4. Dialog va monologlarga yangi misollar toping, yodlang, mashq daftaringizga qayd eting.
Dialog (yunoncha: dialogos — suhbat) — nutq turi; ikki yoki undan ortiq shaxsning bir-biriga qaratilgan nutqi. Dramada harakterlar va voqealar rivojini ifodalashning asosiy vositasi; nasrda (baʼzan nazmda) badiiy ifoda usuli. Mas, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida Hisrav bilan Farhod toʻqnashuvini Dialog vositasida taʼsirli qilib tasvirlaydi. Dialog mustaqil publitsistik va falsafiy janr hamdir.
Monolog (mono... va yun. logos — soʻz, nutq) — badiiy asar komponentlaridan biri boʻlib, asarda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz-oʻziga, oʻzgalarga qaratilgan nutqi. Adabiyotda monolog personajlar ruhiy dunyosi, kechinmalarini ifodalashdagi muhim vositalardan biri sifatida qoʻllanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |