Saydirasulov Nozimjon Psixologiya fanidan bajargan 4-amaliy ishi


Bilish jarayonlari va professional faoliyat


Download 98.71 Kb.
bet2/3
Sana22.11.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1794163
1   2   3
Bog'liq
Saydirasulov Nozimjon Psixologiya fanidan bajargan 4

Bilish jarayonlari va professional faoliyat
Professional faoliyat shaxsdan juda ko`p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o`z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o`z ustida muttasil ishlab, malakalarini ort-tirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo`nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo`lgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil bo`lish yo`llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va xolatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir.
Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko`p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko`rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko`zi bilan ko`rgan har qanday ob’ektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o`z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar — har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo`shishga moyil bo`ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo`larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o`z diqqatini har qanday mayda o`zgarishlarga ham qaratishga o`rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo`lib boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o`rgansa, shoir tabiatan barcha xodisa va voqealarni badiiy bo`yoqlarda, o`ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o`sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog`liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo`lmish bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o`sishidagi roliga to`xtab o`tamiz.
Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va xodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va xodisalar bizda har bir alohida sharoitda o`ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo`lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo`qligini birovlardan so`ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o`zi o`qiyotganligini boshqalardan so`ramaydi. Bunday ishlar o`z-o`zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o`rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko`proq qiziqtiradi va siz «Xotiram ustida ishlashim kerak» degan xulosaga kelasiz.
Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo`lib, agar siz o`z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo`lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.


  1. Download 98.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling