Sayyid muhyiddin maxdum


Download 136.5 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2020
Hajmi136.5 Kb.
#102360
  1   2
Bog'liq
mustaqil.


O’ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI ANDIJON

SAYYID MUHYIDDIN MAXDUM”

O’RTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI 4-KURS 59-GURUH TALABASI

Rizayev G`ayratjonning

Ko`z tegishi, sehr-jodu va undan saqlanish yo`llari”

MAVZUSIDA YOZGAN







ANDIJON–2015
Mavzu: “Ko`z tegishi, sehr-jodu va undan saqlanish yo`llari”


Reja:

MUQADDIMA
ASOSIY QISM
I Ko`z tegish haqida
II Qur`oni karimda sehr haqida
III Payg`mbarimimiz sallallohu alayhi vasallamning davrlarida sehr
IV Sehr va uning turlari
V Sehrdan saqlanish va uning muolajasi
XULOSA
Foydalanilgan manba va adabiyotlar

بسم الله الرحمن الرحيم


Muqaddima

Qiyinchilikka tushgan bandalariga sog’lik va har bir ishdan nusrat beruvchi Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolarbo'lsin!

Payg'ambarimizga mukammal va batamom salovotu durudlar bo'lsin!

Alloh taoloning tavfiqi va irodasi ila yuqoridagi mavzuga muvofiq so’z yuritishlikka harakat qilamiz. Alloh taolo bu ishimizni hayrli qilib to’g’ri yo’ldan adashtirmasin. Inson, xsusan musulmonlar bu dunyoda yashab o’tar ekanmiz dinimizda tozalikka rioya qilish, sog'liqqa zarar yetkazuvchi va atrofni iflos qiluvchi narsalardan qaytarish, sog'liqqa zararli narsalarni o’rganib undan saqlanish yo’llari bilan saqlanish lozim bo’ladi. Bu ishlarda shariat buyurgan tariqada yengillik va ulardan saqlanish uchun ruxsatlar berilgan.

Alloh taolo bandalariga mehribon zot. U zotning mehri cheksizdir. Ana o'sha cheksiz mehri ila Alloh bandalariga o'zlari xohlamagan holatlarda ham ajru savob kasb qilib fazllarini orttirib olish imkonini yaratib bergan.

Sehr kishining bemor bo'lishiga sabab bo'la oladimi? Sehrning o'zi nima? Oramizda doimiy ravishda takrorlanib turadigan bunga o'xshash holatlar ko’p uchraydi. Ba'zi bir kishilar davolanish sabr va tavakkal qilishga qarshi va qazoi qadarga tan bermaslikka olib boruvchi narsa degan da'voni qiladilar. Davolanish joizligi haqida kelgan ba'zi hadisi shariflarni anglab yetamiz va fikr yuritamiz.

Alloh taoloning tavfiqi va irodasi ila dinimiz tib va dam masalalariga qandoq qarashi haqidagi ma'lumotlarni anglashga harakat qilamiz. Buning uchun avval mazkur ikki so'zning lug'atdagi va istilohdagi ma'nolarini o'rganamiz.

O’zbek xalqida azaldan “ko’z tegibdi”, “kinnalanibdi” kabi istelohlarni ishlatishlik kuzatiladi. Bu gaplarning qanchalik asosi borligini tushunib o’tamiz. Shu bilan bir qatorda ulardan qanday qilib saqlanish mumkinligi haqida qur’on va hadisdan malumotlarni o’rganib o’tamiz.


Asosiy qism

I Ko’z tegishi haqida

Ko’z tegishi haqida yurtimizda turli xil gaplar yuradi. Bu haqida hatto yoshi ulug’ ota-bobolarimiz ham fikr bildirishadi. Asl haqiqatini o’rganadigan bo’lsak dinimizda bu haqida ma’lumotlar bor. Ko'z tegishi haqdir. Hadis rivoyat qilguvchilarning sardori Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Ko'z tegishi haqdir», dedilar».

To'rtovlari rivoyat qilishgan. Bu hadisga Muslim va Termiziy quyidagilarni ziyoda qilishgan:

«Agar biror narsa qadardan o'tadigan bo'lsa, albatta, ko'z tegishi o'tar edi. Qachonki sizdan g'uslga yordam so'ralsa, g'uslga yordam bering», dedilar». Bu hadisdan ko’z tegishi bor narsa ekanligi bilinadi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning davrlarida shu narsa haqida so’z yuritildimi, demak bu dinimizda, shariatimizda joriy bo’lgan ishlardan hisoblanadi. Hadisni davomida kelgan g'uslning bayoni Ahmad, Nasaiy va Ibn Hibbonlar rivoyat qilgan hadisda quyidagicha bayon qilinadi:

«Ko'zi tekkan kishi yuzini va ikki qo'lini chig'anog'i bilan yuvadi. Keyin kindigidan jismining pastigacha yuvadi. Suvni qadahga quyib turib, ko'z tekkanning boshidan va yelkasidan quyiladi. So'ngra qadahni to'ntarilib



qo'yiladi. Allohning izni ila tuzalib ketadi».

Shu joyda avvalo ko'z tegishi haqida bir oz to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi.

Ba'zi toifalar, xususan, zamonamiz moddaparastlari ko'z tegishi degan narsani umuman inkor qiladilar. Ular bu gapni bid'at, deydilar. Bularning hammasi ilmsizlikning , islomni , dinni yahshi anglamaslikdan kelib chiqadi. Ammo barcha

elat va millatlarning oqillari ko'z tegishini inkor qilmaydilar. Bizning diyorlarda turli hil ataladi. Masalan “ko’z tegibdi”,“kinnalanibdi”,”suqlanibdi”,”nazarlanibdi” kabilar. Shuning uchun ayrim insonlarga nisbatan ko’zi bor, nazari bor kabi iboralar ishlatiladi. Musulmonlarga bu haqdagi bilim shariatimiz ta'limotlaridir. Ana o'sha narsalardan ba'zilarini hozir o'rganib chiqamiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Ko'z tegishi haqdir», dedilar».

Ya'ni, bu narsani inkor qilib bo'lmaydi. Agar aqlni bir oz ishlatilsa, tadabbur qilinsa, bu masala oydinlashadi.

Alloh taolo insonlarning jismlarida va ruhlarida turli quvvatlarni yaratgandir. Ba'zi jism¬larga zahar ta'sir qilmaydi. Hozirda ham zaharli ilonlar yoki chayonlar ichida uxlaydigan, ularga o'zini chaqtirsa ham hech ta'sirlanmaydigan kishilar haqidagi xabarlar tez-tez chiqib turadi. Bunga o'xshash Alloh taolo g'aroyib xususiyatli jismga ega qilgan turli bandalarni ko'p uchratamiz.

Shuningdek, kishilarni Alloh taolo ruhiy qobiliyatlarini ham turli quvvatlarga ega qilib yaratgan.

Agar ko'pchilik oddiy holatda bo'lsa ham ba'zi kishilar odatdan tashqari ruhiy quvvatga ega bo'ladilar. Oqil inson ruhiy ta'sirni hech inkor qilmaydi. Bu oddiy haqiqatdir. O'zi uyaladigan odamni unga nazar solib turganini ko'rgan shaxsning yuzi o'z-o'zidan qizara boshlaydi. O'zi qo'rqadigan odamning unga tikilib turganini sezgan odamning yuzi o'z-o'zidan oqarib ketadi. O'sha paytda ta'sirlangan odamning es-hushi yo'qolib, quvvati ketib oyog'i qaltirab qolishiga nima deysiz?

Hayvonlar ichida ilonlarning ba'zi turlari ana shu ta'sirga ega. O'zi tegmasa ham, chaqmasa ham nazari ila ta'sirini o'tkazishi mumkin. Buni xalq ichida, ilon avrashi deyiladi. O'shandoq ilonlar nafaqat o'zi uchun ov hisoblangan hayvonlarga,

balki, kezi kelsa, insonlarga ham ta'sirini o'tkazadi. Homilador ayollarning homilasini tushishiga, ba'zida insonning ko'ziga zarar yetkazishga sabab bo'ladi.

Shundoq ekan, insonlardan ma'lum ruhiy quvvatga ega bo'lganlari o'zlari uzoqdan turib bosh¬qalarga ta'sir o'tkazishi mumkin emasmi? Odamlarga qarab turib uxlatib qo'yadigan, turli harakatlar qildiradigan kishilarni hamma ko'rib-bildi-ku!

Ana shundoq ishlarni bo'lishi uchun faqat jism jismga tegishi yoki yaqindan tikilib qarash shart emas. Balki, ko'zi tegadigan kishi ko'r bo'lishi ham mumkin.

Unga bir kishi vasf qilinganda undagi hasad ruhi yomonlik ila qo'zisa, mazkur kishiga ko'zi tegishi mumkin. Aslida ko'z tegishning asosida hasad bor. Chunki havas bilan qarashda hech qanday suqlanish bo’lishi nodir holat hisoblanadi. Alloh taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:

«Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni ko'zlari bilan toydirmoqchi bo'ldilar va, albatta, u jinnidur, derlar», degan. «Ko'z bilan toydirish»ning ikki xil ma'nosi bor.Birinchisi, adovat va dushmanlik nazari bilan haq yo'ldan toydirish, adashtirish. Kofirlar Payg'ambar alayhissalomga ma'naviy zarar yetkazishni xohlaganlar.Ikkinchisi, ko'z tekkizish bilan Payg'ambar alayhissalomga jismoniy zarar yetkazish, u kishini yiqitish, halok qilish ma'nosi.

Bu oyatning nozil bo'lish sabablari haqidagi rivoyatlarda, mushriklar Quraysh qabilasida ko'zi bor bir kishini olib kelib, Payg'ambar alayhissalomga yomon ko'z bilan qaratib zarar yetkazmoqchi bo'lganlar. Shundoq ko'zli odamlar Bani Asad qabilasida bo'lar ekan. Agar ulardan birortasi semiz tuyani ko'rganda yomon ko'z bilan qarab qo'yib, «hoy qiz, idishni olib borib manavining go'shtidan olib kel»,

desa, tuya tezda kasal bo'lib yiqilib qolardi. Bani Asad qabilasidagi kishilar kabi odamlar boshqa joylarda ham ko’p uchraydi hozirgi davrda.

Har bir narsani o’lchov bilan yaratgan Alloh taolo g’yatda chevar zotdir. Har yo’llarini islomda joriy qilib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni davrlarida bi r sabab ila dinimizga joriy qilgan. Hasad tufayli ko’z tegishi kelib chiqishini yuqorida takidlab o’tgan edik. Asli hasad ikki xil bo’ladi:

1Qalbdagi hasad, buni oldini olish uchun inson hasaddan o’zini tiyishi kerak. 2 Ko’zdagi hasad, bundan saqlanish uchun o’sha ko’zi tegdi deb gumon qilingan kishidan jabrlangan kimsaga ya’ni ko’z tegdi deb xisob qilingan odamni haqqiga o’sha zahoti duo olishlik ham inshaalloh ko’z tegishini yechib uni oldini oladi. Buning uchun ko’zim tegdi deb o’ylagan odam ham hech kimga bildirmasdan o’sha insonni haqqiga duo qilib qo’ysa ham Allohning izni bilan tuzaladi inshaalloh.

II Qur’oni karimda sehr haqida

Alloh taolo o’zining kitobi qur’oni karim – azim-u sha’nda sehr haqida oyatlar nozil qilgan. Oyatlarni o’rganar ekanmiz sehr kecha yoki bugun emas, balki Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam payg’ambar qilib yuborishliklaridan ham avval uzoq o’tmishga borib taqalishini bilib olamiz. Qudrat va hikmat egasi bo’lgan Alloh taolo o’zining har bir payg’ambarini o’sha davrning insonlari orasida rivojlangan mo’jizasi bilan yuborgan. Bu ko’pchilik musulmonlarga yangilik emas. Jumladan Muso alayhissalom ham sehhrgarlik juda ommaga yoyilib ketgan bir davrda payg’ambar bo’lganlar. Muso alayhissalom haqlarida qur’onda ko’p qissalar keltirilgan. Shulardan biri sehr haqida. Alloh taolo “Toha” surasi 69 oyatida marhamat qilib aytadi:



«Sehrgar qaerda bo'lsa ham, zafar topmas».

Ushbu jumla Toha surasidagi oyati karimaning bir bo'lagidir. Oyati karima Muso alayhissalom va Fir'avnning sehrgarlari orasida bo'lib o'tgan muborazani vasf qiluvchi oyati karimalar siyoqida kelgan bir oyat bo'lib, to'lig'i quyidagicha:



«Qo'lingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur. Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos. Sehrgar qaerda bo'lsa ham, zafar topmas», dedik»1. O'sha payt Alloh Muso alayhissalomni qo'lladi. Alloh taolo Muso alayhissalomga nima qilish kerakligini o'rgatdi.

«Qo'lingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur».

Qo'lingdagi asoni yerga tashlagin, sehrgarlar ko'rsatayotgan sehrni yutib yuboradi, dedi. Muso alayhissalomning qo’llarida mo’jizaviy aso bor edi.



«Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos».

Undan boshqa narsa emas. Ularning ishlari faqat hiyla-nayrang, xolos.



«Sehrgar qaerda bo'lsa ham, zafar topmas».

Hiyla-nayrang hech qachon zafar topmagan. Bu safar ham zafar topmas. Fir'avnlar va ularning gumashta sehrgarlari doimo hiyla-nayranglar ila xalqning ko'zini bo'yab kelganlar. Ularning botili haq ko'rinmagan paytda o'tadi, xolos. Haq kelganida, botil yo'q bo'ladi.

Sen Robbingdan haq keltirding, endi ularning botili yo'qoladi. Muso alayhissalomning qo’llaridagi asoning qanday xususiyati bor ekanligini bilib olish maqsadga muvofiq ishdir. “Toha “ surasida Alloh taolo Muso alayhissalomni qissalarini bayon etib, u aso qanday aso ekanligi haqida so’z yuritgan. Alloh taolo Muso alayhissalomga tavhid ilmidan saboq berib bo'lgach, gapni boshqa tomonga burib:

«Ey Muso, qo'lingdagi nima?» deb so'radi.

Muso alayhissalom: «Bu asoimdir, unga suyanaman, u bilan qo'ylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», dedi» (17–18-oyatlar).

Bu voqea Muso alayhissalomga payg’ambarlik ilk kelgan vaqtda yuz bergan. Oilalari bilan Madiyan yurtidan uylariga qaytayotgan vaqtda sodir bo’lgan. Kechasi olovdan cho'g' olish yoki birortasidan yo'l so'rash maqsadida kelgan Muso alayhissalom to'satdan ilohiy nidoni tinglab, g'alati holga tushib qolgan edilar. Qo'llaridagi narsa nima ekani so'ralganidan keyin o'sha mahbub ilohiy nido tugab qolishini his etdilar va gapni cho'zib, Alloh taolo bilan iloji boricha ko'proq gaplashishga harakat qila boshladilar. Shuning uchun ham, qo'lingdagi nima, degan savolga «asoim» deb qo'yavermasdan, «unga suyanaman, u bilan qo'ylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», deb cho'zib javob qildilar.

«U: «Ey Muso, uni tashla», dedi» (19-oyat).

Ya'ni, Alloh taolo Muso alayhissalomga asoingni yerga tashla, dedi. Shunda Muso alayhissalom:



«Bas, uni tashladi. Birdan u (aso) ilon bo'lib yura boshladi» (20-oyat).

Muso alayhissalom Allohning amrini bajarib, asoni yerga tashlagan edilar, birdan aso ilon bo'lib, harakat qila boshladi.Buni ko'rib Muso alayhissalom qo'rqib ketdilar. Shunda:

«U zot: «Uni ol, qo'rqma. Biz uni avvalgi holiga keltiramiz» (21-oyat)2.

Alloh taolo Muso alayhissalomni xotirjam qildi. Qo'rqmasdan uni yerdan ol, Biz uni avvalgi asolik holiga qaytaramiz, dedi. Firavnning gumashtalari sehr ishlatar, asli sehr emas ko’zboylog’ich ya’ni odamlarni shamg’alatib aldar edilar.

Firavn Muso alayhissalomni payg’ambar ekanliklarini inkor etishar edi. Shuning Alloh taoloning amri bilan Muso alayhissalom ularga qarshi sehr, aniqrog’i Allohning mo’jizasini ko’rsatib qo’ydilar. Firavn gumashtalarining sehri asli botil bo’lgani uchun ular sajdaga bosh egganlari keying oyatlarda bayon qilingan.

Alloh taolo sehrni asli yer yuziga tarqalishini ham bayon qilib o’tgan. Sulaymon alayhissalom davrlarida bo’lib o’tgan voqea sehrni asli qanday paydo bo’lganini bayon etgan. Bu haqida Alloh taolo “Baqara” surasining bir yuz ikkinchi oyatida batafsil malumot bergan bizga. Alloh taolo aytadi: وَاتَّبَعُوا مَا تَتْلُو وَاتَّبَعُوا مَا تَتْلُو الشَّيَاطِينُ عَلَى مُلْكِ سُلَيْمَانَ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَانُ وَلَكِنَّ الشَّيَاطِينَ كَفَرُوا يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ وَمَا أُنْزِلَ عَلَى الْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَارُوتَ وَمَارُوتَ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنْ أَحَدٍ حَتَّى يَقُولَا إِنَّمَا نَحْنُ فِتْنَةٌ فَلَا تَكْفُرْ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنْهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِ بَيْنَ الْمَرْءِ وَزَوْجِهِ وَمَا هُمْ بِضَارِّينَ بِهِ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنْفَعُهُمْ وَلَقَدْ عَلِمُوا لَمَنِ اشْتَرَاهُ مَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِنْ خَلَاقٍ وَلَبِئْسَ مَا شَرَوْا بِهِ أَنْفُسَهُمْ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ

Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yo'q. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o'rgatib, kofir bo'ldilar. Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari hatto: «Biz fitna-sinov uchunmiz, kofir bo'lmagin», demasdan oldin hech kimga o'rgatmasdilar. Bas,

Ikkovlaridan er-xotinning o'rtasini buzadigan narsani o'rganishar edi.

Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o'rganurlar. Va, batahqiq, biladilar-ki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo'q. Agar bilsa-lar, o'zlarini sotgan narsa qandoq ham yomon!3

Alloh taolo o’zi kitobida bayon qilib aytgan. Yahudiylar payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni avvaldan hushlamaganlar. Sababi, yahudiylar Demak, yahudiylar Allohning kitobini xuddi bilmagandek ort-lariga irg'itib yuborib,

Sulaymon alayhissalom podsholiklari haqida shaytonlar aytib yuradigan narsaga ergashib ketdilar. Ma`lumki, Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga ham Payg'ambarlik, ham podsholikni bergan edi. Shu bilan birga, u kishiga butun hayvonlarning tilini o'rgatib, jinlarni xizmatlarida hoziru nozir qilib qo'ygan edi. Bu ilohiy mo'`jizalar u kishining Payg'ambar ekanliklarini tasdiqlash uchun berilgan edi. Mazkur oyatni aloqali tomoni shulki, Alloh Sulaymon alayhissalomga bergan mazkur mo'`jizalarni ko'rib, odamlardan ba`zilari iymonga keldi, iymonlilarning iymonlari mustahkamlandi.
Ammo kofirlar, dushmanlar va shaytonlar: “Sulaymon sehrgar, u o'z sehrining kuchi bilan turli hayvonlar ila munosabatda bo'lmoqda, jinlarni ishlatmoqda, degan gaplarni tarqatishdi”. Bunday mish-mishni tarqatishda yahudiylar qavmi, ayniqsa, jonbozlik ko'rsatgan edi. Shunda Alloh taolo Payg'ambarlarga bergan mo'`jizalar bilan sehrning farqini bildirib:

Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar “ deb marhamat qiladi. Payg’ambarlik mo’jizalari bilan sehrni farqini amaliy suratda ko'rsatish uchun Bobilga Horut va Morutni yubordi. Ular inson qiyofasidagi farishtalar edilar. Oyatdagi “ Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar” jumlasi buni bildiradi. Ular xohlaganlarga sehr o'rgatish bilan vazifalangan edilar. Ammo sehr o'rgangani kelganlarga avval: «Biz fitna-sinov uchunmiz, kofir bo'lmagin», demasdan oldin hech kimga o'rgatmasdilar». Ya`ni, «Biz fitna uchun, odamlarni sinash uchun yuborilganmiz, sehrni o'rgangan kofir bo'ladi, sen ham uni o'rganib kofir bo'lma», degan ma`noda ogohlantirishar edi. Kelgan odam bu gaplardan key-in qaytib ketsa ketdi, ketmasa, kofir bo'lishini bilib turib ham, o'rganaveraman, desa, o'rgatishar edi. Mana shuning o'zidan Payg'ambarlik mo'`jizasi bilan sehr

o'rtasidagi eng katta farq namoyon bo'ladi. Payg'ambarlik mo'`jizasi ilohiy ne`mat bo'lib, faqat Alloh tomonidan beriladi. Sehr esa, o'rgatuvchidan o'rgansa bo'ladigan, yomonlikka ishlatiladigan bir narsadir. Shunday qilib, mo'`jiza nimayu sehr nima–kishilarga amalda ko'rsatilgan ekan. Ushbu oyati karima mazkur masalani muolaja qilarkan, Sulaymon sehrgar bo'lgan, degan da`voga,

«Sulaymon kufr keltirgani yo'q», degan javob kelmoqda. Shundan anglashiladiki, sehr kufrga tenglashtirilmoqda. Chunki inson e’tiqodida adashar ekan, avvalo uning iymoni komil bo’lmaydi. Bu ma`noni, «Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o'rgatib, kofir bo'ldilar», degan jumla yanada ta`kidlamoqda. Ikkinchidan, agar inson Alloh taolodan boshqa ham biror ishga bevosita qodir deb hisoblasa, u inson kofir bo’ladi. Sehrda mana shu jihat namoyon bo’ladi aksariyat buzuq e’tiqodli kishilsrda. Bir kishini sehr yoki jinlar vositasi bilan qilgan biror ishi ham aslida Alloh taoloning izni bilan bo’ladi. Bu narsalarni aqoid ilmidan yaxshi bilamiz. Lekin o’sha narsani ko’rib u inson o’sha narsaga qodir deb e’tiqod qilishlik kufr hisoblanadi. Oyatda o’sha ishlar Bobil nomli yurtda bo'lgani ham aytilmoqda. Hamda Horut va Morut ismlari ham zikr qilinmoqda: «Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tush-gan narsaga ergashdilar». Horut va Morutlar kimligi to'g'risida tafsirchilar turli fikrlarni aytganlar. Lekin bu fikrlarning hammasi ham ishonchli manbaga asoslanmagan-ligini ulamolarimiz alohida ta`kidlagan-lar. Shuning uchun oyatdagi iboralarning tarkibidan, bu ikki ism egalari farishta bo'lgan, deb aytganlarning fikri quvvatliroq chiqqan. Alloh taolo insonlarni xohlagan usulda, xohlagan vositalar ila sinab ko'radi, buning hech ajablanadigan joyi yo'q.Kofirlikni ham bo'yniga olib sehrni o'rganganlar nimaga ishlatishadi bu sehrlarini degan savol tug’iladi. Oyatning davomida:

«Bas, ikkovlaridan er-xotinning o'rtasini buzadigan narsani o'rganishar edi»

degan jumla bu savolga javob beradi. Demak, ular sehrni yaxshilik uchun o'rganishmas ekanlar. Ular sehrni yomon narsaga ishlatishar ekanlar. Ammo:



«Ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetka-zuvchi emasdilar».Ushbu jumlada dunyodagi ishlarning borishi haqidagi islomiy tasavvur o'z aksini topgan. Ya`ni, dunyoda nima ish sodir bo'lsa, barchasi Allohning izni bilan sodir bo'ladi. To'g'ri, Alloh har bir ishning yuzaga chiqishi uchun sabablarning vujudga kelishini shart qilgan. Ammo o'sha sabablar ham Allohning izni bilan ta`sir qiladi. Ilmi kalom ulamolari, bu ma`noni tushuntirish uchun, olovni misol qilishadi. Olovni paxtaga tutsang, paxta kuyadi. U olovdagi kuydirish xususiyati tufayli kuyadimi yoki o'zidagi kuyishga bo'lgan qobiliyat tufayli kuyadimi? Chunki olovda kuymaydigan narsalar ham bor. Demak barcha ishlarning hammasi Allohning izni bilan bo'ladi. Agar Alloh taolo xohlasa olovdan kuydirish xususiyatini olib qo'yadi. U zot kuydirishga izn bermasa, olov hech narsani kuydira olmaydi. Misol uchun, Ibrohim alayhissalomni mushriklar katta gulxanga tashlaganlarida, Alloh taoloning amri ila u olov Ibrohim Payg'ambarni kuydirmagan.Shuningdek, sehrgarlar ham sehrni qilishaveradi. Ammo Allohning izni bo'lmasa, hech kimga zarar yetkaza olmaydilar.Oyati karimadan yana shu narsalarni bilamizki, sehrni yaxshimi-yomonmi hech bir ish uchun ishlatib bo’lmas ekan.

«Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o'rganurlar», jumlasi sehr faqat zararli narsa ekanini tasdiqlaydi. Bu esa, yahudiylarning sehrni maqtab aytadigan gaplariga raddiyadir. Shu bilan birga, sehrni o'rgangan, uni yomonlikka ishlatganlarga oxiratda hech qanday nasiba qolmaydi.

«Va, batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxi-ratda nasiba yo'q».

Buni ularning o'zlari ham yaxshi biladilar. Sehr to'g'risidagi ushbu oyati karima va boshqa unga tegishli matnlar asosida ulamolar uzoq tortishganlar. Hatto alohida kitob yozganlar ham bor. Bu tortishuvlar: «Sehr nima? Uning haqiqati haqida nima deymiz? Sehrda narsalarning tabiati o'zgaradimi yoki odamlarning ko'ziga ko'rinish o'zgarib, o'zi asl holida qoladimi?» Mana shu masalalar ustida bo'lgan. Haqiqatda hozirgi kunimizda shu va shu kabi savollar insonlar orasida juda ko’p uchraydi. Bu masalada ilm ahli, zalolat ahli, kufr ahllarining ham turli qarashlari mavjud. Musulmon ulamolar orasida yuqoridagi savollar yuzasidan turli fikrlar bor. Ammo sehr yomon narsa ekanligi, uni o'rganish musulmon odam uchun mumkin emasligi haqida ixtilof yo'q.

Tajriba shuni ko'rsatadiki, ba`zi odamlarda g'ayrioddiy xususiyatlar bo'ladi. Ayniqsa, hozirgi kunda telepatiya, magnit uyqusi, ekstrasens va boshqa xususiyatlar haqida shov-shuvlar ko'paygan. Ammo ilmiy asosdagi aniq xulosa yo'q. Ba`zi shaxslarda boshqa kishilarga ta`sir o'tkazish xususiyati borligi aniq. Sehr ham o'sha narsalarga o'xshash bir holat bo'lishi mumkin. O'sha xususiyat bilan ta`sir o'tkazib, er bilan xotinni ajratib yuborish mumkindir. Haqiqatda hayotimizda er-xotin orasini buzish uchun turli choralarni o’ylab yuradigan insonlar hozirgi kunimizda ko’p topiladi. Albatta bu ishlarini hasad tufayli qilishadi. U ishlarni qilayotgan insonlarni hammasi ham bu ishlari katta gunoh ekanligini bilishmaydi. Sehr bilan shug’ullanuvchi insonlarni ko’pchiligini boylik ko’r qilib qo’ygan. Ba’zilari bu ishlari kufr ekanini ham sezishmaydi. Lekin

bunaqa ishlarning barchasi Allohning izni bilan bo'lishini unutmaslik kerak.

Oyati karimaning oxirida ularning qilmishlariga munosib baho beriladi.


«Agar bilsalar, o'zlarini sotgan narsa qandoq ham yomon!»

Holbuki, Bani Isroilga shaytonlarning aytganiga ishonib, sehrgarlarni ulug'lab, ularga havas qilishdan boshqa yaxshi ishlar ham bor edi. U haqida Alloh taolo keying oyatda marhamat qilib aytadi:

Agar ular iymon keltirib, taqvo qilganlarida, gar bilsalar, Allohning huzuridagi savob yaxshi edi”. (103-oyat)4

Lekin ular iymon keltirish o'rniga kufr keltirdilar, taqvo qilish o'rniga fosiqlik

qildilar. Shuning uchun ham, endi ularga Allohning huzuridagi savob o'rniga iqob bo'ladi. Alloh taolo o’sha sehrgarlik bilan shug’ullangan kishilar haqida o’zi oyatida zikr qilib o’tdi. O’sha sehrgarlarga beriladigan jazo barcha shu ish bilan shug’ullanuvchilarga barobardir.


Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling