Sayfiddin faxriddin, o’g’li qodirjon ro’ziev ikki dunyo saodatiga yo’l


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana08.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#19612
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26

VI  QISM 
 
JISMONIY TARBIYa. ChINIQISh. SPORT 
 
Organizmni chiniqtirishning nazariy asoslari 
 
Organizmni chiniqtirish deganda uning turli xil tashqi ta’surotlarga sovuqqa, 
issiqqa, yuqori darajadagi quyosh radiatsiyasiga kabilarga organizmning sekin-asta 
qarshiligining orta borishligi, xamda turli xil yuqumli kasalliklardan saqlanishligiga 
tushuniladi. 
Bunda havo, suv, quyosh nuri hamda muntazam, meyorida turli xil 
programmada shug’ullanadigan jismoniy tarbiya va sifatli, tartibli ovqatlanishliklar 
chiniqishlikning asosiy manbalari hisoblanadi. Shuningdek yana eng muhimlaridan 
muntazam ravishda havo, suv vannalari, suvda suzishlik, va bulardan tashqari 
hayotda shaxsiy va umumiy gigiena qoidalaridan to’liq foydalanishlik, xonalarni tez-
tez shamolatishlik va unda optimal issiqlikni tartibga solib turishlik, hamma vaqt 
tartibli va jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishliklar ham muxim omillardan 
xisoblanadi 
 
Organizmni chiniqtirishning asosiy  
qoidalari nimalardan iborat? 
Ular quyidagilar hisoblanadi: 
1. Quyosh vannasidan foydalanishlik qoidalari. Buning uchun gorizontal 
holatda yotib, toza havo va xaroratdan foydalanishlik lozim. Asosan soat 8 dan 11 
gacha, ovqatlanishdan 1.5 soat oldin yoki 1.5-2 soat keyin bajarilishi kerak. Aks 
holda quyosh nuri ta’sirida teri kuyishligi yoki ovtob urishi mumkin. 
2. Havo vannasidan foydalanishlik. Buning uchun asosan kunduz kuni soat 9 
dan 18 gacha ma’lum qulay vaqtlarda, quyosh nuridan, shamoldan saqlangan xolda 
shug’ullanishlik lozim. Och qoringa va ovqatlanish tugagan davrlarda 
shug’ullanishlik tavsiya etilmaydi. 
3. Suvdan turli xolda foydalanishlik. Buning uchun boshdan boshlab suv 
quyishlik, dush qabul qilishlik, suv ostida massaj qabul qilish (kattalar uchun), 
cho’milishlik va boshqalar. Muximrog’i ayniqsa bolalar uchun badanni suv bilan 
artishlik. Bunda sochiq yoki yumshoq po’kak(gupka) yordamida badanni artib quruq 
sochiq bilan tezda artib olinadi. Suvning xarorati maktabgacha bo’lgan davrda +28 
+25° , maktab davrida +25 +20° dan boshlanib, keyinchalik xar 3-4 kunda sekin asta 
+1° gacha kamaytirilib maktabgacha bo’lgan davrda +19° gacha, maktab yoshdagilar 
uchun +16° gacha pasaytirishlik ma’qul. Kattalar esa o’z sharoit va o’z xolatlariga 
ko’ra, o’zlari aniqlashlari lozim. 
 
 
101

20-rasm. Organizmning salbiy ta’sirlariga moslashish reaktsiyasida 
limfotsitlarning qatnashishi 
 
 
Bosh 
miya 
 
Gipotalamus 
Kuchli salbiy 
ta’sir 
miyacha 
 
uzuncho
q miya 
Гипофиз бези 
Qontomir 
 
Adrenalin 
Orqa 
miya 
Buyrak 
usti bezi 
Glyukokortikoidlar 
(gormonlar) 
Timus bezi 
Limfatik 
tugun 
Immun hujayralar 
va moddalar 
Organizm chidamliligini 
ta’minlash 
 
102

Suvdan foydalanishda yana quyidagilarga rioya qilishlik lozim. 
Boshdan suv quyishlik va dush qabul qilishlik yaxshi natija beradi. Bunda 
bolalar suv bilan badanni artishga odat qilgach, dush qabul qilishlik birinchi galda 10-
15 soniya (sekund) va asta sekin 40-30 soniyagacha. Suvdan foydalanishlik asosan 
yoz kunlarida bo’lishligi lozim, ayniqsa jismoniy mashg’ulotlardan keyin ertalabki 
vaqtlarda. 
Cho’milishlik xam muximlardan xisoblanadi. Asosan ertalabki jismoniy 
mashg’ulot, quyosh vannasidan keyin bo’lishi lozim. Maktab yoshdagilar uchun 10-
15 daqiqa bo’lishi lozim va bunda albatta suv ichida etarli darajada xarakatda 
bo’lishlik lozim. Aks xolda badan sovqotishi-titrashlik paydo bo’lishi mumkin. 
 
Sof havoda jismoniy mashg’ulotlarning axamiyati 
Ma’lumki jismoniy tarbiya masalalari uch xil ko’rinishda bo’ladi: 
musobaqalarda qatnashishlik uchun, maxsus maqsadlar uchun, xamda umumiy 
organizm taraqqiyotini mustaxkamlash uchun. Birinchi va ikkinchi turlari ma’lum 
maqsadlarga asoslanib maxsus dastur (programma) larga asoslangan xolda uzoq 
muddatlarda olib boriladi va tegishli maqsadlarga erishiladi. 
Umumiy organizm taraqqiyotini mustaxkamlash uchun olib boriladigan 
jismoniy tarbiya yuqorida aytilganlardan tashqari xarakat faoliyatini oshirish uchun 
asos bo’ladi. Bunda ma’lum maqsadlar uchun jismoniy shug’ullanishliklar kerak 
bo’ladi. Masalan: yurish, yugurish, sakrash, tanlangan sport mashg’ulotlari va maxsus 
kasbiy (professional) tayyorgarliklar va boshqalar.  
 
Jismoniy tarbiya davrida mayiblik (travma)  
sodir bo’lsa yordam berishlik 
Agarda mashq qilayotganda tasodifan yoki extiyotsizlik qilib uni oldini olmay, 
o’zini extiyot qilmay birorta mayiblik sodir bo’lsa ya’ni teri shilinishi, urilib ketish, 
lat eyish va boshqa mayibliklar sodir bo’lsa darxol uning chora tadbirlarini bajarish 
kerak bo’ladi. Bunday xolatlarda darxol o’ziga yoki o’rtoqlariga birinchi tibbiy 
yordam ko’rsatilishi lozim.  
Agarda biroz qon oqa boshlasa darxol uni to’xtatish kerak. Buning uchun qo’l 
yoki oyoqda bo’lsa ularni tanadan yuqoriga ko’tarish steril xoldagi rezin naychasi, 
kamar yoki ro’molcha, bint bilan bog’lab to’xtashish kerak. Agarda burundan qon 
oqsa yarim o’tirishlik xolatda, boshni orqa tomonga tashlab, burun ustiga yax 
bo’lakchasini xo’l ro’molcha yoki paxta qo’yish lozim. Bunda albatta burunni siqib 
turish kerak. Qon to’xtamasa albatta shifokor yordam qilishi kerak. 
Agarda singan, chiqqan bo’lsa darxol bo’g’inni yoki singan suyakni xarakatsiz 
xolga keltirish, shina, kichkina taxtacha , to’liq yoki qattiq qilib bog’lash kerak va 
qo’l yoki oyoqni tanaga osib qo’yish mumkin. Agarda umurtqa pog’onasi lat egan 
bo’lsa, tanani gorizantal xolatga keltirib taxta yoki shina qo’yib “tez yordam” 
mashinasini chaqirib extiyotlik bilan kasalxonaga olib boriladi.  
 
Shaxsiy gigienaning ahamiyati  
Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlik barcha yoshdagilar uchun eng 
muxim xisoblanadi. Ayniqsa yoshlar, o’quvchilar uchun zarur va iloji boricha 
 
103

maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiena qoidalarini tushuntirishlikni boshlash lozim. 
Talabalar uchun xam eng muxim xisoblanadi. 
Buning uchun terini, sochni, tirnoqni, tishlarni, og’izni doimo toza saqlash 
kerak va bunda turli xil kasalliklarni oldi olinadi, salomatlikka kafolat yaratiladi. 
Shaxsiy gigienaga rioya qilishlik uchun avvalo tanani, kiyimlarni toza va ozoda 
saqlashlik lozim. Tonggi gimnastikadan keyin yuvinish, badanni artish, dush yoki 
vanna qabul qilishlik kerak. Shuningdek, tirnoqlarni vaqtida tozalash, ovqatlanishdan 
keyin og’izni chayish, sochlarni xar 5-7 kunda tartibga solishlik, dastro’mollarni xar 
2-3 kunda almashtirish, spot kiyimlarini xar bir mashg’ulotdan keyin yuvish, qo’l 
oyqlarni, bo’yin va tanani doimo ertalab va kechqurkn yuvishlik, umuman xar bir 
shaxs o’zini o’zi kuzatib, tartibli xayot tarziga odatlanishi, salomatlikning garovi 
xisoblanadi. 
 
Ertalabki gigienik gimnastikaning ahamiyati 
Har kuni ertalab uyqudan turgach 7-20 xil mashq va xar bir xolatlarni 6-8 
marta qaytarishlik kerak. Bunda odam o’zini tetik va bardam xis qiladi, kayfiyati 
yaxshilanadi va kelgusi mexnat xamda o’qishlar uchun go’yoki energiya-kuch 
olgandek bo’ladi. Ertalabki ruxiy oziqlanish va qut barakaga qo’l urishlik «jismoniy 
zaryadlanish» deb bekorga aytilmagan. Buning uchun bunday mashg’ulotlarni 
muntazam ravishda (sistematicheskiy) bajarishlik organizmga kuch g’ayrat 
bag’ishlaydi, muskullarni quvvati ortib boradi, shamollash kabi kasalliklarga qarshi 
kurash qobiliyati oshadi, charchashlik alomatlari kamayib boradi va kuch quvvat, 
bardamlik osha boradi. 
 
Jismoniy tarbiyaning nafas faoliyatiga ta’siri 
Salomatlikni mustaxkamlash uchun nafas olish va chiqarishni to’g’ri yo’lga 
qo’yishlikka odatlanish kerak. Buning uchun nafasni burundan chuqur ritmik va tekis 
olish kerak. Ertalabki komleks gimnastik mashqlarga albatta nafas xarakatlari birga 
olib borilishi kerak. 
Burundan nafas olishda sovuq havo iliy boshlaydi, changlardan tozalanadi, 
quruq havo namlanadi, burundagi shilliq qatlamlar havodagi mikroblarga qiron 
keltiradi, o’pkaning olveolalarigacha sof toza havo boradi. Shunday qilib to’g’ri va 
chuqur nafas olishlik organizmning barcha xo’jayra to’qimalariga, a’zolariga, 
yurakka nerv asab tizimiga ijobiy ta’sir etib, organizmnmng quvvatini oshiradi. 
 
Jismoniy mashqlarning salomatlikka, organizm  
rivojlanishining sifatiga, ish qobiliyatiga va  
qaddi-qomatning rostlanishiga ta’siri  
Ma’lumki, inson salomatligi, qomati, oganizm taraqqiyotining sifat darajasi, 
ish qobiliyatining turli xil bo’lishi, normal xolda bo’lmasligi uning ish qobiliyati va 
aql zakovatiga salbiy ta’sir qiluvchi kabi sabablar anchagina. Masalan, turli xil 
kasalliklar, bemorning uzoq muddat kravatda yotib qolishi, o’z gavdasini yaxshi tuta 
olmasligi, ishlash uchun normal shart sharoitlarning bo’lmasligi, xona yoruqligining 
yaxshi emasligi, o’quvchi yoshlar uchun stol stul va partalarning baland pastligi xatto 
sumka yoki papkalarni doimo bir tomonda ushlash va boshqalar odam gavdasi-
 
104

qomatining turli xilda o’zgarishiga olib keladi (umurtqa pog’onasining u yoki bu 
tomonga egilishi ko’krak qafasida o’zgarish bo’lishi, elka gavda tuzilishidagi ayrim 
o’zgarishlar va boshqalar) albatta ular kishining tashqi ko’rinishidagi kamchiliklar va 
organizm ish qobiliyatining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Bunday xolatlarda shifokor tomonidan ko’rsatmalar beriladi xamda jismoniy 
tarbiya beruvchi o’qituvchilar o’zlarining xar bir talabaga yoki o’sayotgan yosh 
organizmga o’ziga tegishli bo’lgan dars dasturlarini belgilab qad-qomatni rostlash, 
nuqsonlarni iloji boricha yo’qotish uchun tavsiyalar berilib, uzoq vaqt davomida 
mashqlar o’tkazishni buyuriladi va bajariladi. Shuningdek, uyda, o’qishda va ishda 
xech qachon bunday kishilarga ortiqcha va murakkab mashqlarni tavsiya etish 
mumkin emas, chunki oqibati yaxshi bo’lmaydi. 
Hulosa shuki, normal, maqsadga muvofiq va turli xil tegishli, kompleks 
jismoniy mashqlar bilan doimiy, muntazam ravishda shug’ullanish, albatta o’zining 
ijobiy samarasini beradi, organizmning normal rivojlanishi, o’quvchilar, talabalar va 
yoshlarning jismonan baquvvat, aqliy mehnat qobiliyatini mustaxkamlaydi. 
 
Fizkultura va sportning xalqaro axamiyati 
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport masalalariga katta axamiyat 
berishda, ayniqsa Prezidentimizning shaxsiy tashabbusi bilan yoshlar sportini 
rivojlantirish uchun chiqargan farmoyish va ko’rsatmalari O’zbekiston davlati va 
xalqining dunyo miqyosida tanilishiga olib keldi. Bunday masalada hozirgi kunda 
hammaga ma’lum va tushuntirishga xojati ham yo’q. Natijasini quyidagi ma’lumotlar 
orqali eslatib o’tishning o’zi kifoya deb o’ylaymiz. 
Ma’lumki, Sidneyda bo’lib o’tgan HHVII olimpiada o’yinlarida 77 ta 
O’zbekistonlik sportchilar musobaqaning 13 turida qatnashib, 4-medal (Atlantada 2 
ta bo’lgan) – tilla, kumush va bronza medallariga ega bo’ldilar. 
 
105

 
 
21-rasm. Sog’lom avlod orzusi 
 
 O’zbekistonliklardan sport soxasida 12 kishi jaxonning eng kuchli atletlari 
qatoridan joy oldilar (Atlantada 6 ta bo’lgan). 
Miqdor va munosiblik medallari bo’yicha O’zbekistonliklar 41-o’rinni 
egalladilar (Atlantada 58-o’rinda bo’lgan). Shuningdek, mintaqamizda xamda oldingi 
Ittifoqda ham 7-o’rinni egallashgan. 
Sidneyda Muxammad Qodir Abdullaev oltin, Artur Taymazov kumush, (erkin 
kurash bo’yicha), Sergey Mixaylov va Rustam Saidovlar boks soxasida bronza 
medallarining faxriy sovrindorlari bo’lishdi. Shuningdek: 
Afinadagi Olimpiada o’yini g’oliblari (2004 yil): 
Aleksandr Dokturashuvili-(Grek-rim bo’yicha)-oltin. 
Magomed Ibragimov (Erkin kurash)-kumush. 
Baxodir Sultonov (Boks)-bronza. 
O’tkirbek Haydarov (Boks)-bronza. 
Olimpia o’yini g’oliblari (O’zbekistondan) 
1992 yil-Barselona-Oksana Chusovitina (gimnastika)-oltin. 
1994 yil-Lillirxammer Lina Chiryazova (fristayl)-oltin. 
1996 yil-Atlanta-Armen Bagdasarov (Dzyu-do)-kumush. 
2000 yil-Sidney-Muxammad Qodir Abdullaev (Boks)-oltin. 
O’zbekiston 34-o’rinni egalladi, Afinada. 
 
 
106

VALEOLOGIYa VA YoSh AVLOD 
Hozirgi kunda meditsina va pedagogika odamning hayotiy imkoniyatlarini 
(salohiyati), rivojlanishining 10%tigagina xizmat qiladi. Ya’ni tabiat in’om etgan 
mavjud «Bioenergetika»ning faqat 10-qisminigina tiklaydi va tartibga soladi. Qolgan 
«Psixoenergetika»ning 90%-ti esa nazardan chetda qoladi. Shuning uchun ham 
tabiatning eng ulug’ in’omi – Odam o’zining jismoniy, ijtimoiy va aqliy (intellektual) 
imkoniyati bo’yicha 10-20 marta qisqa yashaydi va bu jihatdan ayrim hayvonlar va 
o’simliklardan anchagina orqada qoladi. 
Tabiat in’om qilgan 4-5 yoshdagi imkoniyat 6-8 yoshgacha saqlanadi va 10 
yoshlarda esa ushbu 100%dan 20%tigina saqalanadi. 20-25 yoshda esa uning faqat 
10%tigina qoladi, va ana shulargina kelguvsiga xizmat qiladi (ma’lumot internetdan 
olindi). 
Yuqoridagilardan kelib chiqib valeologik tarbiyani maktabgacha bo’lgan 
bolalardan boshlash kerak bo’ladi. Demak, avvalo bolalar ham o’z organizmi 
haqidagi juda bo’lmasa umumiy tushunchaga ega bo’lishi, o’zini ehtiyot qilabilishi 
kerak. Natijada bunday o’zini saqlaybilishi, madaniyatli bo’lishligi, salomatlik va 
uzoq umr ko’rishlik tushunchalariga ega bo’lishligi kelgusi «Sog’lom turmush 
tarzi»ga garov bo’lib qoladi. 
Maktabgacha bo’lgan bolalarni jismonan tarbiyalashdagi vositalar: 
1. Oila va bog’chada bolani har tomonlama tibbiyot xodimlari bilan birgalikda 
kuzatib-tekshirib borishlik lozim. Agarda bola yugurishni xohlamasa, kayfiyati 
yaxshi bo’lmasa, demak uning sog’lig’i oqsayotganidan darak beradi. 
2. Bola jismoniy tarbiyani avvalo sekinlik bilan, meyorida chopishdan boshlashi 
kerak. Bunda nafas tizimi, yurak-tomirlar tizimi va muskullar tizimi garmonik 
ravishda rivojlana boradi. 
3. Har tomonlama chiniqishlikka e’tiborni qaratishlik. 
4. Sovuqqa chidamli qilib, unga o’rgatib (adaptatsiya) tarbiyalashning ahamiyati 
katta. Bunda jigarda glikogen hosil bo’ladi, fermentlarning faoliyati oshadi va 
aminokislotalarning parchalanishi tezlashadi, moddalar almashinuv va boshqa 
jarayonlar kuchayadi. 
5. Yumshoq, yoqimli va sof havo bilan chiniqish ham sog’liq uchun muhim 
ahamiyatga ega. Hayotda ko’pincha bolalar deyarlik bir xil komfort (qulay) sharoitda
bir xil haroratda uylarda yashashga odatlanganlar. Bunda o’zgaruvchan (issiq yoki 
sovuq) havoga organizm yaxshi moslasha olmaydi. Buning ustiga, ayniqsa, bolalar 
issiq kiyim, iliq haroratga moslashishgan, badandagi retseptorlar esa haroratning tor 
doiradagi ta’siriga o’rgangan. Shuning uchun havo harorati keskin o’zgarganda 
retseptorlar refleks yoyi orqali qon tomirlar va immun tizimga organizm 
moslashmagan holatda ekanidan xaotik va ko’pincha yoqimsiz xabarlarni etkazadi. 
Natijada turli xil shamollash kasalliklari paydo bo’ladi. Shuning uchun uyda va 
bog’chalarda bolalarga issiq kiyim kiydirmaslik, ko’pincha ochiq havoda 
chiniqtirishlik va bolalarga o’rgatishlik kerak. 
6. Suv orqali har xil usullar bilan bolalarga ayniqsa maktabgacha bo’lganlarga 
yaxshi ta’sir etadi: sog’lomlashadi, engil-ixcham bo’ladi, baquvvat, chidamli va 
kuchli bo’ladi. Suvda suzishlik va har xil harakatlar qilishlik muskullar tizimiga, 
 
107

bo’g’inlarga yaxshi jismoniy tarbiya bo’ladi. Suzish orqali bo’shang bolalar 
(organizm) baquvvat harakatchan bo’ladi va aksincha, sho’x, jizzakilar esa o’z 
xavfidan tushib normallashadi. Natijada, bog’cha bolalari va o’quvchilarning o’z 
mashqlari va o’qish o’zlashtirish jarayonlari yaxshi samara beradi. Turli xil o’yinlar, 
musobaqalar ham yaxshi natija beradi. 
7. Orgnanizmni chiniqtirish va baquvvat, ruhan tetik bo’lishida qayta-qayta va 
uzoqroq muddatda u yoki bu metereologik omillardan (sovuq, iliq havo, qulay 
atmosfera bosimi va b.) alohida-alohida yoki kompleks holda foydalanishliklarning 
ahamiyati katta. Bunda mustahkam «shartli refleks»lar paydo bo’ladi. Natijada nerv-
asab  tizimi, yurak-qon tomirlar tizimi, organizmdagi haroratni boshqarish tizimi, 
ovqatlanish tizimi, endokrin tizim va muskullar tizimini faolligi oshadi, organizmni 
chiniqtiradi. Immun tizimga ham quvvat bag’ishlaydi Ayniqsa, chiniqtirishni doimiy, 
muntazam va aniq rejalar asosida olib borilsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Organizm 
mustahkam chiniqadi, ko’pgina kasalliklarni oldi olinadi. 
 
Yangi tug’ilgan bolalarga ahamiyat berishlik  
qanday bo’lishi kerak? 
Ma’lumki, yangi tug’ilgan bolalarga nisbatan mehribonlik, unga nisbatan yaxshi 
– a’lo e’tiborda bo’lishlik – yaxshi. Ammo tarbiyachi-o’qituvchilar ta’lim-tarbiya 
ishlarini bir xilda olib bormasliklari kerak, va aksincha, o’sayotgan organizmga 
me’yorida, borgan sari jismoniy va boshqa tarbiya usullarining dozasini (miqdorini), 
chegarasini sekinlik bilan oshirib borishliklari lozim. Avvalo pedagog-tarbiyachi o’zi 
o’qimishli, bilimli, ilmli, madaniyatli, psixolog, hamda kuchli metodist valeolog 
bo’lgani holda tarbiya ishlarini mukammal holda olib borishi kerak. 
Ilmiy asoslarga qaraganda yangi tug’ilgan bolaning organizmi besh-o’n barobar 
mustahkamlikka ega ekan. Psixologlarning aniqlashlariga ko’ra bir oyga etmagan 
chaqaloq balandlikni, baland ovozni, har xil odamlarning tovushidagi farqlarni ajrata 
olishi hatto 6000 atrofidagi tovushlarni farqlayolishi mumkin ekan. Ammo 
rivojlanish, o’sib ulg’ayish jarayonida o’z qobiliyati – imkoniyatini, jismoniy va aql-
idrokini yo’qota borar ekan. Ayniqsa bir xil ramkada sharoitda, madaniyatda yashab-
ulg’ayib, tarbiya topib, 6000 tovushdan atigi 24 tasidangina foydalanishi mumkin 
ekan. Olimlarning kuzatishicha chaqaloqning tabiiy rivojlanishi 4 yoshgacha muhim 
hisoblanib, harakatsizlikning proportsionalligi 5-7 yoshgacha saqlanib, so’ngra 8-10 
yoshlarda ancha o’zgarar ekan. Masalan, bolalarning jismoniy kuch sifati va kuch 
chidamliligi 2 yoshdan 4-7 yoshgacha anchagina kuchayib, so’ngra 8-10 yoshlarda 
esa birmuncha pasayar ekan. Shulardan ma’lumki, valeologik fikrlar, tarbiyalashlik 
chaqaloq va yosh bolalarda o’ziga xos bo’lishligini hamma vaqt nazarda tuzish lozim 
ekan. 
 
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarga valeologik  
tushunchani qo’llash usuli 
Maktabgacha bo’lgan bolalarga valeologik madaniyatni singdirish har bir oilada, 
har bir jamiyatda «sog’lom turmush tarzi» tushunchasini singdirish bilan boshlanishi 
kerak.  
 
108

Odamzotning paydo bo’lishida ona qornida 9 oy mobaynida rivojlanish davrida 
millionlab jarayonni kechadi va bunday mukammallikni, imkoniyatni organizmda 
tabiatning o’zi 7-8 yoshgacha saqlaydi. 
Bunday jismoniy, aql-zakovat, ahloqiy shakllanishlar, tabiatdan iqtidorlik, 
avloddan iste’dodliklarni o’zida muojassamlashtiradi. Agarda bunday xususiyatlarni 
taraqqiyotdagi 4 yoshlik davrini 100% deb olsak, u 5-6 yoshga borganda 6-8 martaga 
oshadi, 7-8 yoshda 9-10 martaga ya’ni 800-1000%ga ortadi. Ammo 10 yoshdan so’ng 
u 200%ni tashkil qilsa, 20-30yoshga borib undan 10% qoladi, xolos. Shuning uchun 
bola tarbiyasi salomatlik bo’yicha o’qimishli-bilimdon shifokor, o’qimishli-bilimdon 
ota-ona hamda bilimdon-o’qimishli tarbiyachi-valeolog qo’lida bo’lishi kerak. 
Valeologik tarbiyalarni iloji boricha ochiq havoda hamda tibbiyot xodimlari va 
umumiy pedagogika bilan birgalikda olib borishlik kerak. 
Sog’lom bolalarni chiniqtirishda boshlang’ich shifokor tekshiruvidan o’tishi va 
bir yildan 2-3 marta ko’rikdan o’tishi kerak, biror kasallikka yo’liqqan bolalar esa 
doimo shifokor-pedagog nazoratida bo’lishi kerak. Chiniqtirishlikning davomati 
sharoitga qarab 15-20 daqiqa va ayrim hollarda issiqroq holatlarda 60 daqiqagacha 
bo’lishi mumkin. Shuningdek, shifokor-valeolog o’z faoliyatini ota-onalar bilan 
birgalikda faoliyat ko’rsatishi lozim. 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. Jismoniy tarbiya (fizkultura) bilan sportning farqi nima?  
2. Organizmni chiniqtirish deganda nimalar tushuniladi?  
3. Shaxsiy gigiena nima?  
Ertalabki gimnastikaning organizm uchun qanday ahamiyati bor?  
5. Valeologiya va yosh avlod deganda nimalar tushuniladi?    
 
Xulosa 
Fizkultura va sport bolalarni, yoshlarni, ularni yoshi, jismoniy holati, kuch-
quvvati, ruhiy holati – psixologik xususiyatlari va qobiliyatiga qarab o’ziga xos 
bo’lgan fizkultura va sportning turidan tanlab jalb etish kerak. Bunda dastlab oz-
ozdan harakatga o’rgatib, erkin holda shug’allanishlari va turli xillarini o’rgatish 
bilan mashg’ulotlarga jalb etish kerak. Shuningdek mashqlar davrida biror kamchilik,  
noqulayli yoki u yoki bu jarohat olgan taqdirda tezda tegishli yordam ko’rsatib, 
kelgusida qo’rqib qolmasliklarini hisobga olib, tushuntirish yo’li bilan – psixologik 
nuqtai nazardan tarbiyalash ularning sog’lig’ini saqlash – valeologik yoshdoshishlik 
eng muhim metodologik tarbiya hisoblanadi. 
 
 
 
109

VII  QISM 
 
NARKOMANIYa VA UNING PROFILAKTIKASI 
 
NARKOMANIYaNING KELIB ChIQIShI,  
TARQALIShI  VA SABABLARI 
 
Planetamiz bo’ylab baloi-ofat sifatida inson salomatligiga putur etkazib, ham 
jismonan, ham ruhan izdan chiqaruvchi, umr zavoli bo’lmish narkomaniya va 
toksikomaniyani davolash va uning oldini olishlik, hozirgi zamon talabining eng 
muhim va dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, 
narkomaniyaga mubtalo qiluvchi bir qator narkotik vositalar, psixotrop moddalar va 
ularning prekursorlari kelayotgan mo’may daromadlarning asosiy qismi 
«qo’poruvchilik», «diniy ekstremizm», «qurol yarog’larni sotib olishlik», 
«narkobiznes» larni qo’llab-qo’ltiqlashga, rivojlantirishga hamda ularning 
tashkilotchilariga sarflanmoqda. Shuning uchun ham narkomaniya va 
toksikomaniyaga qarshi yana «zalvarli o’t ochish» davri keldi. Chunki u 
umumjahon, og’ir va murakkab muammolardan bo’lib qolmoqda, Zero uning  
ma’naviy, ma’rifiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy masalalar bilan bog’liqligi tufayli 
ushbu masalalarga Prezidentimiz tomonidan jiddiy va katta  ahamiyat berib 
kelinmoqda.  
Qur’oni Karimning «Moida» surasida «Hamr» lavzi bilan kelgan so’z, arab 
tilida «hamr» – «to’sish» – «berkitish» ma’nolarini anglatadi. Uni iste’mol qilgan 
kishining aqliga ta’sir etadigan, boshqacha aytganda mast-kayf qiladigan har bir narsa  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling