Savollar she’rning muallifi va nomi. She’rning yaratilishi tarixi: qachon yozilgan, nima sababdan, muallif kimga bag’ishlagan. She’rning janri va vazni
Download 14.91 Kb.
|
ОРАЛИҚ НАЗОРАТ УЧУН НАМУНА!
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAVOBLAR ONAM FON HELDERN B.HAYNEGA Haynrix Hayne
- Xayriddin Sultonov tarjimalari
O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI JAHON ADABIYOTI
Guruh: XT-1931 Talaba: Davlatboyeva Rayhon Tekshirdi: TOSHKENT 2023 SAVOLLAR 1.She’rning muallifi va nomi. 2.She’rning yaratilishi tarixi: qachon yozilgan, nima sababdan, muallif kimga bag’ishlagan. 3.She’rning janri va vazni. 4. She’rning mavzusi va g’oyasi 5. She’rda mavjud badiiy tasvir vositalari (g’azal bo’lsa she’riy sa’natlar) 6.She’r haqidagi shaxsiy mulohazalarim JAVOBLAR ONAM FON HELDERN B.HAYNEGA Haynrix HayneBoshimni tutaman doimo mag'rur, Hech qahcon yengilmas o'jar idrokim. Qirolning qoshida turib hattokim, Ko'zimni men yerga olmayman bir qur. Men yana, onajon, ta'kidlay masrur, Bo'y egmam hech kimga tirikman tokim! Va lekin qoshingda jilmaygancha jim, Bosh egib turibman doimo maxmur. Ul sening ruhingmi keladi g'olib? Ul sening ruhingmi g'ulg'ula solib, Yoritar qalbimni chaqin misoli? Boshimni egaman doim, ehtimol, Keltirganim uchun senga ko'p malol, Kechirganing uchun barini darhol. Xayriddin Sultonov tarjimalari 2. XIX asr nemis adabiyotining yirik vakili, samimiy ko‘ngil she’riyatiga siyosiy hajviy tanqidni ustalik bilan qo‘sha olgan haqgo‘y shoir Haynrix Hayne 1797- yilning 13- dekabrida Olmoniyaning(Germaniyaning) Dyusseldorf shahrida savdogar yahudiy oilasida tug‘ilgan. Haynening yuqorida ko’rsatilgan onasiga bag’ishlov she’ri uning 1827-yilda chop etilgan ‘’Qo’shiqlar kitobi ‘’ nomli lirik she’rlar to’plamiga kiradi. Bu she’r ijodkorning onasi Fon Heldrenga bag’ishlab yozilgan. 3. 3. Bu she’r 4 bandlik murabba’ janrida yozilgan. She’rning vazni esa barmaoq vaznida sodda shaklda yozilgan: Boshimni tutaman doimo mag'rur, =11 Hech qahcon yengilmas o'jar idrokim. =11 Qirolning qoshida turib hattokim, =11 Ko'zimni men yerga olmayman bir qur. =11 4. Ushbu she’r ijodkorning onasi bag’ishlov she’ri bo’lib juda go’zal uslubda bitilgan bundan tashqari ushbu she’rning o’zimizning ona tilimizdagi tarjimasi ham bag’oyatda ajoyib chiqqanligi tufayli har qanday she’rxonni diqqatini darrov jalb qila oladi. 5. Bu she’rda shoir tajnis, talmeh, nido va tashxis san’atlarining qo’llanishiga yaqqol misol ko’rishimiz mumkin. 6. Ushbu she’rni tanlashimning asosiy sabablaridan biri ona madhidir chunkishoir o’zining o’jarligi onasini oldida esa xuddi yosh bola kabibo’lib qolishi menga xuddi o’z holatimni tasvirlaganday tuyiladi. Bu she’r menga o’zining qisqa shaklida keng ma’noni o’z ichiga olishi bilan juda yoqadi. Men bu she’rni nemis adabiyotida o’z va alohida o’rniga ega deb hisoblayman. Bu she’rdagi qofiya bilan birgalikda she’rga qanday kirib qolganingizni-ku qanday she’r tugab qolganini bilmay qolasiz. Download 14.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling