Savol va vazifalar Adabiy asar mazmuni nima? Shakli-chi? Adabiy asar


Download 25.32 Kb.
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi25.32 Kb.
#1644773
1   2   3   4
Bog'liq
adabiyot 4

CHIMYON ESDALIKLARI
Tog‘da yurar ohu bir juvon,
Sochimni taraydi shabboda.
Menga bugun yaqindir osmon,
Bulutlardan teppamda poda.
Qashqa tog‘ning yarqirar qori,
Yonbag‘irda хuddi chumoli –
O‘rmalayman va borgan sari
Ochiladi bu holning foli:
Bunda gulning eng asllari,
Baxmal gilam, alvon poyandoz,
Tabiatning bor fasllari:
Bahor va yoz qarshimda peshvoz.
Qoyalarda asrlik doston,
Daralarda oppoq, mangu qor.
Cho‘qqilarda otash saraton,
Yonbag‘irlar binafsha bahor.
Go‘zallikda tuganmas buloq,
Shamolda o‘ynaydi shalola.
Bahor yurar ko‘chib tog‘ma-tog‘,
Qo‘llarida lola piyola.
Yo‘llarimda zangori ko‘llar
Oyna kabi tiniq va bejon.
Men umrimda ko‘rmagan gullar...
Nom qo‘yishda ojizdir inson.
Bu go‘zaldir, bu ajab bir hol,
Ham vahshiydir hamda osuda.
Bo‘lmasinmi shoir tili lol,
Shamol uchib o‘ynasa suvda?
Bolaligim tutdi va bir bor,
Buloq uzra yotdim uzalib
Va san’atga bermasdan ozor,
Hovuch-hovuch suv ichdim qonib.
«CHIMYON ESDALIKLARI» SHE’RI HAQIDA
Chimyonga chiqqan shoir ushbu she’rida tog‘ manzara-
sini xuddi rassomdek chizib beradi. Tog‘ga chiqqan odam-
ga osmon yaqin kelgandek, tunda pokiza osmonga qo‘lini 
cho‘zsa, yulduzlarga ham yetadigandek tuyuladi. Osmonga 
qarasangiz, qudratli qo‘llar bulutlardan turli shakllar yasaydi. 
Ayniqsa, yozning jaziramasida ham tog‘ daralarida uzoqdan 
oppoq yo‘l-yo‘l chiziqlar ko‘rinadi. Ha, ular qishda yog‘gan 
qorlar. Shunda siz bir vaqtning o‘zida ham yoz, ham qish
barq urib ochilgan gullardan esa bahor tarovatidan bahramand 
bo‘lasiz. Shuning uchun ham shoir «Bahor va yoz qarshimda 
peshvoz» deb ta’kidlaydi. Shu zaylda shoirning ko‘z oldida 
tabiatning bor fasllari bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladi. 
Shulardan zavq 
lanadi. Odatda, shoirlarga bahor fasli ko‘proq 
ilhom beradi. Bahor go‘zalligi shoir so‘ziga, iste’dodiga qanot 
bag‘ishlaydi va natijada: 
Bahor ko‘chib yurar tog‘ma-tog‘,
Qo‘llarida lola piyola, 
kabi hech kimning xayoliga kelmaydigan misralarni yozadi. 
Bu piyola 
larni esa shoir misli bahorning qo‘lida turgandek 
ta’riflaydi. Tog‘ lolaqizg‘aldoqlar bilan bezangan. Shoir yura- 
yura yo‘lida ko‘llarga duch keladi. Bu ko‘llarni esa tosh-
oynaga o‘xshatadi. Ha, balki bu toshoynalarda har bir fasl 
o‘z aksini ko‘rsatar. Tog‘ tepasida turgan odamning ko‘ziga 
bir olam narsalar ko‘rinadi. Oyog‘i ostiga qaraydi. Poyida 
turli-tuman o‘simlik va gullar yastanib yotibdi. Shoir ular-
ning ko‘pchiligini biladi. Ammo ayrimlariga aslo duch kel-
gan emas, shuning uchun ularga nom qo‘yishdan ham ojiz. 
Ko‘rinib turgan tabiat manzarasi ziddiyatli: vahshiy va osuda. 
Shoir hayron, shoirning tili lol. Shunda u tabiat qoshida ba-
misoli beg‘ubor bolaga aylanadi:
Bolaligim tutdi va bir bor,
Buloq uzra yotdim uzanib
Va san’atga bermasdan ozor,
Hovuch-hovuch suv ichdim qonib.
Shoir tabiatga yaqinlashadi. Uning lirik qahramoni san’at-
ning, go‘zallikning qadriga yetadi. Ko‘z oldida namoyon 
bo‘lgan tengsiz san’at asari – tabiat go‘zalligi poymol bo‘l-
masligini istaydi. Bunday vaziyatlarda shoirlarning naqadar 
tabiatga oshufta, qalblari go‘zallikka qanchalar oshno ekanini 
idrok qilish lozim bo‘ladi.
G‘AZAL
Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idin tomgan ki, go‘yo qatra bol bo‘lsam.
Butog‘ingga qo‘nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O‘pib g‘unchangni ochmoqliqqa tong chog‘i shamol bo‘lsam.
Bo‘yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag‘riq,
O‘zimning san’atimga so‘ng o‘zim hayratda lol bo‘lsam.
Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg‘iz,
O‘zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo‘lsam.
Agar bog‘ingda gul bo‘lmoq mening-chun noravo bo‘lsa,
Ki ming bor roziman qasringga, hattokim duvol bo‘lsam.

Boshim hech chiqmasa, mayli, malomat birla bo‘htondin,


Raqiblar rashkiga ko‘krak keray, mayli, qamol bo‘lsam.
Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo‘lingga, mayli, uvol bo‘lsam.
Download 25.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling