Savol va topshiriqlar


Download 9.23 Kb.
Sana25.11.2020
Hajmi9.23 Kb.
#151700
Bog'liq
2-mavzu. savol va topshiriqla.r 05e9cddd590cfdacb7511bf58e66c196


Savol va topshiriqlar:

  1. Rukn nima?

  2. Bahr nima?

  3. Aruz tizimida nеchta bahr mavjud va ularning qaysilari turkiy adabiyotda kеng qo‘llanadi?

  4. Vaznlarni qanday qoida asosida nomlaymiz?

  5. Mahzuf so‘zining ma’nosi nima va u misraning qaysi ruknida qo‘llaniladi?

  6. Solim so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

  7. Quyidagi baytning taqtiyini aniqlang:

Manga nе manzil-u ma’vo ayon, nе xonumon paydo,

jonimdin asar zohir, nе ko‘nglumdin nishon paydo (Navoiy).

  1. «Vasl» hodisasini tushuntirib bеring.

  2. Vasl hodisasi bayt vaznini aniqlashda qanday ahamiyatga ega?

  3. Imola nima?

  4. Taslim istilohiga izoh bering.

  5. Quyidagi baytlarning vaznini aniqlang:

  • Ulki derlar, jumlayi olamda g‘olib husn erur,

Muntahoi vosili matlub-u tolib husn erur (Atoyi)

  • Husn ichinda bir seningtek dilrabo bo‘lg‘aymu hech?

Ishq eliga dog‘i mentek mubtalo bo‘lg‘aymu hech? (Gadoyi)

  • Sening usruk ko‘zungga ne xabar bor?

Kim ondin aql-u jong‘a ko‘p xatar bor (Lutgiy)

  • Ishq dardi xasta jonimdin dame kam bo‘lmasun,

Resha jonimg‘a ham andin o‘zga marham bo‘lmasun. (Hofiz Xorazmiy)

Chehra ochkim, ko‘rmak istar diydai giryon seni (Alisher Navoiy)

  • Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,

Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim (Bobur)
Download 9.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling