‘’O`tkan kunlar’’ va ‘’Kecha va Kunduz’’ asari tahlili Mualliflarning qisqacha ijodiy biografiyasi - Abdulla Qodiriy(taxalluslari-Qodiriy,Julqunboy)(1894-1938) Toshkentda bog`bon oilasida tug`ilgan.xx asr yangi o`zbek adabiyotining ulkan namoyondasi o`zbek romanchiligining asoschisi.Asarlari ‘’To`y’’,’’Ahvolimiz’’,’’Millatimga’’ ’’Fikr aylagil’’ she`rlari ‘’Baxtsiz kuyov’’dramasi,’’Juvonboz’’va ‘’Uloqda’’hikoyasi ‘’O`tkan kunlar’’va ‘’Mehrobdan chayon’’ romanlari bor.
- Adibning ijodi 1913-1914-yillardan boshlangan bo‘lib, u avval «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Cho‘lpon (Tong yulduzi) taxallusi bilan ijod qila boshladi. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida o‘z xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shdi. Uning dastlabki asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» kabi mahalliy ro‘znomalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan «Sho‘ro» nomli oynomada ham nashr etiladi. Xususan, Cho‘lponning «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Turkiston» hamda «Buxoro axbori» kabi ro‘znomalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi.
‘’O`tkan kunlar’’ asari haqida - „Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |