Savollar: Byudjet ijrosida g’aznachilik tizimining zaruriyati nimada? G’aznachilikning xususiyatlaridan qaysi biri asosiy hisoblanadi? Davlat moliyasining soha va bo’g’inlari qaysilar? Byudjet ijrosi necha turga bo’linadi?
Download 60.5 Kb.
|
Mallayev Adham g'aznachilik
3. Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
Hozirgi vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U takror ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlashda yetakchi vosita hisoblanadi. Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo’g’ini – davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda.
- tegishli byudjetlarda jamlangan mablag’larni byudjetdan mablag’ oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o’tkazish. Davlat byudjeti ijrosini g’aznachilik mexanizmlariga o’tkazishning quyidagi afzalliklari mavjud :
qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash; tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish; taqsimlovchilar tomonidan suiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish; byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish; g’aznachilikning bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida byudjet mablag’larini tezkor ishlatish. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling