Savollar:
1.O’zbekiston mustaqilligini birinchi bo’lib qaysi davlat tan olgan?
2. O’zbekiston qachon BMT ga a’zo bo’lgan?
3.O’zbekistonda birinchi bo’lib qaysi davlat elchixonasini ochgan?
4.O’zbekiston birinchi bo’lib qaysi shaxarda elchixonasini ochgan?
5.Sh.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo’lgach qaysi davlatga tashrif buyurgan?
6.O’zbekiston qachon YUNESKOga a’zo bo’lgan?
Javoblar:
1. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bo’lib Turkiya davlati tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi.
2. O’zbekiston Respublikasi o’zining xohish–irodasi va taklifiga ko’ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a'zosi bo’ldi.
3. O’zbekistonda birinchi bo’lib AQSH davlatining elchixonasi ochilgan.
4. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.
5 . Sh M.Miromonovich O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bo’lgach ilk marotaba Turkmaniston Respublikasiga tashrif buyurgan.
6 .O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta'lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993–yil 29–oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YUNESKOga a'zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. o’sha kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994–yil oktabrida Parijda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta obyekt bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |