Savollar: Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi


Download 201.18 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi201.18 Kb.
#1558023
1   2
Bog'liq
WbrjKLTTrYRRQbIcfm0 180vfKpG6EDu

Additiv model natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik qo‘shuv bilan ifodalanganda qo‘llaniladi. Masalan, “U” natija bir qancha omillar (Xb X2, ..., Xn) yig‘indisidan iborat, deb faraz qilamiz. U holda additiv modelning ko‘rinishi quyidagicha bo'ladi:
¥ = ^ Х 1 = Х \ + Х 2 + ХЪ + ... + Хп i=i
Bunda: £ - yig‘indi belgisi;
i - omillaming tartib soni;
(i= 1, n ) - omillaming umumiy soni;
Xi-i - omilning nomi.
Ushbu model amaliyotda juda qo‘p qo‘llaniladi. Masalan, aksiyadorlik jamiyatlariga qarashli korxonalar ishlab chiqargan tovar mahsulotlarining hajmi, ularda band bo‘lgan ishchi va xizmatchilaming umumiy ro‘yxatdagi soni va h.k. Faraz qilamiz: ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyatiga 10 ta kichik korxona qaraydi. Ulaming har biri har xil hajmda mahsulot ishlab chiqargan.
Multiplikativ model ham tahlilda keng qo‘llaniladi. Bu model riatija bilan omil o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘paytirish bilan ifodalanganda qo‘llaniladi. Masalan, “U” natija bir qancha omillar (Xi, X2, ..., Xn) ko‘paytmasidan iborat, deb faraz qilamiz. U holda multiplikativ modelning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Y = Y \ X i = X \ * X 2 * X 3 * . . . * X n (i =hn) i—1
Bunda: П - ko‘paytirish belgisi;
i - omillaming tartib soni;
(i= 1, n ) - omillaming umumiy soni;
X i-i - omilning nomi.
Ushbu model ham tahlilda keng qo‘llaniladi, chunki juda ko‘p natija amaliyotda omilning ko‘paytmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, tovar oborotining hajmiga ta’sir qiluvchi moddiy-texnika bazasi bilan bog‘liq omillami olaylik. Unga savdo shaxobchalarining soni(Sh), har bir savdo shahobchasiga to‘g‘ri keladigan savdo maydoni (Msh), har bir kv. M. Savdo maydoniga to‘g‘ri keladigan tovar oboroti (TM) ta’sir qiladi.
Kasrli model ham tahlilda keng qo‘llaniladigan modellardan hisoblanadi. U asosan natija hamda omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan ifodalanganda qo'llaniladi. Bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligi tovar oboroti hajmining xodimlarning ro'yxatdagi soniga nisbati bilan aniqlanadi. Rentabellik darajasi foyda summasining tovar oborotiga nisbati bilan aniqlanadi va h.k. Bunday hollarda kasrli model ko‘p xil ko'rinishga ega bo‘ladi:


  1. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy axborot hamda ma’lumotlarini o'rganib, ulami qayta ishlab korxona faoliyatini ilmiy asosda yo‘lga solib turadi. Biroq, iqtisodiy munosabatlarda korxona murakkab tuzilish va faoliyatga ega bo‘lgan obyekt bo‘lganligi uchun, u tahlil vositasida kompleks, tizimli, joriy, tezkor, istiqbolli, mavzuga qaratilgan va shu kabi jihatlar asosida o‘rganiladi. Chunki, har bir yondashuvning obyektni alohida hamda birgalikda o‘rganishda o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Tahlil uchun tanlab olingan muayyan yondashuv belgilangan maqsad va vazifalariga ko‘ra obyektning aniq, ishonchli, keng ko‘lamda hamda ilmiy asosda tadqiq etib, zarur xulosalami beradi. Turli yodashuvlar esa o‘zaro biror-bir tahlil turi bajargan ishlami, aynan qaytarib bera olmaydi yoki bu borada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Demak, korxonalar faoliyatini to‘liq va samarali o‘rganish uchun iqtisodiy tahlilning turlarga ajratish hamda har bir tahlil turini to‘liq o ‘rganish zarur ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilning analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun etarli ma’lumotlami etkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilning turlarga ajratish zaruratining zamirida boshqaruv fiinksiyalari va ulaming murakkabligi yotadi.

Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga, xillarga ega. Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Vaholanki, ular mazmun jihatidan birbiridan farq qiladi.
Iqtisodiy tahlilning turi, deganda ma’lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari, usullari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin, chunki ulaming ikkalasi ham tahlil qiluvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ulaming bir-biridan ma’lum belgilari, shakli, va mazmuni bo‘yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo‘lishidan qat’iy nazar, ularda bir-biriga juda yaqin va o ‘xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qoilanilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Bu tahlilga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq.
Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa u global, lokal va tematik tahlilga bo‘linadi. Bulaming hammasida bir xil usullardan foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko‘radigan bo‘lsak, uni makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullaming majmuasidan kelib ehiqiladi. Maslan, kompleks tahlilda qo‘llaniladigan kompleks baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo‘llanilmaydi. FQTda qo‘llaniladigan usullar omilli tahlilda c|o‘llanilmasligi mumkin va hokazo.
Iqtisodiy tahlil mazmuni bo'yicha uch guruhga bo`linadi: global, lokal va tematik.
Global tahlil deganda xojalik yurituvchi subyektlarning: faoliyatini atroflicha, to'liq, yaxlit holda о ‘rganish tushuniladi.
Lokal tahlil deganda xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatining alohida bir tarkibiy qismini o ‘rganish tushuniladi.
Tematik tahlil deganda xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatini alohida mavzusi bo‘yicha tahlil qilish tushuniladi.
Iqtisodiy tahlil maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, makon va zamonga ko'ra, foydalaniladigan manbaalar, kim tomonidan o‘tkazilishidagi uyg‘unlik va yaxlitlik bo‘yicha turlarga ajratilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Shu jihatdan:
- moliyaviy tahlil;
- boshqaruv tahlili:
- tezkor tahlil;
- joriy tahlil;
- istiqbolli tahlil;
- kompleks tahlil;
- tizimli tahlil;
- funksionai qiymatli tahlil;
- mavzuga oid tahlil;
- staxostik tahlil;
- determinallashgan tahlil;
- marjinal tahlil:
- solishtirma tahlil;
- xo‘jalik faoliyati tahlili;
- texnik-iqtisodiy;
- ijtimoiy-iqtisodiy;
- iqtisodiy-ekologik;
- diognostik tahlil;
- ichki tahlil;
- tashqi tahlil va shu kabilar.
Qayd etib o‘tilgan tahlil turlari korxona faoliyatini о‘rganish va boshqarishda o‘z ahamiyatiga ega.
Download 201.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling