Savollarga qisqa javob yozing:
1.Leksikologiya nimani o‘rganadi?
2. Leksika nima?
3. Leksikologiyaning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering.
4. Leksikologiyaning qanday turlari bor?
5. Leksikologiya tilshunoslikning qaysi bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi? Sabablari?
1-topshiriq:
Matndagi so‘zlarning leksik ma’nosini tushuntiring, izohini yozing.
Vatan nima o‘zi? Vatan – ona allasi taralgan, beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko‘milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko‘chalar, sening lahjangda so‘zlashadigan, qosh-u ko‘zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer – Vatandir!Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon – Vatandir! Osmoni ko‘rpang, maysasi – dimog‘ingni bosib yotadigan muattar bolishingdir. Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. Unga bo‘lgan muhabbating ham shu ostonada tug‘iladi.
2-topshiriq:
Shahar, yaxshi, yetti, boraman, keladi, baland, gulchi, daraxt, poliz, qarindosh, meva, kitob,opa, ota, quyosh, oy, urug‘chilik.
Berilgan so‘zlarning moddiy tomoni va ma’no tomonini aniqlang.
Namuna:
1. Kitob so‘zning moddiy tomoni: 5ta tovushdan tuzilgan: k, i, t, o, b.
2. Kitob so‘zining ma’no tomoni: a) leksik ma’nosi – narsaning bir turi, o‘quv quroli; b) grammatik ma’nosi – ot, bosh kelishikda, birlikda.
Do'stlaringiz bilan baham: |