O`yinning tavsifi. Hakam yoki o`qituvchining xushtagiga binoan har bir bola belgilangan har bir metrga yugurib borib toshni yoki koptokni qo`yib, o`z joyiga qaytib olib keladi. Oxirgi o`yinchi toshini olib borib qaytgandan so`ng yana biri o`z toshini yugurib borib qaytib olib keladi. Qaysi komanda birinchi bo`lib o`z koptokchalarini terib olib kelsa, o`sha komanda g‗olib deb hisoblanadi.
Qoidalar: chiziqdan chiqish, koptokchani boshqa o`yinchilarga uzatish, oldindan start chizig‗idan chiqish man etiladi.
Pedagogik ahamiyati. O`yinda tezkorlik reaksiyasini, aniq mo`jjalga olish, harakatlarni o`ziga mosligini, tez fikirlashni o`rgatadi. CHunki o`yinni komandali bo`lganligi uchun jismoniy xis qilishni rivojlantiradi.O`yin o`ziga xos harakati koptokni doiraga aniq qo`yish va olib kelish.
«CHO`PON» YOKI «PODACHI»
O`yinga tayyorlash. O`yin sport maydonida yoki zalda o`tkazish mumkin. O`yinni boshlash oldidan to`pni otish joyi belgilanadi-chiziladi. To`pni otish chizig‗idan 25-30 metr uzoqlikda marra belgilanadi. Ikki komanda ishtirokchilari otish joyida qolish uchun qur‘a tashlaydilar. Otish joydan qolgan o`yinchilarga qarshi komanda maydonga chiqib joylashadi, ulardan bir o`yinchi koptok tashlab beradi. Otish joyidan o`yinchi koptokni tashlab beradi.
O`yin tavsifi. Otish joyidan o`yinchi koptokni uzoqqa urishi lozim, agar koptok uzoqroqqa ketsa, tezda yugurib chiqib marraga borib, joyiga qarab kelishi kerak. Koptok uzoqqa ketsa, o`yinchi doira uy ichiga qarab dam olib turadi. Himoyachilar urilgan koptokni tepadan yoki erdan ilib olsa, marraga yugirgan o`yinchi uradi, koptok tegsa, himoyachilar otish chizig‗iga yuguradilar. Koptok tekkan o`yinchi darxol koptokni tutib olib, himoyachilardan biriga otadi. Bbu holda ular ham otish chizig‗iga yuguradilar, ya`ni yana joy almashadilar. Shunday qilib, o`yinchilar kaysi bir kamandadan bo`lmasin, ketma-ket koptokni tegdirmasdan o`yinni muvaffaqiyatli tugadsa, o`sha komanda g‗olib chikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |