Sayohatlargacha jismoniy tayyorgarlik


Sayohatlarda o’lkani o’rganish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy foydali mehnat


Download 46.83 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi46.83 Kb.
#222659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vK2i4yIBc4NV8AIrcIQscOXEwgppai2V

Sayohatlarda o’lkani o’rganish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy foydali mehnat


Sayohatlar jarayonida o’lkashunoslik
Maktab o’quvchilarining piyoda yurish sayohatlarida reja asosida, ya’ni botanika, zoologiya, tarix, adabiyot va b.q. fanlarda nazariy jihatdan o’rga-nilgan bilimlarni amaliy tadbirlar bilan boyitish va mustahkamlash am-alga oshirilishi mumkin. Bevosita fan o’qituvchilarining ishtirokida yoki maxsus topshiriqlar (uy vazifalari) asosida o’quvchilar mustaqil ravishda o’lkani o’rganish borasida faoliyatlarni bajaradilar.

O’simlik dunyosini o’rganishda tanish va notanish o’simliklar, ularning ildizi, barg-shoxlari, gullari va hosillarini (urug’, don, meva) tekshirib ko’rish, taxlil qilish hamda namunalar olinadi.

E’tirof etish lozimki CHotqol, Qurama, Xumson, CHimgan, SHohimar-don, Zomin, Oyqar (Baxmal), Nurota, Turkiston, Zarafshon, Hisor, Bobotog’ va boshqa tog’li hamda tog’oldi hududlarda xilma-xil gullik o’simliklar (lo-la,ravoch, totron, baychechak, qoqi va h.k) hamda daraxtlar (archa, yovvoyi anjir, olma, qizilcha, yong’oq, jiyda, toq va h.k) juda ko’p uchraydi. Ularning turlari va o’sish darajalarini o’rganish barchani qiziqtiradi.

Kasb-hunar kollejlarining o’quvchi-yoshlari, oliy o’quv yurtlarining talablari o’z kasblari asosida o’simlik dunyosini o’rganishlari mumkin.

YUqorida qayd etilgan tog’li joylarda burgut, kalhat, kaklik, yovvoyi kurka turli rangdagi sayroqi qushlar, parrandalar behisob ko’p. SHuningdek, bo’ri, tulki, cho’chqa, olqar (yovvoyi qo’y), kiyik, jayra, quyon va b.q hayvonlar ham yil sayin ko’paymoqda. CHunki, deyarlik barcha tog’li joylar o’rmon xo’ja-ligi yoki qo’riqxonalarga aylantirilib, nodir o’simliklar va hayvonlar dav-lat tomonidan qo’riqlanadi. SHu sababdan sayohatchilar, ayniqsa birinchi marta ishtirok etuvchilar tartib-qoidaga bo’ysinishlari shart, ya’ni man etil-gan o’simliklarni uzish (piyozlarini kavlab olish), daraxt shoxlarini sindi-rish, parranda va hayvonlarni tutish (ov qilish) mumkin emas.

O’lkashunoslik ishlarining yana bir muhim turi shundaki, joylarning nomini aniqlash (qishloq, ovul, yakka uylar, tog’, soy, daryo, ariq va h.k, bunda mahalliy kishilar bilan suhbatlashish, qiziqarli joylarni foto-suratga (video) olish va ularni o’quv (mehnat) joylarida o’rganish. Eng muhimi esa o’tgan va atrofdagi joylarni chizmaga (sxema) tushirish, chizma rasmlarda ifo-dalashdir. Bu yo’lda rangli toshlar, turli shakldagi ildizlar, kundalar, qat-tiq jismli narsalarni yig’ish, ularni o’quv (mehnat) jamoalaridagi muzey (maxsus xona) yoki shaxsiy kutubxona-muzeyda saqlash mumkin.

Ayniqsa qishloq aholisining qabila, urug’-aymoqlari, urf-odatlari, kiyimlari, shevalari, raqs-qo’shiqlari, harakatli o’yinlarini bilib yozib olish muhim ahamiyatga egadir.

Tunab qolish va ko’p kunlik sayohatlarda geografik jihatdan izlanish ishlarini olib borish qiziqarlidir, ya’ni tosh, tuproqlarni noodatiy tur-lari, shamollarning esish vaqti, tomoni, ob-havoning o’zgarish jarayonlari, shunga asosan qushlar, hayvonlarning harakati(boqishi yoki erkin yurish) ham maxsus kuzatish va izlanishlarni talab etadi.



Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling