4. Korrupsiya tahdidi va unga qarshi kurash haqidagi fikrlaringizni izohlab bering?
Korrupsiya oddiy xalq vakillarining yuqori amaldorlarga yoxud davlat amaldorlarining oʻzaro bir-birlariga boʻlgan munosabatidan kelib chiqadi. Bu salbiy holatning har qanday koʻrinishi jamiyatni halokat yoqasiga olib borishi muqarrardir
Korrupsiya (lot. Corruptio — buzish, sotib olish) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va qonun-qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Korrupsiya balosi dunyoning istalgan joyida avj olgan eng katta muammolardan biridir. Korrupsiya - iqlim oʻzgarishi, qashshoqlik, ochlik, ishsizlik va oziq-ovqat, yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi kabi dunyo muammolarini ortda qoldirib, hammaning dardiga aylangan
Shu sababdan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika komissiyasining tashkil etilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan boʻldi.
Korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga qarshi kurashishni biz, eng avvalo, oʻzimizdan boshlashimiz darkor. Buning uchun esa shaxsning huquqiy ong va huquqiy madaniyati yetarli darajada shakllangan boʻlishi kerak.
5. Mafkuraviy immunitet – ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish omili ekanligini tushuntirib bering?
Immunitet tibbiyotda organizmning o'zini zararli ta'sirlardan himoya qilishga qodirligini, tananing turli yuqumli kasalliklarga berilmaslik xususiyatini anglatadi. Inson organizmining ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda, mafkuraviy immunitet har bir avlod uchun o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Hozirgi davrda inson hayotida axborot va bilimlar xilma-xilligining o'rni va ahamiyati yanada oshgan. Bilimlar mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanadi. Ammo bilimlar ko'p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan “bilim” larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob'ektiv bo'lishi, voqelikni to'g'ri va to'liq aks ettirishi, inson ma'naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.
Bugungi kunda,
Do'stlaringiz bilan baham: |