Savollarkitob I
Download 114.97 Kb.
|
ona tili, matematika, ingliz tili 1 110619103056
- Bu sahifa navigatsiya:
- Variant Fanlar : Blok.
Oliy o‘quv yurtlariga tayyorlanuvchilar uchun Coursera O’quv Markazi abituriyent tayyorlov markazi S A V O L L A R K I T O B I ABITURIYENT: _______________________________________ ________ (F.I.O) (Imzo) Abituriyent diqqatiga ! Test topshiriqlarini yechishdan avval savollar kitobini varaqlab unda har bir fan bo‘yicha 30 ta savol mavjudligini tekshiring. Agar savollar soni kamligi aniqlansa, darhol auditoriya rahbariga ma’lum qiling. Variant Fanlar : Blok. Ona tili va adabiyot Blok. Matematika Blok. Ingliz tili OMAD YOR BO‘LSIN !!! Telegram manzilimiz:@coursera_uz Koson – 2019 ONA TILI VA ADABIYOT 1.Berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto‘g‘ri hukm keltirilgan javobni toping. Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko‘z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo‘lib qolishdan qo‘rq. A) sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan B) ibora bilan ifodalangan aniqlovchi qatnashgan C) gapda qaratqich aniqlovchi ishtirok etmagan D) barcha aniqlovchilar vositasiz to‘ldiruvchiga tobelangan 2. Mendan beso‘roq qabul qilgan bunday shubhali qarorlaring nafaqat sening, balki ikkalamizning ham biznesdagi o‘rnimizga, mavqeyimizga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini o‘ylab ko‘rdingmi? Ushbu gapda yuz bergan fonetik o‘zgarishlar turini aniqlang. A)2ta tovush tushishi, 2ta tovush almashishi, 2ta tovush ortishi B) 3ta tovush tushishi, 2ta tovush almashishi, 3ta tovush ortishi C) 2ta tovush tushishi, 2ta tovush almashishi, 3ta tovush ortishi D) 3ta tovush tushishi, 2ta tovush almashishi, 2ta tovush ortishi 3. Och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman. Gap tarkibida nechta tobe bog‘lanish mavjud? A)2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta 4. Xalqning sabr-toqati cheksiz emas. U dengizga o‘xshaydi: goh to‘lib, goh ozayib turadi. Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg‘oq bo‘lmog‘I darkor. O‘z tarixi va ajdodlarini siylagan xalqning kelajagi, albatta, porloq bo‘ladi. Aslida inson baxt uchun, dunyo ne’matlaridan bahramand bo‘lish uchun tug‘iladi. Ushbu matnda qo‘llangan moslashuvli so‘z birikmalarining sonini aniqlang. A)4ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta 5. Iskandar, dilingni ilm bilan obod qil, ilmsiz kishilar bilan suhbatlashma, yutuqlaringga mag‘rurlanma, senga hasad qilganlarni uyingga kiritma, gina qilishdan saqlan, yomonlik va ochko‘zlikdan qoch, saxiylikka intil. Ushbu gapda necha o‘rinda yasama fe’l qatnashgan? A)3ta B) 4ta C) 5ta D) 6ta 6. Ota-onasiz o‘sayotgan bolalarning hayot falsafasi hamda beimon va bevafo ota-onalar haqidagi tushunchalari ancha barvaqt shakllanadi. Ushbu gapda qaysi bo‘lak(lar) uyushgan? A)ega, to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) ega, aniqlovchi D) to‘ldiruvchi 7. El netib topgay menikim, Men o‘zimni topmasam. Gap haqidagi to‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1)hol ergash gapli qo‘shma gap; 2) gapda 2ta kishilik olmoshi ishtirok etgan; 3) ergash gap va bosh gap o‘rni almashgan; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) gap faqat ega, kesim, to‘ldiruvchidan tshkil topgan. A)1,2,5 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3 8. Quyidagi so‘zlarning nechtasi to‘g‘ri yozilgan? Qand, shu chog‘, dasro‘mol, tabora, daxr, shaddod, tojovuz A)to‘rttasi B) oltitasi C) uchtasi D) beshtasi 9. “Yozuvchi sifatida bir narsani anglab yetganman va bu qoidaga qat’iy amal qilaman. Qalamkash, avvalo, inson bolasining quvonch va iztiroblarini, muhabbati va nafratini, buyukligi va tubanligini haqqoniy tasvirlamog‘I lozim. Shundagina uni kitobxon tan oladi, kitobini bag‘riga bosib o‘qiydi”. Ushbu parchada otlarning nechtasi fonetik o‘zgarish asosida yozilgan? A) 3tasi B) 2tasi C) 4tasi D) 5tasi 10. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning yetakchi morfemalari bir xil so‘z turkumiga kiradi? A) Do‘stlik barcha boylikdan afzal. B) Tikansiz gul, qiyinchiliksiz hunar bo‘lmas. C) Ari zahrin chekmagan bol qadrin bilmas. D) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. 11. Undov so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1.Undovlarning rasmiy va ilmiy uslubda qo‘llanish doirasi cheklangan. 2. Nutq jarayonida undovlardan foydalanish so‘zlovchining yoshi va mansabi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 3. Shaxsiy xatlarda undovlardan foydalanish mumkin. 4. Undalmali murakkablashgan gaplarda undovlar har doim undalmadan oldin keladi va ular orasida vergul ishlatilmaydi. A)1,2,3 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,3,4 12. Topshirdim o‘zimni muhit erkiga , Muhit girdobida bir somon parcha, Bir poxol cho‘pidek oqib boraman. Har amal, har ishni “haq” deb boraman, Vazminim qolmadi bir uzik qilcha. Berilgan she’riy parchada qaysi bo‘laklar uyushgan? A)faqat vositasiz to‘ldiruvchi B) ravish holi, vositasiz to‘ldiruvchi C) sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi D) sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi 13. Qaysi gapda barcha qaralmishlar to‘ldiruvchi vazifasini bajargan? A)Odamning o‘z vijdoniga xilof ish qilgani uchun malomatga qolishi adolatli hisoblanadi. B) O‘z ota-onasiga mehr bermaganlarning o‘z bolasidan mehr ko‘rganini eshitganim yo‘q. C) Sen uchun mening jon-u jahonim yonib ketganida ham boshqalar etagining uchi tutamaydi. D) Bahorning ilk maysalari shahanshohlar saroyining oltin qubbalarida emas, g‘arib kulbasining loysuvoq tomida ko‘karadi. 14. Zamaxshariy ko‘p qirrali olimdir, u fanning turli sohalariga oid yetmish beshdan ortiq asar yozib qoldirgan. Sifatlar haqida berilgan noto‘g‘ri hukmni toping. A)sifatlar kesim va to‘ldiruvchiga bog‘lanib kelgan B) 3ta sifat otdan yasalgan C) sifatlar faqat ot so‘z turkumiga bog‘lanib kelgan D) yasama sifat bog‘langan to‘ldiruvchiga qaratqich aniqlovchi ham bog‘langan 15. Do‘stlik yaqinlik ikki xil bo‘ladi biri ezgu niyatlar tufayli yuzaga kelsa boshqa bir do‘stlik shaxsiy manfaatlarni deb bo‘ladi. Ushbu gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang. A)vergul, vergul, vergul B) vergul, ikki nuqta C) vergul, ikki nuqta, vergul D) vergul, nuqtali vergul 16. Bu bog‘da qushlarning chug‘ur-chug‘uri eshitilmasdi. Ushbu gapda nechta so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olmaydi? A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 1ta 17. Bolalar quvonchli xabarni mahalladoshlariga yetkazish uchun yugurishib Usmonlarning uyi tomon jo‘nashdi. Ushbu gapda nechta holli so‘z birikmasi tarkibida omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan morfema qatnashgan? A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 1ta 18. Bilagi zo‘r zo‘rmi, bo‘yni yo‘g‘on zo‘r, Balki qorni to‘q baxtli barchadan. Meningcha, eng keragi, baxtlirog‘i, Qarzi yo‘q odamdir, qarzi yo‘q odam. Ushbu she’riy parchada nechta fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z qatnashgan? A)4ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta 19. Birinchi bo‘g‘inida u bo‘lgan ikki bo‘g‘inli so‘zlarning keying ochiq bo‘g‘ini qaysi undoshlar bilan boshlansa, ikkinchi bo‘g‘indagi u tovushi I tovushiga moyilroq aytiladi? A) v B) q yoki g‘ C) z,k yoki r D) v,x yoki g‘ 20. Termulmoq, tilamchi, talqon, tuyqisdan, tumtaraqay, tutoqib ketmoq, tuturuq, tyulen, to‘g‘anoq. Yuqoridagi so‘zlardan nechtasining imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) 4ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta 21. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bek kimga Dimishqda qolib Iskandar barlos suvoriylariga ko‘mak berishini topshiradi? A) Xoja Miskinga B) Shayxulislom Burhoniddinga C) Idris tarxonga D) Bobo Husaynga 22. Bu silsila halqasida dilgir, Bu nav chekar sadoyi zanjir. Kim, barri Arabda komroni, Bor erdi Arabqa hukmroni. Ushbu misralar “Xamsa”ning qaysi qahramoni haqida yozilgan? A) Majnunning otasi haqida B) Jobir haqida C) Farhodning otasi haqida D) Majnun haqida 23. Quyidagi berilgan qaysi bayt aruzning hazaji musaddasi mahzuf ( yoki maqsur ) vaznida bitilgan? A) Jong‘a chun dermen: “Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?” Derki: “Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati”. B) Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. C) Dunyo chamanining bulbulisan, Gul shoxida oshiyon etib ket. D) Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabdur,- Ki: “Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa, hindu”. 24. Mustaqillik davrida yaratilgan quyidagi qaysi roman(lar) Abdurashid Nurmurod qalamiga mansub? 1)”Ko‘zgu oldidagi odam”; 2) “Ovoraning ko‘rgan kechirganlari”; 3) “Qon hidi”; 4) “Dasht-u dalalarda”; 5) “Kapalaklar o‘yini” A) 2,3 B) 5 C) 3 D) 3,4 25. Asqad Muxtorning keng jamoatchilik va kitobxonlar mehrini qozongan romanini belgilang. A) “Jar yoqasidagi chaqmoq” B) “Karvon qo‘ng‘irog‘I” C) “Opa-singillar” D) “Chinor” 26. Quyida berilgan qaysi asar poema janrida yozilgan? 1)Musa Jalil “Xat tashuvchi”; 2) G‘afur G‘ulom “To‘y”; 3) G‘afur G‘ulom “Ko‘kan”; 4) Turob To‘la “Samarqand afsonasi”; 5) Zulfiya “Quyoshli qalam”; 6) Maqsud Shayxzoda “Loyiq soqchi” A) 3,4,5,6 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,5 D) 1,3,5 27. Nodiraning qaysi g‘azalida turkiy so‘z radifga olinib, qofiyadagi so‘zlarning barchasi o‘zbekcha egalik qo‘shimchalari bilan kelgan fors-tojikcha so‘zlardan tashkil topgan? A) “Doda keldim…” B) “Vasl uyin obod qildim…” C) “Kel, dahrni imtihon etib ket…” D) “Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…” 28. Aningdek oh to‘fonin chiqardi Ki, mahvashning niqobi yelga bordi. Ko‘ringach ul jamoli olamoro, Aning matlubi bo‘ldi oshkoro. Bu misralar qaysi qahramon haqida? A)Mehr B) Shirin C) Layli D) Dilorom 29. “U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi”. Ushbu parcha qaysi ijodkor tarjimayi holiga tegishli? A) Chexov B) Rashod Nuri Guntekin C) Jek London D) Alfons Dode 30. “Alpomish” dostonida aytilishicha, cho‘ponlar qo‘shxonasida tunagan Alpomish tush ko‘radi. Unda payg‘ambar minib olgan duldulning jilovdori kim edi? A) Shohimardon pir B) Rajabxo‘ja eshon C) Bobo Qambar D) Alpomishning Download 114.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling