Savolning javobi


Download 23.52 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi23.52 Kb.
#1181945
Bog'liq
ZAKOVAT SAVOLLARI


— Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Savolning javobi
Javob: Hushtak chalish.
U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?
Savolning javobi
Shotlandiyada yangi yil kechasi ular xonadoniga men yoki G’anisher Rahmatullaev, Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, boringki Obid Asomov birinchi bo‘lib qadam qo‘ysa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish. Nega shunday bo‘lishi mumkin?
Savolning javobi
Javob: Chunki bizlarning barchamizning sochlarimiz qora rangda.
Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?
Savolning javobi
Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.
Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman. “Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot …..”. Gapni bir so‘z bilan tugating.
Savolning javobi
Javob: Ishlamadi.
XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 – Sobor, 2 – Luvr. 3 – qism qanday nomlangan?
Savolning javobi
Javob: Sarbonna.
1895 yili amerikalik ixtirochi metalli almashtiruvchi ustarani xavfsiz soqol olish moslamasi bilan almashtirdi. U olimning ismi-sharifi kim?
Savolning javobi
Javob: K. Jilleti.
Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?
Savolning javobi
Javob: Tabaka.
Sigir – 4, cho’chqa – 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu ko’rsatkich insonda nechaga teng?
Savolning javobi
Javob: 7-8 soat.
Izoh: Bu 1 sutkada normal uxlash vaqti edi.
Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi sport turi?
Savolning javobi
Javob: Sambo (rus. «Самозащита без оружия»).
Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?
Savolning javobi
Javob: Sut haqi.
Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Savolning javobi
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh).
Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi. Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?
Savolning javobi
Javob: Ermitaj.
Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?
Savolning javobi

Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.


Bu shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar?
Savolning javobi
Javob: Ulan Bator.
Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?
Savolning javobi
Javob: Tokqaychi.
Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Savolning javobi
Javob: Temir yo’l qurishga.
U podsho o‘zining shahsiy muhriga «Men shogirdman va ustozlarga muhtojman» deb o‘yib yozdirgan. U podsho kim edi?
Savolning javobi
Javob: Petr I.
Yaponiyaning Nagoya shaxrida futbol bo‘yicha JCh bo‘lib o‘tgan. O’yin 10 minutli 2 taymdan iborat bo‘lib, tanaffusi esa 20 daqiqa cho‘zilgan. Agar siz u yerdagi “futbolchilarni” topgan bo‘lsangiz, menga esa nima uchun 20 daqiqa tanaffus berilganini aniq qilib yozib berishingizni so‘rayman.
Savolning javobi
Javob: Batareykalarni zaryadka qilish uchun.
Izoh: JCh robotlar o‘rtasida o‘tgan.
Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?
Savolning javobi
Javob: Baobab daraxti.
Birmaning tog‘li rayonlaridan birida yashovchi paduanglar qabilasida ayol kishining go‘zalligi uning bo‘ynining uzunligiga qarab belgilanadi va ayollar bo‘yinlarini uzaytirish maqsadida mahsus xalqalar kiyib yurishadi. Paduanglarda og‘ir gunoh qilgan ayollarga beriladigan eng qattiq jazo bor. Eriga xiyonat qilgan ayolga bunday jazo qo‘llaniladi. Bu qanday jazo bo‘lishi mumkin?
Savolning javobi
Javob: Bo‘ynidagi xalqalarni olib tashlashdan iborat.
Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Savolning javobi
Javob: Reklama.
Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir. Bu qaysi rang?
Savolning javobi
Javob: Yashil rang.
Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?
Savolning javobi
Javob: Soqoli bilan.
Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?
Savolning javobi
Javob: Saylovdan oldin.
Eshigingizni supurgani keldik degan iborani eshitgansiz buni manosi nima?
Savolning javob: sovchilar ertaman borib kelinni ostonasini supurip kelgan va kenni uyidagilar bugun sovchilar kelar ekan dep tayyorgarlik qilishgan

Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling