Saylov huquqi erkinliklarigi fuqarolik jamiyati sharti


Download 27.4 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi27.4 Kb.
#1513219
Bog'liq
seminar 3


SAYLOV HUQUQI ERKINLIKLARIGI FUQAROLIK JAMIYATI SHARTI
Demokratik tamoyillar asosida tashkil qilinadigan va o‘tkaziladigan saylovlar bir tomondan, shu mamlakatdagi fuqarolarning davlat organlarini tuzish va davlat organlari ishida bevosita hamda real ishtirokini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, to‘g‘ri tashkil qilingan demokratik saylovlar natijasida fuqaro va jamiyat manfaatiga mos davlat organlari vujudga keladi. Qolaversa, saylov faqat hokimiyat tuzilmalarini tashkil qilish, ularga o‘z vakillarini saylashgina emas, u davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish usuli hamdir. Ishonchni oqlamagan, o‘z faoliyati, harakati bilan saylovchilar manfaatini ro‘yobga chiqara olmagan vakillar, navbatdagi saylovlarda yetarli ovoz ololmaydi. Shuning o‘zi nazoratdir. Saylovlarni demokratik asosda o‘tishi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun nimalar zarur?
Birinchidan, saylovlar ham fuqarolar, ham jamiyatga foydali bo‘lishi uchun saylov tashkil qilish va o‘tkazishning kuchli huquqiy asosi mavjud bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan respublika saylov tizimining huquqiy asosini yaratish, mustahkamlash boshlandi va saylov Konstitutsiyaviy institut maqomiga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaning XXIII bobi “Saylov tizimi”ga bag‘ishlanib, unda jahon miqyosida o‘zini oqlab kelayotgan saylov huquqining umumiy prinsiplari umumiy, to‘g‘ri, teng, yashirin saylov prinsiplari mustahkamlandi va fuqarolarning saylov huquqlarini har qanaqa cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi o‘z aksini topib, saylov o‘tkazish tartibining qonun bilan belgilanishi ko‘rsatib qo‘yildi.
Konstitutsiyaning shu qoidasini amalga oshirish uchun mamlakatimizda saylov to‘g‘risida bir nechta maxsus qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchidan, saylovlarda saylovchilarning haqiqiy ishtirokini ta’minlash, saylovchilar ongini o‘zgartirish, saylov varaqalarini to‘ldirishda ularning mas’uliyatini kuchaytirish zarur.
Fuqaroga saylov varaqasi topshirilgan vaqtda unga juda katta imkoniyat beriladi, uning ovoz berish natijasi hokimiyat organlariga kimning kelishini hal qiladi. Saylovchi nomzodga ovoz berayotgan paytda, shu shaxsga o‘z taqdirini, qolaversa, davlat takdirini topshiradi. Ana shu mas’uliyatni his qilgandagina vakillik organlariga ham, davlat boshlig‘i lavozimiga ham munosib shaxslar saylanadi. Ana shu narsa saylovchi fuqaroning ovoz berishi faqat uning huquqigina emas, mas’uliyati ham ekanligini doimo anglab turishini taqozo etadi. Buning uchun saylovchi keng axborotga, nomzod haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Tegishli ma’lumotlarga ega fuqarolar saylovda ishtirok etganda, saylov, ovoz berish sifatli bo‘ladi va ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan saylov tizimining huquqiy asosi, ya’ni, qonunlar demokratik xarakterda bo‘lib, hech bir demokratik mamlakatlakatning saylov qonunlaridan kam emas va jamiyatimiz, davlatchiligimiz taraqqiyoti, xalqimiz ongi, orzu-istaklariga mos keladi.
Saylovning ahamiyati shundaki, uning natijasida faqat vakillar, davlat boshlig‘i saylanibgina qolmay, jamiyat a’zolarining xohish-irodasi, kayfiyati, olib borilayotgan siyosatga munosabati aniqlanadi. Konstitutsiyaviy tarzda o‘rnatilgan va jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanmish fikrlar xilma-xilligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Demokratik, adolatli jamiyatni demokratik saylovlarsiz qurish mumkin emas.
Saylov huquqi butun dunyoda umume’tirof etilgan eng muhim va konstitutsiyaviy siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, u fuqarolarga nafaqat vakillik organlarini tashkil etish, balki bunday organlarga o‘z vakillarini yuborish imkoniyatini ham beradi. Fuqarolar tomonidan ularning saylov huquqlarining hech to‘siqsiz amalga oshirilishi ularning davlat boshqaruvida ishtirokining eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning bevosita saylov jarayonida, o‘zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish huquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlatning qay darajada demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga baho berish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimi 1992-yilgi Konstitutsiya va saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar, jumladan, 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, O‘zbekistonda majoritar saylov tizimi qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik papatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini olishi kerak. Agar saylovda saylovchilarning ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb hisoblanadi.
Agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikkitadan ortiq nomzod ovozga qo‘yilgan bo‘lsa va ulardan birontasi ham ko‘pchilik ovozni ololmasa, ya’ni deputat bo‘lib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzodni okrugda takroriy ovozga ko‘yishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida ikki hafta ichida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan deputatlikka nomzod, basharti uni yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan ko‘p bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkitadan ortiq nomzod qatnashgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini ololmagan bo‘lsa, saylovchilarning ovozini eng ko‘p olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning o‘limi, nomzodning sog‘lig‘i holati saylovda ishtirok etishni istisno etadigan darajada yomonlashganligi yoki Qonunda belgilangan boshqa sabablarga ko‘ra uning nomzodi olinganligi va shunga o‘xshash sabablar) natijasida bittagina nomzod ishtirok etgan taqdirda, bu nomzod, agar u ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini olgan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
Saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 33 (o‘ttiz uch) foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan deb topiladi.
Takroriy ovoz berish kunini Markaziy saylov komissiyasi saylov o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh kun keyin o‘tkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.
Takroriy ovoz berishda unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan bo‘lsa va u zarur miqdorda ovoz to‘play olmagan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga takroriy saylov ushbu Qonunda asosiy saylovni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda hamda undagi shartlarga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi okrug va «uchastka saylov komisiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Takroriy saylov asosiy saylov o‘tkazilganidan keyin qirq kun ichida o‘tkaziladi.
Shu tariqa, O‘zbekistonda majoritar saylov tizimi joriy qilingan bo‘lib, bunda siyosiy partiyalar saylovchilar ko‘pchiliginin qo‘llab-quvvatlashiga erishishga majburdirlar. Bu saylov tizimi jamiyatga nima beradi? Partiyalar bunda ehtiyot bo‘lishi, muhim bo‘lgan o‘z siyosatini ular bilan oqilona kelishib olib borishi, xalqning qandaydir ijtimoiy qatlamlariga yoki ular yashayotgan mintaqalarga emas, balki barcha toifadagi ko‘pchilik saylovchilarga faol xizmat qilishi kerak. Majoritar saylov tizimi partiyalar yo‘lini fuqarolar bilishiga qaratilgan yo‘nalishni rag‘batlantiradi.
Shunday qilib, O‘zbekiston saylov tizimining bir-biriga zid bo‘lmagan quyidagi prinsiplar va aniq talablar asosida qurilganligiga ishonch hosil qilsa bo‘ladi:
Birinchidan, O‘zbekiston saylov tizimi to‘la Konstitutsiyaga asoslanadi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladigan davlatchilik va davlat hokimiyati butunlay qonuniydir.
Uchinchidan, O‘zbekiston saylov tizimi tartibotlari va vazifalari qonuniy bo‘lib, ular huquqiy jihatdan to‘la ta’minlangan.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston saylov tizimining demokratikligi, fuqarolarning va siyosiy partiyalarning teng huquqliligi Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanadi.
Beshinchidan, O‘zbekiston saylov tizimi barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquqiy tartibot, inson huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Oltinchidan, O‘zbekiston saylov tizimi xalqchil bo‘lib, barcha fuqarolar uchun tushunarli va qulay qilib o‘rnatilgan.
Yettinchidan, O‘zbekiston saylov tizimi tashkiliy jihatdan uyushgan holda, konstitutsiyaviy, huquqiy, sud nazorati ostida o‘tkaziladi va qonuniy boshqariladi.
Sakkizinchidan, O‘zbekiston saylov tizimi tejamli qilib o‘rnatilgan.
To‘qqizinchidan, O‘zbekistonda ovoz berish va saylanishning ziddiyatsiz o‘tishi uchun hamda ovoz berish natijalarini olish maqsadida yetarlicha kafolatlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan “Saylov jarayonida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash: O‘zbekiston tajribasi” mavzuida seminar tashkil etildi.
Unda deputatlar, huquqshunoslar, axborot sohasi va saylov jarayonlari ekspertlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari O‘.Mirzayorov va boshqalar joriy yilning 4-dekabrida bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ochiqlik, oshkoralik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq adolatli holda o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritadi.
Fuqarolarning erkin xohish bildirishi va mustaqil tanlov huquqini amalga oshirishi bevosita axborot sohasidagi axborotni olish va tarqatish erkinligiga asoslanadi. Mamlakatimizda saylovlarda chinakam so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, axborot sohasini demokratlashtirish va liberallashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Seminarda ommaviy axborot vositalari demokratik jarayonlarning subyekti hisoblanib, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish davrida muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi. Saylovchilarni xabardor qilish, saylovoldi tashviqoti vositasi va jamoatchilik nazoratining muhim shakli bo‘lib xizmat qiladi.
– Saylovga oid tadbirlar nodavlat teleradiostansiyalar tomonidan ham izchil yoritib borilmoqda, – deydi O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ijrochi direktori o‘rinbosari Jamila Nurjonova. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda assotsiatsiya o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini nodavlat teleuzatuvchilar tomonidan yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unda jamoatchilikni saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishga oid tadbirlar haqida xolis hamda tezkor xabardor qilish, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan teleradio mahsulotlarni tayyorlash, ularni nodavlat teleradiostansiyalar va kabel studiyalari orqali efirga joylashtirish nazarda tutilgan
Download 27.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling