Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 116.97 Kb.
|
Мустақил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Umumiy qoidalar
- Jadval Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 29-moddalari hamda 1“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 18 va 27-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 1. Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi: Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etilishini ta’minlasin; saylov yoki referendum davrida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining so‘roviga asosan boshqa vaqtda ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmatini doimiy ravishda ishlashini ta’minlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rsin. 3. Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati saylov va referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari bilan birgalikda saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmatdan foydalanish tartibi aholi o‘rtasida keng tushuntirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 20-avgustdagi 1101-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan. 7. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat (keyingi o‘rinlarda — interfaol xizmat) ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida (bundan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov yoki referendum uchastkasiga o‘zgartirish mustasno), harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan saylov yoki referendum uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5. Interfaol xizmatdan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga ega bo‘lgan, saylov yoki referendum kuniga qadar yoxud saylov yoki referendum kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishlari mumkin. 6. Interfaol xizmat ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 7. Saylovchi yoki ovoz beruvchi fuqaro (keyingi o‘rinlarda — fuqaro) interfaol xizmat ko‘rsatilishining har qanday bosqichida undan bosh tortish huquqiga ega. Bunda, fuqaroning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Jadval Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 37-modda) Download 116.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling