1. 100 foiz bajarilishi talab etiladigan rejaga qat’iy rioya etish.
Rejalaringizning aynan qaysi biri 100 foiz qoidasini qo‘llashni talab qilishini anglab yetishingiz kerak. Asosan bunday masala kundalik rejalarda namoyon bo‘ladi. Bunday rejalarni, odatda, nisbatan osonroq uddalash mumkin.Kishi o‘z oldiga qanday maqsadni qo‘yganidan kelib chiqib, kunlik rejani amalgaoshirishga ongli ravishda kirishishi lozim. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, 100 foiz qoidasini qo‘llash bu –atrofdagi qolgan barcha narsalardan voz kechish, degani emas.
2. 100 foiz qoidasi ish berishiga ongli ravishda imkon yaratish.
100 foiz qoidasini qo‘llab, aynan qaysi maqsadga erishish kerakligini aniqlab olish va inson ularni amalga oshirishga ongli ravishda oqilona yondashishi zarur. Ya’ni shaxs kichik rejalarni amalga oshirish yo‘llari va istiqbollarini aniq ishlab chiqishi lozim. Masalan, sizning maqsadingiz – kitob yozish. Agar kitob yozishni tezroq tugatmoqchi bo‘lsangiz, o‘z oldingizga har kuni bir sahifadan matn yozishni maqsad qilib qo‘ying. Shunda hafta oxirida 7 sahifalik matn tayyor bo‘ladi. Agar mazkur 7 sahifani yakshanba kuni birato‘la yozishni maqsad qilsangiz, bir kunlik mehnat yuklamangizni keskin oshirib yuborish tufayli uni to‘liq amalga oshirish imkonsiz bo‘lib qoladi. Ko‘p yoki kam yozish haqida o‘ylamaslik mumkin. Shunchaki, ishga kirishish va rejaga muvofiq belgilangan sahifani yozish, undan kam ham emas, ko‘p ham emas – rejaga ko‘ra 100 foiz amalga oshirish tez orada o‘zining samarasini bermay qolmaydi. Eng asosiysi – to‘xtab qolmaslik. Biror bir sohada muvaffaqiyatga erishgan omadli kishilar ishga o‘zlarini to‘liq bag‘ishlaganliklari uchun ham o‘sha natijalarni qo‘lga kiritishgan. Shu bois 100 foiz qoidasi natija berayotganini seza boshlasangiz, uni yo‘qotmaslikka harakat qiling va qoidani qo‘llashda davom eting.
3. 100 foiz qoidasini qo‘llashda inson o‘zi bilan“savdolashmasligi” shart!
100 foiz qoidasi shaxsni kundalik rejalari asosida katta maqsadlarni amalga oshirishda o‘z-o‘zi bilan “savdolashish” imkoniyatidan mahrum etadi. Boshqacha aytganda, inson ichki “meni” bilan kelishishgaurinmasdan, ortiqcha xayollarga ham berilmasdan bugungi ishni ertaga qoldirmasligi shart. Masalan, til o‘rganish maqsadida yodlanishi zarur bo‘lgan kundalik so‘zlar miqdorini belgiladingiz. Lekin bir kuni vaqt topa olmay, shu kun uchun rejalashtirilgan so‘zlarni ertaga yodlashga so‘z berdingiz.100% qoidasiga ko’ra esa bu mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |