Saylov tizimi
Download 20.8 Kb.
|
Saylov tizimi
2016 yilgi prezident saylovi
2016 yilning sentabrida O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov vafot etdi va maxsus majlisda “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi qonunga asosan shu yilning 4 dekabrida muddatidan oldin Prezidentlik saylovlari o'tkazilishi belgilandi. Markaziy Saylov komissiyasi ma`lumotiga ko'ra, 4 dekabr kuni bo'lib o'tgan saylovda 17,94 million saylovchi ishtirok etdi va davomat 87,83 foizni tashkil qildi. Bu O'zbekistondagi prezidentlik saylovlari tarixidagi nisbatan eng past ko'rsatkichdir. Yuqorida aytilganidek, 2007 yilgi saylovda davomat 90,06 foizni, 2015 yilgi saylovda esa 91,01 foizni tashkil qilgandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to'g'risidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e`lon qilinishi belgilangan. Lekin odatda saylov natijalari saylov o'tgandan so'ng 1 sutka ichida e`lon qilinadi. Bu yilgi saylovning dastlabki natijalari 5 dekabr kuni soat 16:00da e`lon qilinishi kutilmoqda. Saylov natijalari rasman e`lon qilingach, 2 oy ichida yangi prezident inauguratsiyasi tashkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi. Bu vaqtga kelib, Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev shtabidagilar kamida 80foizlik ustunlik bilan g'alaba qozonilgani aytilmoqda. Shtab saylovdagi g'alaba sharafiga bayram torti hozirlab qo'ygan. Download 20.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling