Savollarga javob: O‘zbek dialektologiyasining maqsadi nimаlardan iborat? Javob
Download 24.75 Kb.
|
Dialektalogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O‘zbek dialektologiyasining vazifasi nimаlаrdan iborat Javob
- 3.O‘zbek diаlektоlоgiyasi fаni qаysi fаnlаr bilаn o‘zаrо bоg‘lаngаn Javob
- 4.O‘zbek shevаshunosligining nazariy va amaliy ahamiyati Javob
- 5.Tasviriy dialektologiya nima Javob
- 7.Shevа deb nimаgа аtаlаdi Javob
- 9.Lаhjа deb nimаgа аytilаdi Javob
- 10.O‘zbek shevаlаrining murаkkаb tаrkibi qаysi оmillаr bilаn bоg‘lаngаn Javob
- 11.O‘zbek shevаlаri qаysi metоdlаr bilаn o‘rgаnilаdi Javob
Savollarga javob: 1. O‘zbek dialektologiyasining maqsadi nimаlardan iborat? Javob: Dialektologiya fani tilshunoslikning alohida bo`limi bo`lib, u birorta milliy til tarkibidagi mahalliy lahja va shevalarning o`ziga xos muhim xususiyatlarini o`rganadi. Dialektologiya yunoncha dialektos so`zidan olingan bo`lib, sheva ma’nosini bildiradi. Dialektologiyani shevashunoslik deb ham yuritiladi. Sheva forschada so`zlashish, ovoz, odat; shunos esa bilish, o`rganish demakdir. Sheva- biror tilning o`ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo`lgan eng kichik qismi; lahja esa shu xususiyatlarni o`zida birlashtiruvchi shevalar yig`indisidir. Dialekt atamasi dialektologik adabiyotlarda ko`pincha lahja ma’nosida, ba’zan sheva ma’nosida ham qo`llanadi. Ammo ko`proq lahja ma’nosida qo`llangani ma’lum. Masalan, qirq, saroy, g`allaorol, baxmal, ming, nayman kabi shevalar birlashib, o`zbek tilining qipchoq dialektini yoki lahjasini tashkil qiladi. 2. O‘zbek dialektologiyasining vazifasi nimаlаrdan iborat? Javob: O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek shevalarini o‘rganadigan fandir. Dialektologiya so‘zi grek tilidan olingan bo'lib, shevalar, dialektlar va lahjalar to'grisidagi bilim degan ma’noni bildiradi. O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini, uning shakllanish va tarqalishi chegaralarini o‘rganadi. 3.O‘zbek diаlektоlоgiyasi fаni qаysi fаnlаr bilаn o‘zаrо bоg‘lаngаn? Javob: O‘zbek diakktotogiyasi ttlishunoslik fanlaridan biri sdfatida, avvalo, «Hozirgi o’zbek tili»» fani nazariy asoslariga tayanadi. Shuningdek, ,,Qadimgi turkiy til” «O’zbek tilining tarixiy grammatikasi”, “O‘zbek adabiy tili tarixi” fanlari uchun ham nazariy, ham amaliy asos vazifasini bajaradi. Aksincha, o‘zbek dialektologiyasi bu fanlaming nazariy va amaliy materiallariga asoslanadi. To‘g‘ri, tilshunoslikning bu fanlari o‘quv rejalarida keyingi kurslardani joy olgan, demak, bu fanlar bo‘yicha nazariy, amaliy ma’lumotlami olish o'zbek dialektologiyasi bo‘yicha tegishli mavzularni mustaqil tayyorlash jarayonida, ulardan qo'shimcha ma’lumotlar olish chog‘ida o‘rganib boriladi. O‘zbek dialektologiyasi geografiya fani bilan uzviy aloqador, ya'ni har bir sheva haqida ma’lumot to‘planganda, shu sheva vakillari joylashgan territoriyaning ko'lami, aholining miqdori, shu territoriya iqlimi va boshqa ma'lumotlar ham to‘planadi, ya’ni geografik muhiti ham yoritiladi. Shuningdek, o'zbek dialektologiyasi o‘zbek xalqi tarixi, adabiyoti, etnografiyasi, san’ati fanlarining ma'lumotlariga ham tayanadi va ular uchun boy material beradi. O‘zbek dialektologiyasi o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan fandir. Bu fan bo‘yicha olingan nazariy bilimlar keyingi kurslarda o'tiladigan fanlarga nazariy asos bo'lib xizmat qilsa, ayni zamonda, til va adabiyot o'qituvchilarini o'zbek shevashunosligi bilimlari bilan qurollantirib, o‘z faoliyatida dialektal xatolar ustida ishlash uchun amaliy ahamiyat ham kasb etadi, ya'ni o'quvchilarning yozma va og'zaki nutqida uchraydigan dialektal xatolaming manbalarini belgilab, to‘g‘ri yo‘l tutishiga yordam beradi. 4.O‘zbek shevаshunosligining nazariy va amaliy ahamiyati? Javob: Lahjalar va shevalarni yakka holda o`rganishni istagan har bir shaxs o`zini qiziqtirgan shevani tekshirish asosini tanlab olishi mumkin. Shevashunos tekshiriladigan joyga borib, mahalliy sharoit va aholi bilan tanishadi hamda sheva ustida kuzatish ishlari olib boradi.Shevalarni tekshiruvchilar o`zlarini qiziqtirgan sohalarga alohida e’tibor beradilar va uning o`ziga xos xususiyatlarini yozib olishga kirishadilar. Ishning muddati tadqiqotchining oldiga qo`ygan maqsad va rejasi bilan belgilanadi. Masalan, Mahmud Koshg`ariy o`z ishi uchun 15 yilcha vaqt sarflagani ma’lum. Mahalliy sheva va lahjalarni o`rganishning ikkinchi usuli – bu guruh-guruh bo`lib maxsus ilmiy safar qilish yo`li bilan o`rganish hisoblanadi. Ilmiy safarga chiqishdan oldin uning mas’ul ilmiy xodimlari maxsus tayyorgarlik ishlari olib borishadi. Rahbar joy tanlashdan boshlab, uning yakunigacha bo`lgan davrda tadqiqotchilarning ishlariga doimiy rahbarlik qiladi.Ularga ayrim joylar, ma’lum chegaralar ajratib berila-di. Masalan,biror qishloq yoki shaharga chiqqan vaqtda tadqiqot-chilar 3 - 4 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil eta-dilar.Ularning biri boshliq qilib belgilanadi.Bu guruhlardagi kishilarning biri suhbatni boshqarib boradi, boshqalari esa ma’lumot beruvchi jarayonni talaffuzga ko`ra yozib oladilar. Shevalarni guruh - guruh bo`lib tekshirish yo`li bilan o`rganish boshqa usullarga nisbatan qulay va afzal bo`lib , uni yetakchi usul deb atash mumkin. Mahalliy lahja va shevalarni tekshirishning uchinchi usuli savoljavob yoki anketa usuli deb nomlanadi.Mazkur usulga muvofiq ayrim mutaxassislar tomonidan sheva xususiyatlariga moslab savoljavob shakllari tuziladi va ular turli kishilar tomonidan to`lg`aziladi.Bunday savol-javoblar turli shahar va qishloqlardagi o`qituvchilarga, ayniqsa, til va adabiyot o`qituvchilariga yuboriladi va ulardan ana shu savollarga o`zlarining javoblarini yozib yuborishlari iltimos qilinadi.Javob ilmiy yozuv( transkripsiya) yoki adabiy imlo bilan amalga oshirilgan bo`lishi lozim.Shevashunoslikdan yaxshi xabardor bo`lmagan kishilar ham anketa usuli bilan ish ko`rishlari va shevalarning xususiyatlarini o`rganishga hissa qo`shishlari mumkin.Bu usul sheva haqida umumiy tasavvur hosil qilish maqsadida qo`llaniladi va tadqiqotchi uchun yordamchi material bo`lib xizmat qiladi. Sheva materiallari bir kishi tomonidan yozib olingan bo`lsa, uning o`zi tomonidan ishlanadi va ilmiy yozuv (transkripsiya) bilan ta’minlanadi.Agar bunday materiallar jamoa tomonidan yozib olingan bo`lsa, uning ishlanish jarayoni jamoa tomonidan bajariladi. 5.Tasviriy dialektologiya nima? Javob: Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarga xos fonetik va leksik-grammatik xususiyatlarni qayd qilish bilan chegaralanadi. 6.Tarixiy dialektologiya nima? Javob: Tarixiy dialektologiya esa tilning dialektal xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o`zgarishi, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida boshqa tillarning ishtirokini aniqlash kabilarni ham o`rganadi. Shevalarni o`rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo`q bo`lib ketgan yoki ma’lum darajada o`zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo`lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o`rganish uchun juda ahamiyatlidir. Shuningdek, o`zbek dialektologiyasi ham o`zbek tili tarixini o`rganish, uning ayrim noaniq masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir. Qadimiy o`zbek yozma yodgorliklarining biz uchun noaniq bo`lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi zamon o`zbek shevalarining xususiyatlarini o`rganish bilan (shu sheva materiallari yordamida) aniqlashimiz, to`ldirishimiz mumkin. Dialektlarni o`rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shevalarni o`rganish, o`zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik me’yorlarini belgilash uchun, shuningdek, o`zbek orfografiyasi va orfoepiyasini stabillashtirish uchun ham katta yordam beradi. Shevalarni o`rganish xalq tarixi, etnografiya uchun ham muhimdir. Masalan, shevalarni o`rganish orqali o`tmishdagi urug`-qabilalarning joylashish hududlarini aniqlash, toponimlar, gidronimlar va shu kabi nomlar vositasida xalq tarixining ayrim ko`rinishlarini yaratmoq mumkin bo`ladi. 7.Shevа deb nimаgа аtаlаdi? Javob: Sheva forscha ravish, tarz, yo‘sin degan ma’nolami bildirib, fanda biror tilning o‘ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan kichik territoriyaga oid qismini anglatadi. 8.Diаlekt deb nimаgа аtаlаdi? Javob: Dialekt so‘zi grekcha bo‘lib, sheva degan ma’noni anglatib (aslida qabila tili demakdir), aksariyat til xususiyatlari o'xshash bo‘lgan shevalami birlashtiradi. 9.Lаhjа deb nimаgа аytilаdi? Javob: Lahja arabcha so‘z bo'lib u ham ravish, tarz, yo‘sin, sheva ma'nolarini bildiradi. Dialektologik termin sifatida qadimdan o‘zbek tilining taraqqiyotiga asos bo‘lgan sheva va dialektlamjjng eng yirik to‘dasini anglatadi. 10.O‘zbek shevаlаrining murаkkаb tаrkibi qаysi оmillаr bilаn bоg‘lаngаn? Javob: Prof. E.D.Polivanov “O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili” nomli asarida (1933) o‘tgan asming birinchi choragidayoq o‘zbek tili o‘zining ko‘p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida ma'lumot bergan edi. Keyingi tadqiqotlar buni tasdiqlagan. Uning tub sabablari bir necha omillarga bogMiqdir. Prof. V.V.Reshetov o‘zbek tili dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidirish lozimligini uqtiradi. Tariximizga oid adabiyotlar qadimda turkiy urug‘ va qabilalar miqdori ancha ko‘p bo'lganligi to‘g‘risida xabar beradi. Ular ichida o‘zbek tili va uning shevalari shakllanishida qarluq, chigil, uyg‘ur, qipchoq, urug'lari, qangli, qatag‘on urug‘ va qabilalari b(irlashmalarining tarixiy taraqqiyoti katta rol o'ynagan. O‘zbek tili dialektal o'ziga xosligiga qadimgi urug’ va qabilalar tilining turli territoriyada alohida-alohida mustaqil yashashlari muhim ahamiyat kasb etgan. Ijtimoiy hayot tarzi, territorial mustaqilligi, kasb- kori, etnografik xususiyatlari ulaming tilida aks etmay qolmas edi va bu holat tilda umumiylikni saqlab qolgan holda, boshqa territoriyada yashovchi o‘zbeklar tilidan ko'pgina xususiyatlari bilan farqlanishiga olib kelgan, bu esa shevaning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan. Sheva va dialekt xususiyatlarining tobora qat'iylashishiga aholi punktlarining bir-biridan uzoq joylashishi muhim rol o‘ynagan. Shu tariqa bir til ichida turli shevalaming shakllanishiga olib kelgan. Tarixchi olim K. Shoniyozovning ko'rsatishicha, qarluqlar va ularga qon-qardosh bo'lgan chigil, xalaj qabilalari Ile daiyosi havzasida, Sirdaryoning janubiy oqimlari, Isfijobda va Farg‘ona vohasiga tarqalgan keng territoriyada yashaganlar. Turgesh qabilalari ittifoqi Yettisuvni egallagan. 766-yilda bu territoriyalar qarluqlar tomonidan ishg‘ol qilingan. IX-X asriarda o‘g‘uzlar Sirdaryoning quyi va o‘rta havzalarini hamda Orol bo‘ylarini ishg‘ol qilgan. Qipchoq qabilalari esa, asosan, Oltoy o‘lkasida, Irtish bo‘ylarida yashaganlar va keyinchalik ular Sibir, Gurjiston, Volga, Dunay daryolari bo‘ylari hamda Markaziy Osiyoga tarqalganlar. O‘zbek tilida sheva va dialektlaming kuchli farqlanib qolgarlligiga o‘zbek tili boshqa tillardan ajralib mustaqil taraqqiy eta boshlagan davrdan boshlab, unga turkiy va eroniy tillaming kuchli ta’siri ham sabab bo‘lgan. Jumladan, Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalariga qoraqalpoq va qozoq tillarining, Toshhovuz o‘zbek shevalariga (Xorazm shevalariga) turkman tilining, shimoliy o‘zbek shevalariga qozoq tilining, Qirg‘izistondagi o‘zbek shevalariga qirg‘iz tilining, Samarqand, Buxoro, Namangan, Sariosiyo va Tojikistondagi o‘zbek shevalariga tojik tilining ta’siri kuchlidir. Shu tufayli ham bu shevalar boshqa shevalardan farqlanib qolmoqda va o‘ziga xoslikni vujudga keltirmoqda. Avvalgi satrlarda aytilganidek, o‘zbek tili yirik uchta lahjani qamrab olgan, lekin har bir lahja orasiga ba'zan qat'iy chegara qo‘yib bo‘lmaydi, ya’ni aksariyat shevalar ayni bir til qonuniyatlariga amal qrlishi mumkin, masalan, singarmonizm har uchala lahjada uchraydi, shuningdek, unlilarning birlamchi cho‘ziqliklari qarluq va o‘g‘uz lahjalarida ham qayd qilinadi. 11.O‘zbek shevаlаri qаysi metоdlаr bilаn o‘rgаnilаdi? Javob: O‘zbek shevalari hozirga qadar o'zbek adabiy tiliga qiyosan o'rganib kelindi va bunda tavsifiy va qiyosiy metoddan foydalanilgan. Bu metodda shevalaming fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari keng miqyosda o‘rganildi hamda boy material to‘plandi. O‘zbek shevalarini o'rganishda XIX asming oxirlarida paydo bo‘lgan qiyosiy - tarixiy metoddan ham foydalanilgan. Bu metodga ko‘ra o‘zbek shevalari materiallari «Devonu lug'atit turk», «Qutadg‘u bilig», Alisher Navoiy asarlari tili va boshqa til tarixi manbalari tiliga qiyoslab o‘rganib borilgan, lekin bu metod asosiy metod hisoblangan emas, balki tahlil talab o‘rinlardagina va ayrim til tarixiga oid maqola va asarlarda uchrab turadi. Shuningdek, o'zbek dialektlari fonematik tizimini sistem metod orqali o'rganish ham tajriba qilindi. Jumladan, o‘zbek tilidagi til birliklarini invariant - variant munosabatida o'rganish jarayonida o‘zbek shevalari fonologik tizimi ham sistem jihatdan tahlil qilingan ishlar yuzaga kelmoqda. Download 24.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling