Saytlarni o’zaro taqqoslash


Download 7.21 Mb.
Sana03.11.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1743976





Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Komputer injiniringi” fakulteti
“Multimediya texnologiyalari” kafedrasi
“ Inson-mashina oʼzaro taʼsiri” fanidan


Topshiriq-1
1-5 amaliy mashg‘ulotlar yuzasidan Inson-kompyuter interfeysi va platforma dizayn strukturasini yaratish, jarayonlarini o‘rganish.


Guruh: 312-21
Bajardi: Qo'chqorov S.
Tekshirdi: Muminov E.


Toshkent 2023.



Saytlarni o’zaro taqqoslash:


Bizning mavzu onlayn do’konlar. Biz “Uzum” va “Asaxiy” onlayn platformalarini tanladik.


“Asaxiy.uz” – elektron tijorat shaklida faoliyat yurituvchi O‘zbekistondagi ilk kompaniyalardan biridir. Unga 2014-yilda Firuz Allayev hamda Eldor G‘afurov tomonidan asos solingan va bugungi kunga kelib 100 dan ortiq xodim ishlaydigan, 8 ta offlayn do‘konga va hamkor sifatida ishlovchi 9 ta bo‘limga ega.
“Asaxiy” nomining kelib chiqishi dunyodagi eng katta internet-do‘kon – “Amazon” hamda O‘zbekistondagi eng yirik bozor – “Abu-Saxiy” nomlari bilan bog‘liq.


1. Asosiy oynalar:


2022-yilda tashkil topgan va shu yili “Yil brendi” mukofotini qo’lga kiritgan.
Bugungi kunda milliy marketplasda O'zbekiston kompaniyalari va tadbirkorlarining 600 mingdan ortiq noyob tovar pozitsiyalari taqdim etilgan, iyul oyida Uzum Market mamlakat bo'ylab 1 milliondan ortiq buyurtmalarni yetkazib berdi. Yil oxiriga qadar Uzum Market tovarlar assortimentini 800 mingdan ortiq noyob tovar pozitsiyalariga, geografiyasini esa mamlakat bo'ylab 75 dan ortiq shaharlarga, shu jumladan kichik aholi punktlariga kengaytirishni rejalashtirmoqda.


Ikkalasida ham bosh oynaga foydalanuvchini jalb qilish vazifasi yuklatilgan, ya’ni bu oynalarda eng qiziqarli mahsulotlar bo’ladi. Turli xil chegirmalar, bepul yeetkazib berish, halol nasiya, hafta davomida eng ko’p talab bo’lgan mahsulotlar va boshqalar.
2. Bo’limlar.




Ikkala saytda ham kerakli barcha bo’limlar mavjud: kitoblar maishiy texnika, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar. Bundan tashqari “Bo’limlar” qismini ochish juda qulay, ortiqcha harakatlarsiz, bor yo’gi birgina harakat orqali amalga oshadi.


3. Header navigation(Sarlavha navigatsiyasi).
Saytning bu qismida ham eng kerakli va ko’p qo’llanilgan bo’limlar mavjud. Yuqorida takidlagan bo’limlarimizning deyarli barchasi bu qismda mavjud.



4. Banner va Section header(Bo'lim sarlavhasi).
Saytning bu qismlarida ham foydalanuvchilarni o’ziga jalb qiladigan va ko’proq vaqt ushlab qoladigan elementlar joylashtirilgan.

5. Content(Tarkib).
Bu qismda ham foydalanuvchi uchun muhim va kerakli elementlar joylashgan. Misol uchun hsaxsiy cabinet, savatcha, yoqtirgan mahsulotlar, tilni sozlash, foydalanuvchi turgan manzil, savol-javoblar bo’limi va boshqalar. Bu qism orqali foydalanuvchi o’ziga eng kerakli amallarni oson bajara oladi.



6. Searchbar(Qidiruv paneli).
Qidiruv paneli ham toppish va foydalanishga qulay holatda joylashtirilgan.



7. Shaxsiy kabinet.
Bu oynada foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, buyurtma bergan mahsulotlari, turli xil qatnashgan aksiyalari va boshqa turli sahifalar mavjud.
Ko’rib turganingizdek men Asaxiy platformasi orqali 3 marta mahsulot sotib olganman va bu mahsulotlar ko’rinib turibdi, Uzum platformasidan esa hozircha buyurtma berganim yo’q, shuning uchun bu oynada “Haridni boshlash” tugma(button)i turibdi, bu ham foydalanuvchini biror mahsulot harid qilishga undash desak noto’g’ri bo’lmas.

8. Pastgi oynalar.
Uzum platformasida oynani pastga surganimizda yuqoridagi bo’limlar yo’qolib qoladi,, buni oldini olish uchun esa ular bosh oynaga olib chiquvchi tugma qo’yishgan. Ya’ni bu tugma sizni yana bosh oynaga olib chiqadi va siz istalgan bo’limlardan birini tanlashingiz mumkin.

Asaxiy platformasida esa Uzumdagidek yo’l tutilmagan, ya’ni bu platformada bo’limlar va shu kabi contentlar o’z o’rnida qoladi.



Ushbu platformalar juda keng omma tomonidan foydalanilsada ularda tungi rejim mavjud emas, bu ularning eng kata minuslaridan biri. Chunki insonlar bu saytlardan tunda foydalanganida ko’zlari qoliqadi.
Bundan tashqari “Uzum” platformasida “Asaxiy” dan farqli o’laroq yosh cheklovi mavjud, faqat ayrim mahsulotlarda.
Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling