Savollarga javoblar. Uchinchi Renessans ‒ milliy g’oya sifatida ko’rsatilishini qanday izohlaysiz?


Teatrning ma’naviy taraqqiyotda tutgan o‘rni qanday?


Download 16.88 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi16.88 Kb.
#1125983
1   2   3
Bog'liq
Manaviyat 7 javobi

3. Teatrning ma’naviy taraqqiyotda tutgan o‘rni qanday?
XX asr o’zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro’y bergan noyob hodisadir. 1914-yili Mahmudxo’ja Behbudiyning «Padarkush» p’esasi bilan o’z pardasini ochgan o’zbek teatri ikki-uch o’n yillik ichida har bir xalq g’ururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqdi.
O’zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi — ma’rifiy teatr sifatida tug’ilgan edi.
Birinchi o’zbek ijodiy jamoasi bo’lmish «Turon» gruppasining «Nizom»ida teatrning bosh maqsadi a) aholi o’rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni rivojlantirish, b) xalq uchun spektakl ko’rsatish, unga sog’lom tomosha berish...» deb uqtirilgan edi.
Xalq madaniyatining takomillashib borishida teatr va raqs san’atining beqiyos ulushi va ahamiyati bor. Har ikki san’at turi tomoshabinlarga olam-olam quvonch, estetik zavq baxsh etib, ulardagi horg’inlik, charchoqni chiqaribgina qolmay, balki, Mahmudxo’ja
Behbudiy ta’biri bilan aytganda, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ibratnomadir.
Xalq og’zaki ijodining yana bir serqirra san’at turi – xalq teatridir. Bu folklor turining paydo bulishi ovchilik, dehqonchilik, xalq bayram va boshqa ommaviy marosimlar bilan bog’liqdir. Bu janrlar hozirgi kunimizgacha taraqqiy etib kelib, о‘zining mavqei bilan xalq san’ati darajasiga kо‘tarilgan.
Agarda biz teatrning paydo bulishi tarixiga bir nazar solsak, u dastlabki davrlarda suz bilan bir katorda kushik, raqs, musika, akrobatika, masxarabozlik va nayrangbozlik, kо‘g’irchoq uyini va boshka kurinishlar xususida aralash bulgan. Keyinchalik jamiyat tarakkiyoti davomida ijrochi aktyorlar ma’lum sohalar buyicha mutaxassislasha borib, teatr mustakil san’at sifatida ajralib chikkan.

4. San’at – ma’naviyat sarchashmasi ekanligini tushuntirib bering?
San’at — ijtimoiy ong va inson faoliyatining o’ziga xos shakli. San’at qadimiy tarixga ega bo’lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san’atning dastlabki izlari so’nggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali san’at inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki ma’naviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning o’sishi natijasida san’at alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi.
San’at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o’z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuyg’u, manfaat, ideallarini ifoda etgan. San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o’zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o’rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi.
San’at insonning moddiy va ma’naviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida san’at narsa va hodisalarni qanday bo’lsa shunday aks ettirish va hayotni go’zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash g’oyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, ma’naviy, milliy dunyosi san’at predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga ma’lum ijtimoiy-estetik ideal nuqtayi nazardan munosabat bildiradi va o’z estetik bahosini beradi.
San’at tizimida raqs san’ati ham muhim o’rin tutadi. Xalqimizning qadimgi san’at turlaridan hisoblangan xalq raqsi o’zining tarixida folklor ijodiyotining erkin namunasi bulib xizmat qilib kelmoqda. Raqs qadim zamonlarda vujudga kelgan bo’lib, dastavval u maishiy turmush bilan bog’langan ov, jang, e’tiqod timsollari edi. Raqs qadimgi odamlarni birlashtirishga, uyushtirishga hissa qo’shgan bo’lib, uning bu xususiyatlari hozirgi kunda ham xalq raqslarida saqlanib qolgan.


Download 16.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling