yuzaga chiqqanligi) va odoti tashbih yoki o‘xshatish vositasi (o'xsha- tilish belgisi) kabi to‘rt unsur asosiga qurilishi ta’kidlangan. Ushbu unsurlarning barchasi ishtirok etgan o‘xshatish tashbihi mufassal deb ataladi. Agar ulardan vajhi shabah tushirib qoldi- rilsa, bunday o‘xshatish tashbihi mujmal va agar odoti tashbih ham qatnashmasa, bunday o‘xshatish tashbihi muqayyad deb ataladi. Tashbihi muqayyad tashbihi mufassalga qaraganda o'xshatish belgisining kuchliligi bilan ajralib turadi. Masalan, Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg'a ayt, Zulfi sunbul, yuzi gul sarvi gulandomimg'a ayt. (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 84-g‘azal) misralarida Alisher Navoiy “yorimning zulfi sunbulga o‘xshash” yoki “yorimning yuzi gul kabidir” jumlalari o‘rniga “zulfi sun- bul”, “yuzi gul” tarzidagi aniq va qisqa o‘xshatishlarni qo‘llar ekan, bunda yor go'zalligi yorqinroq namoyon bo'ladi. Navoiy ijodida qo‘llanilgan tashbihlarda o'xshamish faqat shaklga emas, ko‘p hollarda vazifaga asoslanganligini kuzatish mumkin. Masalan, “Sab’ai sayyor”dan olingan quyidagi baytda Navoiy tongni libosga, falakni gozur, ya’ni kir yuvuvchiga va quyoshni sovunga o‘xshatar ekan, tong otishi bilan qorong‘ulik ketishini shunday tasvirlaydi: Subh savbini gozuri aflok, Mehr sobuni surtubon yudi pok. <•> Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: falak ham tozalovchi qilgan ishni qiladi, ya’ni u ham o'zining libosidagi (tongdagi) kirni (zulmatni) yo‘qotadi, lekin uning kir yuvish vositasi anchayin mukammal: uning sovuni quyoshdir. Navoiy tashbihlari ko‘pincha bir necha qatlamli ekanligi bi lan ajralib turadi, ya’ni ularda o‘xshatish unsurlari bir vaqtning o'zida bir necha funksiyalarni bajaradi. Bunda shoir o‘zidagi bi ror narsa yoki holatni tasvirlanayotgan shaxsdagi biror narsaga o‘xshatadi-da, so‘ng undagi biror narsa bilan o‘zidagi narsani qiyoslaydi. Masalan, quyidagi baytlarga nazar tashlasak: Mening firoqim-u oning visoli tun bila tong, Bu nav’ dahrda yo‘q ehtimoli tun bila tong... Tongim yorug'-u tunum tiyradurki, chirmashadur Ko'ngul aro yuz-u zulfung xayoli tun bila tong...Tunung xujasta, tonging qutlug‘ o‘lsun, ey mahvash Ki, ikki banda sanga bo'ldi xoli tun bila tong. Ushbu baytlarda oshiqning firoqi ham, yorning visoli ham tun bilan tongga o‘xshatilar ekan, shoir tazod san’ati vositasida o‘xshatishlarning ma’no qatlamlarini ochib beradi. Navoiy tashbihlariga xos yana bir xususiyat shundan iborat- ki, ularning aksariyati kundalik hayotda, turmushda uchray- digan oddiy narsa va hodisalarga asoslangan. Masalan, quyidagi baytga e’tibor qarataylik: Suvang ul oy evining tomini balchig‘ yasabon, Paykarimning evini, hajrki tufrog‘ etadur. Baytda Navoiy poetik mahoratining yana bir qirrasiga guvoh bo‘lamiz: oshiqqa qarashli narsa yoki uning holati ma’shuqqa tegishli narsa yoki voqeaga o'xshatiladi. Bu o'rinda oshiq ma’shuqaning uyini obod qilishni va shu maqsadda o‘zining hijron tufayli tufroqqa aylangan jismini fido qilishni istaydi. Shoir yor uyining obod bo‘lishi uchun oshiq vujudini fido qilishi tabiiyligini o‘zining jismini ayriliq tuproqqa aylantirgan uyga o'xshatish orqali erishgan. Shuningdek, ushbu o'xshatish orqali fikr falsafiylashtirilgan: bir uyning buzilishi ikkinchi uyning obod bo‘lishiga xizmat qiladi (A.Rustamov). Navoiy ijodida mubolag‘a san’atidan ham ustalik bilan foy- dalanilgan. Ma’lumki, mubolag‘a (ar. - kattalashtirish, kuchay- tirish) adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo‘rttirib, kuchaytirib ifodalash san’ati bo‘lib, bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, o'quvchi ko‘z oldida yorqinroq gavdalanadi. Mubolag‘a san’ati haqida ilmi badi’ga doir mumtoz manbalarda ma’lumot- lar keltirilgan bo'lib, mazkur asarlarda mubolag‘aning asosan ig'roq turiga to‘xtalib o'tilgan. Xususan, “Funun ul-balog‘a” muallifi shunday yozadi: “Bu san’at aningdek bo'lurkim, bir narsaning vasfinda mubolag‘ani had va g‘oyattin o‘tkarurlar”. Sharafiddin Romiy esa o'zining “Haqoyiq ul-hadoyiq”asarida mubolag‘ani uning yuqori darajasi bo‘lgan ig'roqdan ajratish zarurligini ta’kidlaydi. Mubolag'a va uning darajalari haqida nisbatan to‘liqroq ma’lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’” asarida berilgan bo‘lib, muallif mubolag‘aning tab4lig‘, ig‘roq, g‘uluvv, mardud g‘uluw kabi turlarini keltiradi. Mubolag‘aning quyidagi 3 darajasi mumtoz adabiyotimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida keng qo‘llanilgan: 1) tablig‘ (ar. yetkazmoq) - aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag'a. Bunda bo'rt- tirib tasvir qilinayotgan hodisa yoki xususiyat aqlga to'g'ri keladi va ba’zan qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, amalga oshishi ham mumkin: Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (“Badoyi’ ul-vasat”, 608-g‘azal) Visol va’dasini bergan yorning kelmagani oqibatida oshiqning kechasi bilan uxlamay chiqishi mubolag‘ali tasvir, lekin bu holatni aqlan tasavvur ham qilish mumkin va ba’zan hayotda ham uchrab turadi. 2) ig'roq (ar. kamonni qattiq tortmoq) - aqlan ishonish mum kin bo‘Isa ham, hayotda yuz bermaydigan mubolag‘a. Bunday tasvirda o‘quvchi voqea yoki xususiyatni ko‘z oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq uning amalda yoki hayotda sodir bo‘lishi mumkin emas. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida Shirinning oti yiqilay deganda, Farhodning otni va Shirinni yelkasiga ko‘tarib bir necha chaqirim yo‘l bosishini aqlan qabul qilish mumkin bo‘Isa ham, bunday voqea hayotda yuz berishi mumkin emas: Ko‘tardi orqasig'a bodponi, Nechukkim bodpo, ul dilraboni... Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo, Bo‘lub ollinda qasr-u havz paydo. 3) g'uluvv (ar. - qo'lni imkon boricha baland ko'tarish) - aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lmagan mubolag‘a: Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim, Yetkach ohim shu’lasi, oni sang‘ gul ayladim. (“Favoyid ul-kibar”, 426-g‘azal
Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling