Sayohatchilar uchun imtiyoz va preferensiyalar


Download 13.99 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi13.99 Kb.
#1436927
Bog'liq
2-mavzu IT (practical aspects)


Sayohatchilar uchun imtiyoz va preferensiyalar
Hukumatimiz tomonidan ichki turizmni rivojlantirish va mahalliy aholini sayohatga faol jalb qilish maqsadida bir qator imtiyoz hamda preferensiyalar taqdim etilgan.
Jumladan, turizm mavsumi past davrlarda ichki turizmni rag‘batlantirish uchun “Ichki turizm oyligi”, “Ichki turizm haftaligi” hamda “Ichki turizm kunlari” tizimi tashkil etildi. Bunda, sayohatchilarga turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va yondosh sohalar tomonidan ixtiyoriy mavsumiy chegirmalar joriy etiladi (joylashtirish vositalari, transport va umumiy ovqatlanish xizmatlari uchun 10 foizdan 20 foizgacha chegirmalar),
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayramlari hamda Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida uch kundan kam bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlarni belgilash tizimi joriy etildi;
oilaviy sayohatlarni nazarda tutuvchi yillik asosiy ta’til hisobidan besh ish kunidan kam bo‘lmagan “oilaviy sayohat ta’tili” tizimi amaliyotga joriy qilindi;
“Sayohat etakchisi” tizimi orqali eng faol ming nafar sayohatchi jamoalar yetakchilari yil yakuniga ko‘ra, “Turist pasporti” tizimi orqali eng faol sayyohlar muntazam ravishda mukofotlanib boriladi;
2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyungacha ichki turizmni ommalashtirish doirasida turoperator va turagentlarga ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan turning xarajatlarining bir qismini, xususan, avia va temiryo‘l chipta narxining 40 foizi va joylashtirish vositalarining joylashtirish bo‘yicha xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizini subsidiyalash tartibi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son qarorida 2023 yil 31 dekabrga qadar jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Bunda turistik yo‘llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temiryo‘l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishi ko‘rsatilgan.
Download 13.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling