Savollar: Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari qanday?


Download 99.17 Kb.
bet13/18
Sana03.02.2023
Hajmi99.17 Kb.
#1149126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
kompyuterni tashkil etish

BILET 17
1. Tizimli blokning asosiy ichki qism qurilmalari haqida ma’lumot bering.
2. Tizimli platalar va ularning tuzilishi
3. Kompyuterning qo`shimcha qurilmasi - modemlar vazifalari va turlari
1 Tizimli blok bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, qattiq disk yoki vinchester,tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adapterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu tizimli blokga hamma tashqi qurilmalar bog`lanadi va u ularning ishini ta’minlaydi.
Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Tizimli plata; 2. Diskyurituvchi; 3. Qattiq disk (vinchestr); 4. Tok manbai bloki. Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, chunonchi: u markaziy protsessor; u tezkor xotira mikrosxemalari; u doimiy xotira qurilmasi; u taymer (joylashtirilgan soatlar); u kengaytirish tutashmalari va boshqalar. Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir.
2.Tizimli plata kompyuterning asosidir, unda asosiy elektron unsur (element)lar: bazaviy mikroprotsessor, tezkor xotira, kvars rezonator va boshqa mikrosxemalar joylashgan. Tizimli plata kompyuterning asosidir, unda asosiy elektron unsur (element)lar: bazaviy mikroprotsessor, tezkor xotira, kvars rezonator va boshqa mikrosxemalar joylashgan.
Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester) joylashgan. Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin emas? degan savol tug’ilishi mumkin. Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga to’liq bog’liq, doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi
3. Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganida, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo`ladi. Axborot qurilmaga kirishda modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog`i ish chastotasi diapazoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat.

Download 99.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling