Савол: Ўрта аср сиёсий-ҳуқуқий ғояларининг ўзига хос хусусиятларини ёритиб беринг


Download 22.58 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi22.58 Kb.
#188375
1   2   3
Bog'liq
Siyosatshunoslik yakuniy 2 (копия)

A-bo’lim 93-savol:

Сиёсий маданият тушунчасининг бир неча ўнлаб таърифлари мавжуд, сиз мазкур таърифлар ичидан ўзингиз тўғри деб ҳисоблаган таъриф ҳақида батафсил тушунтиринг.

Siyosiy madaniyatga oid mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, bu tushunchaga turlicha yondashuvlar mavjud. Ayrimlarini sanab ko’rsatamiz:

- Siyosiy madaniyat bu – o’ziga siyosiy ma‘rifatni, siyosiy onglikni, hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyatni ham qamrab olgan shaxs va ijtimoiy birlikning madaniyatidir;

- Siyosiy madaniyat bu – o’z ichiga ijtimoiy - siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar bilan bevosita aloqalar bo’lgan elementlarni qamrab olgan jamiyat ma‘naviy madaniyatining bir qismidir;

- Siyosiy madaniyat bu – siyosiy tafakkur va siyosiy faoliyat madaniyatidir. Bu yondashuvlar turlicha bo’lsa ham, lekin ularning barchasini bir-biriga bog`lab turuvchi umumiy jihat ham mavjud. Bu siyosiy madaniyatning jamiyat siyosiy-ijtimoiy jarayonlari, siyosiy institutlari bilan bevosita uzviyligi holatidir.3

Ko`rib turibmizki, bir atama turli ma`nolarda talqin etilmoqda. Shunda “Nima uchun?”, “Nahotki, olimlar bir to`xtamga kelolmagan?” degan savol tug'ilishi tabiiy. Buning boisi siyosatda madaniyatning namoyon bo'lishining murakkabligi va madaniyatning turli tushunchalari bilan bog'liqligidir. Siyosiy madaniyat – jahon umumiy madaniyatining tarkibiy qismi siyosiy tajriba, siyosiy bilimlar va his - tuyg`ular darajasi, siyosiy subyektlar xulq-atvori va faoliyati namunalarining bosh ko`rsatkichi, mamlakat, sinf, millat, ijtimoiy guruh siyosiy turmush tarzining umumiy ta'rifidir.4Siyosiy madaniyat butun inson madaniyatining o'ziga xos tarkibiy qismi sifatida uni boshqa madaniyat turlaridan ajratib turadigan muayyan tarkibiy elementlarni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, siyosiy madaniyatni siyosiy psixologiya, siyosiy ongga bo'lish mumkin, mafkuraviy komponent va boshqalar. Birinchisi, insonning siyosatga bo'lgan hissiy munosabatini, normalar va qadriyatlarning muayyan tizimini, uning siyosiy xatti-harakatlariga ta'sir qiluvchi nuqtai nazarni o'z ichiga oladi. Siyosiy ong esa siyosiy madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi, shuning bilan bir qatorda asosiy namoyon bo`lish nuqtasidir. Ushbu mezonlarga qarab, turli siyosiy madaniyat vakillari xulq-atvor normalari va qoidalar, siyosiy qarashlarning tegishli stereotiplarini5 rivojlantiradilar. Umuman olganda, siyosiy madaniyatni uch darajaga bo'lish mumkin: bilim, axloqiy va xulq-atvor. Ushbu darajalarning har biri siyosiy madaniyatning tarkibiy qismlarini o'z ichiga oladi. Shunday qilib, bilim doirasida huquqiy bilim, tajriba, siyosiy ong va fikrlash farqlanadi . Axloqiy darajada ma'lum bir madaniyat vakillari uchun siyosiy qadriyatlar, me'yorlar, urf-odatlar, va umumiy yo'nalishlar mavjud. Xulq-atvor darajasida to'g'ridan-to'g'ri siyosiy xatti-harakatlar , shuningdek, unga ta'sir qiladigan barcha narsalar: motivlar, munosabatlar va boshqalarni kiritish mumkin. Davlat siyosiy madaniyatning yuksalishidan manfaatdordir. Davlat organlari aholi siyosiy madaniyatini o’rganib chiqishi va shu asnoda qaror qabul qilish kerak, shundagina huquqiy-normativ hujjatning ijrosi yuqori darajada ta`minlanadi. G.Almond va S.Verbaning “Fuqarolar madaniyati” asarida siyosiymadniyatni uch “sof” turga ajratgan:



  1. Siyosiy madaniyatning patriarxal turi - unchalik rivojlanmagan ma'naviy madaniyati va qadriyatlarga ega bo`lmagan xalqlarga xos bo`lib, ushbu tur vakillarining siyosiy faollik holati deyarli bo'lmaydi, ular siyosiy qadriyatlar, siyosiy normalar va institutlarga qiziqmaydilar.

  2. Tobelik siyosiy madaniyati - siyosiy institutlarning ahamiyati katta, fuqarolarning faolligi esa past boʻlgan siyosiy madaniyat. Passiv siyosiy xulq-atvor, hukmron rasmiy qadriyatlar va normalarga tayanish, bu qadriyatlarni mustaqil tushunishga intilishning yoʻqligi bunday madaniyatning asosiy belgilaridandir.

  3. Faol siyosiy madaniyat turi - uning xususiyati shundaki, fuqarolar jamiyat siyosiy hayotiga faol ravishda shaxsan ishtirok etadilar. Bu ishtirokchilik fuqarolarning siyosiy jihatdan savodxonligi va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga o`z ishtiroki bilan ta'sir ko`rsata olishiga bo'lgan ishonchiga asoslanadi.6

Siyosiy madaniyatdagi muommolardan biri “sof” siyosiy madaniyat turlari mavjud emasligi hamda ularnig aralash holda namoyon bo’lishidir.

Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling