Sayjalolova dildoraxon isaqjonovnaning
Yoshlarda fukarolik madaniyatini shakllantirish orqali vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ularini, rivojlantirish
Download 189.5 Kb.
|
SAYJALOLOVA DILDORAXON ISAQJONOVNANING
3. Yoshlarda fukarolik madaniyatini shakllantirish orqali vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ularini, rivojlantirish
Yoshlarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish ularni vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ularini, rivojlantirish yulida amalga oshirilayotgan ijtimoiy xarakat, mexnat an’analari, burch va majburiyatlarni bajarishga nisbatan mas’uliyat, yot mafkuraviy karashlarga nisbatan immunitet, ijtimoiy faollik va fidoiylik kabi sifatlarni shakllantirishga karatilgan tarbiya jarayoni xisoblanadi. Demak amaliy jihatdan olib qaraganda hozirgip kundagi yoshlarning ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davr taqozasi bo‘lsa [3, -B. 59-60]. nazariy jihatdan muayyan jamiyatda boshqarishning demokratiyalashuvi, boshqaruv tizimining modernizatsiyalashuvi inson manfaatlarini ta’minlovchi ijtimoiy muhit yaratilishini taqazo etadi. Chunki, erkinlikni farqlay oladigan inson tafakkurini shakllantirmasdan turib, jamiyatda ijtimoiy muhitni rivojlantirmasdan turib yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirmasdan turib, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Huquqiy ongi shakillangan yoshlarda, ijtimoiy taraqqiyotda erkinlikka nisbatan ustuvor munosabatning barqarorligini umuminsoniy axloqiy mezonlar doirasida o‘rganish orqali ma’naviy jarayonni yuksaltirishga erishishimiz mumkin. [4, -B. 16- 20]. Biroq, har qanday davrda, har bir davlatda erkinlik ham mavjud huquqiy qonunlar, umuminsoniy axloqiy normalar doirasidan chiqsa, o‘z mazmunining antipodiga aylanadi, jamiyatni boshqarishda anarxiyaga olib keladi. Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga psixologik tayyorlash, shaxsda fuqarolik immunitetini rivojlantirish, o‘quvchilarda huquqiy savodxonlikni oshirish, yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalash, odobaxloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirishning nazariy jihatlari hamda oilaviy tarbiya tamoyillarini takomillashtirish, pedagogik ta’sirning effektini oshirish, shaxsni ijtimoiylashtirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda Fuqarolik pozitsiyasi shaxsning fuqarolik fazilatlarini ifodalaydi, bunda shaxs o‘zini ijtimoiy munosabatlarning to‘la huquqli suveren sub’ekti sifatida belgilaydi, demokratik jamiyatdagi o‘rnini, shuningdek, uning hayotiy maqsadlari va ularga erishish yo‘llarini belgilaydi. Fuqarolik pozitsiyasi - bu insonni umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni oqilona qabul qilishi, bu insoniy munosabatlarning insonparvarligi, bu insonning boshqa odamlar bilan muloqotida namoyon bo‘ladigan qadr-qimmatning namoyon bo‘lishidir. Yangi O’zbekiston davlati va fukarolik jamiyatini barpo etish uchun yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularda men o‘zbek farzandiman, degan g‘urur va iftixor bilan yashashga erishish darkor. Albatta ushbu fazilatlar shaxs faoliyatida kamol topadi. Shunday ekan barkamollik, bilimdonlik, mexnatsevarlik, axloqiy soflik kabi fuqarolarga xos xis-tuyg‘ularni shakllantirish, insonparvar, vatanparvar shaxsni voyaga yetkazishda muhim xisoblanadi. Chunki, ushbu fazilatlar insonda ma’naviyaxlokiy saloxiyat va ijtimoiy faollikni oshirib, ijtimoiy-iktisodiy taraqqiyotni tezlashtirish bilan birga, fukarolik burchi va vazifalarini bajarish mas’uliyatini rivojlantiradi. Demak, sog‘lom, iymon-e’tikodli, aklan teran, axlokan pok, o‘z haqxuquqlari, burch va mas’uliyatlarini chuqur anglaydigan yoshlarni voyaga yetkazish fuqarolik jamiyatini asosini tashkil etadi. Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, oilada farzand tarbiyasi - oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo'lib yetishidagi ota-onaning sa'yi- harakati hisoblanadi. Oiladagi farzand tarbiyasi uning kelajakda kim bo'lib yetishishida muhim o'rin tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning qiyofasini ko'radi, bo'lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko'ra kamol topib boradi. Farzandlarimizni ilm-fan va ta'lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o'z o'rnida tarbiya esa milliy fazilatlarga yo'g'rilgan milliy tarbiya bilan chambarchas bog'liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasida esa milliy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo'laylik, aynan shu mezon bolalarimizni ma'nan, ruxan sog'lom, o'z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o'z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo'lib o'sib unishining asosidir. Oila boshqa ta'lim muassasalaridan farqli o'laroq, inson hayoti davomida uning barcha tomonlariga, tomonlariga ta'sir ko'rsatish va umuman ta'sir qilish qobiliyatiga ega. Oilaviy tarbiya vazifasining bunday ulkan ko'lami uning g'oyaviy-psixologik ta'sirining chuqur individualligi bilan uyg'unlashadi. Bu nafaqat uni juda ta'sirli qiladi, balki uni shaxsni shakllantirish jarayonining zaruriy xatosiga aylantiradi. O'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, axloqiy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an'analar va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktablar oldidagi asosiy mas'uliyatli vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Milliy g'oya va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad-muddaolarini ifodalaydi. Bolalar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy qiyofasini ko'radi, jamiyat talablarining mazmun-mohiyati ilk bor ana shu kichik jamoada tushuniladi. Ular ongiga ilk ma'naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta'lim muassasalarining o'rni katta. Milliy istiqlol g'oyasini barcha yoshlarimizning ma'naviy boyligiga aylantirishga ko'maklashish, ularning dunyoqarashiga singdirish, uning mazmun-mohiyati va mohiyatini har tomonlama tushuntirish ta'lim muassasalari, oilalar, mahallalar ijtimoiy institutlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Download 189.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling