Savollar: Masofaviy ta’lim haqida tushuncha


Masofaviy ta’lim dasturlari va saytlari


Download 160 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi160 Kb.
#190637
1   2
Bog'liq
IAKT FANIDAN YAKUNIY NAZORAT doc.

Masofaviy ta’lim dasturlari va saytlari.

"Masofaviy ta'lim portali"(http://dl.freenet.uz)

http://nuu.uz O`zbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil qilingan kurslar

http://platonus.tfi.uz Toshkent Moliya Instituti masofayiy ta’lim sayti

http://www.bilim.uz, http://www.bilimdon.uz, http://www.ilm.uz, http://www.student.uz, http://www.study.uz va boshqalar
2. Elektron hukumat asoslari.

Elektron hukumat bu fuqoro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog’onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdir. Elektron hukumat so’zi inglizchadan olingan bo’lib Electronic Government – u davlat boshqaruv organlarining o’z funksiyalarini amalga oshirishda axborot komunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishni nazarda tutadi. Elektron hukumatda fuqorolarga va tadbirkorlarga ko’rsatiladigann davlat hizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni fuqoro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki talkif bilan to’g’ridan-to’g’ri elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo’ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to’ldirish va topshirish, zaruruiy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzida shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo’ladi.

Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan. ( shu jumladan O’zbekiston ham).

1. G2G ( Government to government)- Davlat davlatga

2.G2C (Government to citizens)- davlat fuqorolarga

3. G2F (Government to foreigners)- davlat xorijliklarga

4. G2B (Government to business)- davlat biznesga.

1. G2G bunda davlat markaziy va mahalliy hokimyatlari, turli davlat idoralari tashkilotlari o’rtasida hujjatlar aylanishini taminlaydi va doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilarni amalga oshiradi.

2.G2C bunda esa fuqorolar yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali davlat organlariga o’z murojaatlarini amalga oshiradi.

3.G2F bunda davlat va xorijiy shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv huzmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi.

4. G2B mazkur tizimda yuridik shaxslar rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzida amalga oshirish va davlat yig’imlari, to’lovlarini on-layn bajarishlari ham mumkin.

3. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari.



Ma’lumki buxgalteriya sohasi iqtisodning ajralmas bir qismidir. Hozirgi rivojlanayotgan va raqamli iqtisodiyotga o’tayotgan davrda aynan buxgalteriya sohasini ham avtomatlashtirish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish, birlamchi va yig'ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarini o'zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig'ma hisob va hisobotlarni tuzish

Ushbu chuzmada buxgalteriya sohasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yo’lga qo’yilishini ko’rishimiz mumkin.
Moddiy boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga olishni uchta bo'lim mutahassislari amalga oshirmoqdalar: omborlar, hisobxona, moddiy-texnik ta’minot bo'limi. Dasturiy majmua o'z ichiga omborchi (ombor) moduli, hisobxona moduli, moddiy-texnik ta’minot bo'limi modulini birlashtiradi.

Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: "asosiy vositalar hisobi", "moddiy boyliklar hisobi", "mehnat va ish haqi hisobi", "tayyor maxsulotlar hisobi", "moliyaviy hisoblash operatsiyalarni hisobi", "ishlab chiqarish harajatlar hisobi", "yig'ma hisob" va hisoblarni tuzish. Buxgalteriya vazifalarni yechishni avtomatlashtirgan axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish deganda buxgalteriya hujjatlarni tuzish paytida birlamchi ma’lumotlarni yozishdan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlovchi operatsiyalarning yigindisidir. Hozirgi bosqichda temir yo’l transportida buxgalteriya vazifalarni axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda olib boriladi.

Axborot to'plamlarning har xil turlari hisob vazifalarni ishlab chiqarishga asos bo'ladi. 1 chi turdagi birlamchi hujjatlarni yig'ish va ro'yxatga olish bosqich bilan bog'liq. Chunki mahalliy kompyuterdan foydalanishda ularni mashina bilan shakllantirish imkoniyati paydo bo'ladi va ushbu hujjatlarni yaratish jarayeni avtomatlashtiriladi.

2 chi turdagi axborot to'plamlari o'zgaruvchan axborotlarning fayllari, massivlar va shaxsiy kompyuter xotirasidagi shartli doimiy axborotlar bazasi. Shartli-doimiy axborotlar fayllari loyihasini tadbiq etishda bir marta bazaga kiritiladi, ko'p marta foydalaniladi va ularga muayyan ravishda kuzatishlar kiritiladi. Bularga har xil ma’lumotnomalar, asosiy vositalar hisobi bo'yicha varaqlar, xodimlarning shaxsiy varaqlari va hokazolar. Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida texnologik jarayonining barcha operatsiyalari hisobi tomonidan uning ish joyidan bajarilayetgandan mazmuni bir o'z o'zgaradi. Barcha operatsiyalarni bajarish jarayonida o'sha vaqtning o'zida monitorda ko'rsatib beriladi

Buxgalteriya avtomatlashtirish ish joyining manbalariga quyidagilar kiradi:

1) "Analitik va sintetik hisobotlarning yagona tizimi;

2) me’yoriy ma’lumotnoma bazasi umumlashtirish tizimi;

3) axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimi;

4) echiladigan vazifalarning o'zaro aloqadorligi;

5) foydalanuvchi xohishiga ko'ra tanlov va reglament rejimidagi to'liq yeki qisman yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish va chiqarish;

6) Texnologik jarayenining har bir bosqichda ma’lumotlarning xaqqoniyligini nazorat qilinishi..­


Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling