"DURRA"O`YINI
O`yinga tayyorlanish. O`yinni boshlang‗ich sinf o`quvchilari o`ynaydilar. O`yinchilar doira hosil qilib cho`qqayib o`tiradilar. Bir o`yinchi (boshlovchi) durrani qo`liga o`ragan holda ushlab turadi.
O`yin tavsifi. O`qituvchi signal berishi bilan o`yinchilar boshlarini tizzaga qo`yib ko`zlarini yumadilar. Shunda durrachi o`yinchi qo`lidagi durra bilan doira chetida aylanib yurib, bildirmasdan birorta o`yinchining orqa tomoniga qo`yadi va Yurishni davom ettiradi. O`yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo`yilgan o`quvchi durrani oladi va boshlovchini doira cheti bo`ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doirani aylanib kechib quvayotgan o`quvchining joyiga o`tirib olishi kerak. Agar boshlovchi o`tirishga ulgurmasdan quvayotgan o`yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o`yinchini quvadi. U ham o`zini joyiga o`tarib olishga harakat qiladi. O`tirib olmasa o`zi boshlovchi bo`lib qoladi. O`yin qaytadan boshla-nadi. O`yinning qachon tugashi belgilanmaydi. O`yinni 3- 6 daqiqagacha davom ettirish mumkin.
O`yin qoidalari. 1 O`rinsiz qolgan o`yinchi onaboshi bo`ladi. 2. Durra tutgan o`yinchi onaboshini ushlab olsa o`rinlarini almashadi.
Pedagogik ahamiyati. O`yinda barcha o`yinchilarni diqqat e‘tiborini, sezgilarini topqirligini harakat malakalarini tarbiyalaydi. Shu bilan birga chaqqonlik, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. O`yinni o`ziga xos harakatlari yugurish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |