savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich


Lutfiy g’azallarida husni ta’lil san’ati


Download 3.35 Mb.
bet21/27
Sana16.08.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1667552
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
adabiyot tarixi

166.Lutfiy g’azallarida husni ta’lil san’ati

Husni taʼlil fikrni asoslash sanʼatidir. Ammo bu asoslash real, hayotiy boʻlmasdan faqat shoirona asoslash boʻladi.


Quyosh oydek yuzungning xijlatidin
Qochib, toʻrtinchi koʻk uzra chiqibdur.
Lutfiy bu oʻrinda yor – maʼshuqa yuzini taʼriflamoqda. Uning yuzi quyoshdan ham, oydan ham goʻzal. Biz oy va quyoshning yerdan tepada – koʻkda turishini bilamiz, ammo shoir bunga boshqacha izoh bermoqda. Uning nazarida quyosh yor yuzining goʻzalligi tufayli yer yuzidan qochib ketgan va toʻrtinchi koʻk (osmon)dan makon topgan.
167.Lutfiy g’azallarida tashbeh san’ati
Мавлоно Лутфий ўз замонининг маликул-каломи эрди, форсий ва туркийда назири йўқ эрди. Аммо туркийда шуҳрати кўпрак эрди ва туркча девони ҳам машҳурдур ва мутааззирул жавоб матлаълари бор, ул жумладин бири будурким:
Нозуклук ичра белича йўқ тори гисуйи,
Уз ҳаддини билиб, белидин ўлтирур қуйи.
Яна бири буким:
Сайд этти дилбарим мени ошуфта сочтин,
Солди каманд бўйнума икки қулочтин.
Ва Мавлононинг «Зафарнома» таржимасида ўн минг байтдин ортуқроқ маснавийси бор, баёзға ёзмағон учун, шуҳрат тутмади ва лекин форсийда қасидагўй устодлардин кўпининг мушкул шеърлариға жавоб айтибдур ва яхши айтибдур. Тўқсон тўққуз яшади ва охир умрида радифи «офтоб» шеъри айттиким, замон шуароси барча татаббуъ қилдилар, ҳеч қайсиси матлаъни онча айта олмадилар ва ул матлаъ будурким:
Эй зи зулфи шаб мисолат сояпарвар офтоб,
Шоми зулфатро ба жойи моҳ дар бар офтоб.
Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda oʻxshatish deb yuriti­ladi. U shunday sanʼatki, unda soʻzlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar oʻrtasida mavjud boʻlgan oʻxshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, oʻzaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va taʼsirliroq ochib beriladi.
Adiblar tashbehdan oʻz gʻoyalari, fikr va istaklarini badiiy taʼsirchan ifodalash uchun foydalanishadi.
Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular oʻxshatil­gan narsa (mushabbah) oʻxshagan narsa (mushabbahbihi), oʻxshatish sababi (vajhi shaboh) hamda oʻxshatish vositasi (holati tashbeh)dan iborat.
Oʻxshatishlarning fazilati shundaki, ular koʻzda tutilgan har qanday fikrning aniqlashishida, shu obrazni toʻliq tasavvur etishda hal qiluvchi rol oʻynaydi.Oʻxshatishlarning yana bir xususiyatini taʼkidlash zarur. Bu maʼlum bir oʻxshatishning turli obrazlarni yoritishda qoʻllanishidir. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochkoʻz va, umuman, yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga nisbatan qoʻllanadi. Boʻri obrazini esa lashkarboshiga, yov-dushmanga, mard erga, oʻlimga ham nisbatan qoʻllanganini koʻrish mumkin. Lekin ularning ham­masida ham boʻri oʻxshatishi aynan bir xil maʼnoda kelmaydi.Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning goʻzal namunasi yaratilgan:Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek oʻlturur,
Gʻoyati nozukligidin suv bila yutsa boʻlur.




Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling