Savollari bilet №14 Yunon faylasuflari asarlarida


Y.A.Komenskiy, a.disterveg, k.d.ushinskiy va boshqalarning o’qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi


Download 117.3 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi117.3 Kb.
#1635998
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jumaniyozova Nilufar 198- guruh pedogagik mahorat

4.Y.A.Komenskiy, a.disterveg, k.d.ushinskiy va boshqalarning o’qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi to’g’risidagi qarashlari.
O’qituvchi va uning professional sifatlari to'g’risidagi muammolar chet ellik olimlar Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalossi, L.Disterverg kabilarning asarlarida o'z ifodasini topdi. Jumladan, ulug’ chex olimi, pedagog Ya.A.Komenskiy o'qituvchiniig eng muhim xususiyatlari qatoriga bolani ssvishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritib, ularning’ mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) - slavyan donishmandi, insonparvar pedagog, bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o’rin olgan. U o’zining ongli hayotini va amaliy-pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini oddiy halq bolalarini o’qitish va tarbiyalashga bag’ishladi.
U maktab bolani ma'rifat olamiga boshlaganida, uni hissiy bilishga so’ngra aqliy bilishga o’rgatishi lozimligini, bunday o’qitish jarayonini hissiy idrokdan boshlash kerak, talabini ilgari suradi. Yan Amos Kamenskiy o’z davrida ilk bor mashg’ulotlarning sinf-dars shaklida bo’lishi zarurligini asoslab berdi. Bunda u o’qituvchining butun sinf bilan muayyan o’quv mavzusi buyicha mashg’ulot o’tkazishni talab qildi
Ya.Komenskiy o’qituvchilar faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholab maktab ishining muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchiga bog’liqligini aytadi. Olimning talab etishicha o’qituvchi o’z ishining ustasi bo’lishi, o’qitish san'atini mukammal egallashi, tajribali o’qituvchilar yosh muallimlarga ko’mak berishi lozim. O’qituvchi tashqi ko’rinishi jihatidan ham o’z o’quvchilariga namuna bo’lishi kerak. Sof vijdonli, o’z kasbini sevadigan va o’z bilim hamda mahoratini uzluksiz takomillashtirib boradigan kishilargina o’qituvchi bo’lishi mumkin.
Ushbu masalaga sal boshqacharoq yondashgan I.Pestalotsi o'qituvchiniig professional sifatlariga baho berishdai umuman chetlashib, uning xalq ta'limi tarmog’ini takomillashtirishdagi roli, fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to'xtalib o'tadi.

Download 117.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling