Savollarga javoblar. Uchinchi Renessans ‒ milliy g’oya sifatida ko’rsatilishini qanday izohlaysiz?


Download 16.88 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi16.88 Kb.
#1125983
  1   2   3
Bog'liq
Manaviyat 7 javobi


SAVOLLARGA JAVOBLAR.
1. Uchinchi Renessans ‒ milliy g’oya sifatida ko’rsatilishini qanday izohlaysiz?
Jonajon diyorimiz O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tantanali tabrik nutqida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessans bo’lishi lozimligini ta’kidladi. Nihoyatda jozibali mazkur strategik g’oya o’zining ulug’vorligi, milliy yuksalish barcha jabhalarda qanday umumiy maqsadni ko’zlamog’i zarurligini ko’rsatadi. Amalda davlat rahbari taraqqiyotning hozirgi bosqichida O’zbekiston milliy g’oyasining yangi va aniqlashtirilgan mazmunini ifodaladi.
Uchinchi Renessans g’oyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmog’i kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, ta’lim-tarbiya va kadrlar siyosati, investitsion siyosat — barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmog’i lozim.
Renessans” lug’aviy fransuzcha “qayta tug’ilish” degan ma’noni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, san’atda, ta’lim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turg’unlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada o’rta asrlar mutaassibligidan keyin 15-16 asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qo’llanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa o’zbek tiliga Uyg’onish davri deb o’girilgan.

2. Adabiyot va kitobxonlik ma’naviyatni yuksaltirish asosi ekanligini qanday tushunasiz?
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.


Download 16.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling