Xvi asrda Buxoro xonligida madaniy hayot


Download 1.65 Mb.
Sana03.12.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1798630

XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot


8-sinf O’zbekiston tarixi fani darsligi asosida 9-mavzu

Ta'lim sohasidagi islohotlar


Shayboniylar ta'lim sohasida ham islohot o'tkazdilar. Islohotga ko'ra, ko'p bosqichli o'qitish tizimi joriy etildi.
Har bir mahallada maktab ochildi, ba'zi xonadonlarda uy ta'limi joriy etildi. Bolaga
6 yoshdan ta'lim beriladigan bo'ldi.

XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko'kaldosh madrasalari va boshqa ta'lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi.

Madrasada uch bosqichli ta'lim joriy etilgan bo'lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o'qilardi. Shunday qilib, o'qish 21 yil davom etardi. O'quvchilar ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she'r san'atidan ilm olardilar.

Ilm-fan.


Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola hukmdorlari orasidan o'z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta'sir ko'rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko'chkunchixon va Ubaydullaxonlar o'z davrining nihoyatda o'qimishli kishilari bo'lgardar.

Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o'z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo'lgan.


Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug'bek akademiyasi an'analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi.

Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o'z davrining yetuk tabibi, tib olimi, Baroqxonning o'rtancha o'g'li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrug'iga binoan 1598-yilda «Shifo ul-ilal» (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko'p bo'lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo'llanma tarzida undan foydalanilgan.

Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko'plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro'zbexon Isfaxoniylar Shayboniyxon topshirig'i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar.

Hofiz Ko'hakiy (Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug'bek Mirzoning shogirdi Ali Qushchining nabirasi bo'lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmlari olimi bo'lgan.


Hofiz Ko'hakiy

Adabiyot.


Shayboniyxonning o'zi ham umri jang-u jadallarda o'tishiga qaramay, she'riyat va tarix fani bilan shug'ullanishga vaqt topgan.
Uning she'riy devon tuzgani ma'lum. U hatto xattotlik bilan ham shug'ullangan.

O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub «Shayboniynoma» asarining Shayboniyxon ko'chirgan nusxasi saqlanadi.

Me'morchilik.


1535-1536-yillarda qurilgan Mir Arab madrasasi,
1540-1541-yillarda bino qilingan Masjidi Kalon, 1549-yili Abdulazizxon qurdirgan koshinli xonaqoh, 1559-yili qurilgan Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Kitobfurushon, Karmanadagi hazrati Qosimshayx xonaqohi,

Buxoroga kelgan ingliz elchisi Antoniy Jenkinson: «Buxoro juda katta shahar, unda g'ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko'p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo'qdir»,-deb yozadi.


Antoniy Jenkinson

Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo'lidagi sa'y-harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan.


Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Abdullaxon 1000 dan ortiq rabot va sardoba, ko'plab madrasa, masjid, ko'prik, suv omborlari qurdirgan. Buxoroda juda katta savdo markazi bunyod etilgan.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling