2.Fizik singdirish va uning ahamiyati.
Tuproqning mayda dispers (kolloid) zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentrasiyasi oshirilishiga fizikaviy singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproqdagi mayda zarrachalarning yuza energiyasi ta'sirida turli gaz vа suv bug'lari, mikroorganizmlar vа organik moddalar fizik уо'l bilan singdiriladi hamda ularni tuproqdan yuvilib ketishdan saqlaydi. Fizikayiy singdirishda adsorbilanish ya'ni kolloidlar yuzasida moddalar konsentrasiyasining ko'payishi yuz berganidan, bu singdirishga molekulyar singdirish yoki adsorbilanish deb ham yuritiladi. Fizikayiy singdirish tuproqning mexanik vа mineral tarkibiga, gumus miqdoriga bog'liq. Mexanik zarrachalar qancha1ik mayda vа gumus ko'p bo'lsa adsorbilanish xususiyati shuncha yuqori bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |