Sayyid muhyiddin maxdum
III. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam davrlarida sehr haqida
Download 136.5 Kb.
|
mustaqil.
III. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam davrlarida sehr haqida. Sehrning kelib chiqish uzoq o’tmishga borib taqalishi yuqoridagi oyati karimadan ma’lum bo’ldi. Sehr ishlari atrofga yoyilib ketgan. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam payg’ambar bo’lib kelganlari yahudlarga yoqmagan. Chunki ular oxir zamon payg’ambari kelishligini bilishgan, lekin uni sir tutishgan edilar. Qanday qilib bo’lmasin Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga zarar yetkazishga urunishar edi. Qur’oni karimdagi “Falaq” va “Nas” suralarining ham nozil bo’lish sababi ham sehr bilan bog’liqdir. Bularni tushinishimiz uchun bu ikki suraning tafsiri bilan tanishib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. “Falaq” va “Nas” suralari Labiyd yahudiy bir ipga o’n bir tugun tugib, u bilan Payg’ambar alayhissalomni sehrladi. Alloh taolo qilgan sehrini va qayerda ekanligini Payg’ambar alayhissalomga bildirdi. So’ngra u ip Payg’ambar alayhissalomni huzurlariga keltirildi. Payg’ambar alayhissalomga a’uzu bilan bu ikki surani o’qish buyurildi. Va bu suralardan har bir oyat o’qilgan paytda bittadan tugun yechila boshladi va Payg’ambar alayhissalom vujudlarida yengillik his qila boshladilar. Hatto barcha tugunlar yechildi. Va Payg’ambar alayhissalom kishandan yechilganday turdilar5. “Falaq” surasi. BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM 1. Tong Robbisidan panoh so'rayman. Surasidagi xitob Pay`ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va u zot orqali ummatlariga qaratilgandir.Alloh taoloning O'zi turli-tuman yomonliklardan qandoq qilib panoh so'rashni o'rgatmoqda. Mo'min-musulmon inson har bir vaqt, har bir narsadan panohga muhtoj bo'lsa, faqat Alloh taolo-ning O'zidangina panoh so'ramog’i, Uning panohgohiga qochmo`i lozim ekan. Oyatda to'g’ridan-to'g’ri, Robbimdan panoh so'rayman yoki Robbimning panohiga qochaman, deb ayt deyilmasdan, Tong Robbisi panohiga qochaman, deyishga amr qilinmoqda. Nima uchun? Chunki, tong doimo o`irlik, shiddatlardan qutulish ramzi bo'lgan. Shiddatli holga tushib, panoh so'rashga majbur bo'lgan inson, xuddi zulmatli kechada adashib, halokat yoqasiga kelib qolgan odamga o'xshaydi. Uning najot kutishi esa, xuddi tongni kutishga o'xshaydi. 2. U yaratgan narsalar yomonligidan. Bu oyat dunyodagi barcha yomonliklardan panoh so'rashni tasvirlaydi. Alloh yaratgan nar-salarning foydalisi ham bor, zararlisi ham bor. Panoh tilash yomonliklardan bo'ladi.Bunga ins, jin, hayvonot, hasharot va har bir narsa yomonligi kiradi. 3. Va kirib kelgan qoron`u kechaning yomonligidan. Qorong’u kecha doim dahshat, xavf-xatar solib turadi. O'g’riliklar, qotilliklar, yomon-liklar, turli hayvonot va hasharotlar zarari doim kechasi yuzaga keladi. Shuning uchun Alloh musulmonlarga o'z panohiga iltijo qilishga, qalblarini Allohga doim bo`liq qilishga chorlaydi. 4. Va tugunlarga dam soluvchilar yomonligidan. Sehrgarlar birovni sehrlab zarar yetkazmoqchi bo'lsa, ip olib, o'qiydigan narsasini o'qib, dam solib, ipni bir tugib, yana bir dam solib, yana tugib, oxiriga yetkazar ekan. 5. Va hasad qilgan, hasadchining yomonligidan, deb ayt. Hasad–bir shaxs birovga yetgan yaxshilik yo'q bo'lib, o'ziga o'tishini orzu qilishligidir. Chunki hasadda birovga yomonlik orzu qilinadi. Lekin falonchiga yetgan yaxshilikka havas qildim, Alloh menga ham shu narsani bersaydi, desa hasad emas.Alloh taologa osmonda ham, yerda ham birinchi isyon hasad tufayli sodir bo'lgan. Iblis Odam Atoga hasad qildi, unga Alloh bergan martabani ko'ra olmadi. Allohning amriga bo'ysunmadi. Odam Atoga sajda qilmadi, osiy bo'ldi. NatijadaAlloh taolo Iblisni jan-natdan haydadi va qiyomatgacha unga O'z latsnatini yo`diradi.Yerdagi isyon Qobil Hobilga hasad qilgan tufayli bo'ldi. Chunki Alloh Hobilning qurbonligini qabul, Qobilnikini qabul qilmagan edi.Hasad nihoyatda ulkan gunoh va xaloyiq boshiga tushgan ulkan musibat. Hasad jamiyat-ning va uning har bir atszosining boshiga kulfat soladi. Odamlar orasidagi dushmanchi-liklar, kelishmovchiliklar va barcha yomonliklar hasad tufayli chiqadi. Shuning uchun ham Alloh taolo boshqa yomonliklarni jamlab aytsa ham, hasaddan panoh so'rashni Qurtsonda alohida zikr qilyapti. “Nas” surasi. BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM 1. Odamlar Robbisidan, 2. Odamlar podshohidan, 3. Odamlar Ilohidan panoh so'rayman. 4. Berkinib, ko'rinib turuvchi vasvasachining, 5. Odamlar qalblariga vasvasa soladiganning, 6. Jinlar va odamlardan bo'lganning yomonligidan, deb ayt.6 «Nas» surasi oyati karimalari matsnosi tarjimalarini tushinarli bo'lishi uchun bir-daniga keltirib olganimizdan keyin, endi, Alloh taolodan madad so'ragan holimizda yakka-yakka tafsir qilishga o'taylik. «Odamlar Robbisidan»,Ya’ni, odamlar Robbisidan panoh so'rayman.Alloh taoloning Robb sifati o'zida ko'p matsnoni mujassam qilgandir: Xoliq, Murabbiy va Mudabbir kabilar. U zot odamlarni yo'qdan bor qilib yaratgan Xoliq, turli netsmatlar ila netsmatlantirib o'stirgan Murabbiy va doimo ishlarni yuritib turuvchi Mudabbirdir. Gar Alloh taolo barcha maxluqotlarning Robbisi bo'lsa ham, bu yerda odamlarni xos zikr qilinishi bandalarni sharaflash va ikrom qilish uchundir. Alloh taolo borliqdagi barcha narsalarni odamlar uchun yaratgandir. Ularga aql, ilm, kitob va shariat bergandir. Ularga farishtalarni sajda qildirgandir. Binobarin odamlar maxluqotlarning afzalidirlar. «Odamlar podshohidan», Ya’ni, odamlarning podshohidan, egasidan panoh so'rayman.Alloh taolo hokim bo'lsin, mahkum bo'lsin, hamma xaloyiqning Malik–podshohi va egasidir. Allohning egaligi to'liq, shomil va komildir. Shuning uchun ham Alloh taolo ularning hayotini to'la boshqarib, O'z hukmini yuritib turadi. Demak, panoh tilash faqatgina o'sha Zotning O'zidangina bo'lishi lozim. «Odamlar Ilohidan panoh so'rayman».Ya’ni, odamlarning ibodatiga sazovor yagona Zotdan panoh so'rayman.Ha, barcha odamlarning ibodatiga sazovor yagona iloh, matsbud -Alloh taoloning O'zidir. Binobarin, odamlar U zotning O'zidangina panoh so'rashlari, faqat Uninggina panohiga qochishlari kerak. Ushbu uch oyat haqida Alloma Ismoil ibn Kasir quyidagilarni yozadilar: «Ushbular Robb jalla jalaluhuning sifatlaridan uch sifatdir: Roblik, Maliklik va Ilohlik. U har bir narsaning Robbi, Egasi va Ilohidir. Hamma narsalar Uning maxluqi va mulki-dirlar. Bas, panoh tilovchi ushbu sifatlar ila sifatlangan Zotdan panoh so'rashga amr qilindi».Endi esa, kelasi uch oyatda mazkur sifatlar ila mavsuf Allohning panohiga nimaning yomonligidan qochish kerakligi bayon qilinadi. «Berkinib, ko'rinib turuvchi vasvasachining», Ushbu oyatda zikr qilingan «berkinib, ko'rib turuvchi»dan murod shaytondir. Chunki, u inson Robbisini zikr qilib turganda qochib, berkinib oladi. Shuningdek, banda o'z Robbisini unutsa, shayton darhol ko'rinadi va uni vasvasa qilishni boshlaydi.Al-Hofiz al-Musiliy rivoyat qilgan hadisda: «Albatta shayton burnini odam bolasi qalbiga qo'yuvchidir. Qachon u Robbisini zikr qilsa shayton berkinadi. Qachon u Robbisini unutsa, qalbini rom etib, vasvasa qila boshlaydi», deyilgan. «Odamlar qalblariga vasvasa soladiganning», Shaytonnnng vasvasasi matslum va mashhur. U inson qalbiga gunoh ishlar qilish, o'ziga ergashtirish, Allohga osiy bo'lishni ziynatlab ko'rsatadi. «Jinlar va odamlardan bo'lganning yomonligidan, deb ayt». Ushbu oyat shayton ham odamlardan, ham jinlardan bo'lishiga dalildir. Mo'min, musul-mon inson doimo ham ins shayton, ham jin shayton vasvasasidan, yomonligidan panoh so'rab Allohga iltijo qilib turmo`i lozim.Jindan bo'lgan vavasachining ishi osonroq. Allohdan panoh so'rasang, duolarni ushbu suralarni o'qisang, qaytadi. Ammo odamdan bo'lgan vasvasachi juda ham xatarli. Imom Buxoriy Oysha onamizdan rivoyat qiladilar: «Pay`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam har kecha joylariga yotsalar, ikki kaftlariga «Qul huvallohu ahad», «Qul atsuuzu birobbil falaq» va «Qul atsuuzu birobbinna-si» suralari o'qib, dam solib badanlariga surtib yotardilar». «Falaq» va «Nas» suralari bir-birlariga uzviy bo`liqdir. Ularning nozil bo'lishi ham birga bo'lgan va doimo birga zikr qilinadi. Ushbu ikki sura birgalikda qo'shilib «Mutsavvizatayni» ikki panoh tilovchi-deb nomlanadilar. Chunki, ikkovlari ham «a’uzu»-panoh tilayman–so'zi ila boshlanadi. Pay`ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham ikki mutsavvizatay-ni birgalikda zikr qilingan: Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Abu Dovudlar rivoyat qilgan hadisda Oisha onamiz roziyallohu anhu: «Pay`ambar sollallohu alayhi vasallam qachon toblari qochsa musavvizatayni o'qib dam solar edilar. U zotning dardlari o`irlashganda men qiroat qilib, barakasi umidida qo'llarini surtar edim»-deganlar. Imom Abu Dovud va Imom Nasaiylar Uqbatu ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini safarda yetaklab bo-rardim. U zot sollallohu alayhi vasallam, ey Uqba, eng yaxshi ikki surani senga o'rgatib qo'yaymi?, dedilar va «Qul a’uzu birobbil falaqi» va «Qul atsuzu birobbinnasi»ni o'rgatdilar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: سَحَرَ رَسُولَ اللهِ يَهُودِيٌّ مِنْ يَهُودِ بَنِي زُرَيْقٍ يُقَالُ لَهُ لَبِيدُ بْنُ اْلأَعْصَمِ حَتَّى كَانَ رَسُولُ اللهِ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَفْعَلُ الشَّيْءَ وَمَا يَفْعَلُهُ حَتَّى إِذَا كَانَ ذَاتَ يَوْمٍ أَوْ ذَاتَ لَيْلَةٍ دَعَا رَسُولُ اللهِ ثُمَّ دَعَا ثُمَّ دَعَا ثُمَّ قَالَ: يَا عَائِشَةُ أَشَعَرْتِ أَنَّ اللهَ أَفْتَانِي فِيمَا اسْتَفْتَيْتُهُ فِيهِ جَاءَنِي رَجُلاَنِ فَقَعَدَ أَحَدُهُمَا عِنْدَ رَأْسِي وَاْلآخَرُ عِنْدَ رِجْلَيَّ فَقَالَ الَّذِي عِنْدَ رَأْسِي لِلَّذِي عِنْدَ رِجْلَيَّ أَوِ الَّذِي عِنْدَ رِجْلَيَّ لِلَّذِي عِنْدَ رَأْسِي: مَا وَجَعُ الرَّجُلِ؟ قَالَ: مَطْبُوبٌ قَالَ: مَنْ طَبَّهُ؟ قَالَ: لَبِيدُ بْنُ اْلأَعْصَمِ قَالَ: فِي أَيِّ شَيْءٍ؟ قَالَ: فِي مُشْطٍ وَمُشَاطَةٍ وَجُفِّ طَلْعَةِ ذَكَرٍ قَالَ: فَأَيْنَ هُوَ؟ قَالَ: فِي بِئْرِ ذِي أَرْوَانَ. قَالَتْ: فَأَتَاهَا رَسُولُ اللهِ فِي أُنَاسٍ مِنْ أَصْحَابِهِ ثُمَّ قَالَ: يَا عَائِشَةُ وَاللهِ لَكَأَنَّ مَاءَهَا نُقَاعَةُ الْحِنَّاءِ وَلَكَأَنَّ نَخْلَهَا رُءُوسُ الشَّيَاطِينِ فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ أَفَلاَ أَحْرَقْتَهُ قَالَ: لاَ أَمَّا أَنَا فَقَدْ عَافَانِي اللهُ وَكَرِهْتُ أَنْ أُثِيرَ عَلَى النَّاسِ شَرًّا فَأَمَرْتُ بِهَا فَدُفِنَتْ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ. . Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Bani Zurayq yahudiylaridan Lubayd ibn al-A'sam deb nomlanadigan bir yahudiy sehrladi. Hatto, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir narsa qilishni xayol qilar edilar, ammo qilmasdilar. Nihoyat bir kuni yoki bir kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar. So'ngra yana duo qildilar. So'ngra yana duo qildilar. Keyin: «Ey Oisha, sezdingmi? Alloh men U zotdan fatvo so'ragan narsam haqida fatvo berdi. Huzurimga ikki kishi keldi. Ulardan biri bosh tarafimga, boshqasi ikki oyog'im tarafida o'tirdi. Bas, boshim tarafdagi ikki oyog'im tarafdagiga yoki ikki oyog'im tarafdagi boshim tarafdagiga: «Bu kishining dardi nima?» dedi. Unisi: «Sehrlangandir», dedi. «Uni kim sehrladi?» dedi. «Lubayd ibn al-A'sam», dedi. «Nima bilan?» dedi. «Taroqqa, taraganda tushgan sochga va erkak xurmodan qilingan idishga», dedi. «U narsa qaerdadir?» dedi. «Zu Arvon qudug'idadir» dedi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bir guruh odamlar ila o'sha yerga bordilar. Keyin (qaytib kelib): «Ey Oisha, Allohga qasamki u(quduq)ning suvi hinnoning ivitilganiga o'xshab ketibdi. U yerdagi xurmolar xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshaydi», dedilar.«Ey Allohning Rasuli, uni kuydirib yuborganingizda edi», dedim. «Yo'q. Ammo menga Alloh ofiyat berdi. Odamlarga biror yomonlik qo'zimasin dedim. Amr qildim uni ko'mishdi», dedilar7. Ikki Shayx rivoyat qilishgan. Sharh: Bu hodisa haqida shunga o'xshash boshqa rivoyatlar ham bor. Ularda bu yerda zikr qilinmagan boshqa tafsilotlar ham zikr qilingan. Shuningdek, bu rivoyat va unda zikr qilingan hodisa haqida turli ixtiloflar ham bor. Ba'zi kishilar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga sehr ta'sir qilsa payg'ambarliklariga futur yetib qolmaydimi, degan mulohazalarni ham qilganlar. Lekin muhaqqiq ulamolarimiz bu haqda quyidagi xulosani aytganlar. Sahih hadislarda sobit bo'lgan narsani inkor qilinmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan sehr qilinganligi ma'lum. Lekin u zotga qilingan sehr payg'ambarliklariga futur yetkazmagani ham sobit. Ushbu rivoyatni bu yerda keltirish ila bemorlik insonga sehr orqali, uning sababidan ham yetishi mumkinligiga ishora qilinmoqda.Avvallari, moddaparastlik avj olgan davrda, sehr kishining sog'lig'iga zarar yetishiga sabab bo'lishi haqida gapirilsa, kulgi-masxaraga sabab bo'lishi mumkin edi. Endi esa aksincha, ko'pchilik, hamma dardlar ortida sehr va unga o'xshash narsalar turganiga ishonadigan bo'lib qoldi.Islomda esa hamma narsa o'z voqe'ligiga qarab mo''tadillik ila baholanadi. Asosan xastaliklar ma'lum va ma'ruf sabablar sababidan oriz bo'ladilar. Ularni tib yo'li bilan muolaja qilinadi. Shu bilan birga, ba'zi hollarda xastalikning oriz bo'lishiga sehr sabab bo'lishi ham mumkin. Undoq holatda bemorni davolash uchun sehrga qarshi vositalar ishga solinadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan ruvoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “ Yettita halokatga eltivchi amallardan saqlaninglar “ deganlarida, sahobalar “Ey Allohning rosuli, ular nima?” –deyishdi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga sherik bor deyish, Sehrgarlik, Alloh o’ldirishni harom qilgan jonni o’ldirish. Ammo haq bilan bo’lsa, ya’ni had-qasos va shunga o’xshash narsalarda zarari yo’q, Sudxo’rlik orqasidan kun kechirish, Yetimni molini yeyish, Urushda orqaga chekinish, Hech narsadan habari yo’q, pokiza, afifa ayolni foxisha deyish” –dedilar8. Imom Buxoriy va Muslim rivoyati. Bu hadisdan bilinadiki, halokatga eltivchi narsalar qatorida, boz ustiga nohaq odam o’ldiruvchi bilan birga zikr qilindimi, demak sehrgarlikning ham gunohi odam o’ldirish kabi og’irdir. Demak shundan bilamizki sehrgrlik bilan shug’ullanish juda o’ir gunoh hisoblanib, inson kufrga ketishi hech gap emas ekan. IV Sehr va uning turlari. Sehrning ta'rifi. «Sehr» so'zi lug'atda har bir chiqib kelgan joyi daqiq va latif, sababi maxfiy bo'lgan narsaga ishlatiladi.Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Falonchini sehrlab qo'ydi degan iborada, aldadi ma'nosi bo'ladi.Aslida sehr bir narsani haqiqatidan boshqa tarafga burishdir. Bunda sehrgar botil narsani haqiqat qilib ko'rsatishi ko'zda tutilgan.«Lisonul arab» kitobida aytilishicha, arablar sehrni sehr deb atash sog'liqni bemorlikka burishi va yaxshi ko'rishni yomon ko'rishga burishi uchundir. Sehrning ta'rifida ulamolar turli fikrlarni aytgan. Bayzoviy: «Sehrdan murod hosil bo'lishi uchun shaytonga yaqinlashiladigan, inson o'zi qila oladigan narsadir. Bu narsa yomonlikda va nafsining iflosligida iblisga munosib bo'lgan kimsalargagina hosil bo'ladi.Ammo hiyla, turli asbob va davolar vositasida odamlarni ajablantiradigan narsalarni qilish, qo'lini chaqqon harakatlantirib hunar ko'rsatish mazammat qilinmaydi. Bundoq ishlarni sehr deyish uning daqiqligidan xolos. Sehr aslida sababi maxfiy narsadir», degan. At-Tahonaviy «Kashshofu istilohotil funun» nomli kitobida sehr haqida quyidagi ta'rifni keltiradi: «Sehr ilmning bir navi bo'lib, uni javharlarning xususiyatlarini va yulduzlarning burjlarini bilishdan istifoda qilinadi. Ana o'sha narsadan sehr qilingan kishiga haykal olinadi va uning uchun burjdagi maxsus vaqtni kutiladi. So'ngra shariatga xilof kufr va fahsh so'zlarni talaffuz qilinadi. Unga shaytonlarning yordami ila erishiladi. Ularning hammasining jamlanishidan sehr qilingan kishida g'aroyib holatlar yuzaga keladi». Al-Qalyubiy sehrni quyidagicha ta'riflaydi: «Sehr shariatda iflos ruhlarni maxsus so'z va amallar orqali ishlatib odatdan tashqari holatlarni keltirib chiqarishdir». Hanbaliylar sehrni quyidagicha ta'riflaydi: «Sehr tugunlar, so'zlar, dam solish yoki bir narsalarni yozish yoxud qilish orqali kishining badani, qalbi yoki aqliga bevosita ta'sir qilishdir». Mazkur ta'riflarni jamlab o'rgansak, ularning har birida sehrning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z borayotganini ko'ramiz. Demak, ushbu ta'riflarning yig'indisidan sehrni to'laroq anglab olamiz. Sehrga aloqasi bor narsalar.
Bu narsani bizda baxshilik deb aytishimiz ham mumkin. Bu aslida qo'li yengillikdan iborat bo'lib chaqqon harakatlar bilan bir oz hiyla ishlatib biror narsani boshqacha qilib ko'rsatiladi. O'zining biror yeriga berkitib olgan narsani bemorning ichidan olgan qilib ko'rsatadi. 2. Nashra. Bu dam solishning bir turi, unda jin tekkan deb gumon qilinayotgan odam muolaja qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, bemorni o'rab olgan dardni nashr qilinadi, ya'ni, yozib yuboriladi degan da'vo qilinadi. Bu ish ham sehr hisoblanadi. Imom Ahmad ibn Hanbal Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
Bu so'z aziymatdan olingan bo'lib, qasam ichish ma'nosini bildiradi. Unda azoimxon ma'lum ism¬lar ila qasam ichib jin tekkanlarga shifo so'raydi. Ularning da'vosicha mazkur ismlar Sulaymon alayhissalom jinlarning qabilalariga muvakkal qilib qo'ygan farishtalarning ismlari emish. Agar o'shalardan birining ismi ila qasam ichsa, u o'ziga tobe jinni ishga solar emish. 4. Tilsim. Yulduzlarga bog'liq deb gumon qilingan ism-lardir. Ular ba'zi bir ma'dan yoki boshqa narsalarda bo'lib o'shalar bilan kishilarni davolash da'vosi qilinadi. 5. Avfoq. Bunda turli raqamlarni handasiy shakllarning ichiga maxsus uslubda chiziladi. Kim o'sha shakllar solingan qog'ozni o'zi bilan olib yurilsa, tug'ishni osonlashtiradi, bir lashkarni boshqasi ustidan g'alabasini ta'minlaydi, mahbusni qamoqdan chiqaradi, degan da'volar qilinadi. 6. Munajjimlik. Bu so'z lug'atda yulduzga nazar solishni anglatadi. Ammo istilohda falakdagi shakllardan yerdagi hodisalarni bilib olishni da'vo qilishdan iboratdir. Sehrning haqiqati. Ba'zi toifa va shaxslar sehrni tamomila inkor qilib uning haqiqati va ta'siri yo'q, quruq xayoldan boshqa narsa emas, degan bo'lsalar ham ahli sunna mazhabi jumhuri sehrni ikkiga bo'lganlar. Birinchisi, hiyla, chaqqonlik, ustamonlik kabi ishlar bilan ajablanarlik ishlarni ko'rsatish. Bir oz o'ylagan odam uni oddiy ish ekanini tushunib oladi. Bu turni ajnabiy tilda «fokus» deyiladi. Ikkinchisi, haqiqati, ta'siri bo'lib u kishining badanida, ruhiy holatida, aqlida o'zini ko'rsatadi. Bu xildagi sehrni hanafiylar, shofe'iylar va hanbaliylar to'laligicha sobit narsa deb tan olganlar. Ular o'zlarining bu gaplariga yuqorida zikr qilingan oyat va hadislarni dalil qilib keltirganlar. Sehrning hukmi9. Sehr qilish harom va gunohi kabiradir.Sehrni halol deb e'tiqod qilgan kishi kofir bo'lishiga hamma fuqaholar ittifoq qilishgan.Hanafiy, molikiy va hanbaliy fuqaholar sehrni o'rganish harom va kufrdir, deganlar.Ba'zi hanafiylar dushmanning sehrini qaytarish va er-xotinning orasini yaxshilash uchun sehrni o'rgansa bo'ladi, deganlar.Hanafiylar sehrgarning sehri kufrdan iborat bo'lsa yoki sehrini odamlarga zarar yetkazishga ishlatgan bo'lsa, u qatl qilinadi, deganlar. Sehr qilgani uchun haq olish joiz emas. V Sehrdan saqlanish va uning muolajasi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam nafaqat sehr, balki barcha ko’ngilsizlikdan himoya bo’ladigan tavsiyalarni o’z hadislarida aytib o’tganlar. Imom Nasaiy Mutsoz ibn Jabal roziyallohu anhudan, u kishi o'z otalaridan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Bir kuni yom`ir va zulmatda qolib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bizga namozga o'tishlariga intizor bo'ldik. Bas, u zot sollallohu alayhi vasallam chiqdilar va: «Ayt», dedilar. «Nimani aytaaman?» dedim. «Har kech va har sabohda uch marta «Qul huvallohu ahad»ni va ikki «Qul atsuzu»ni o'qisang, har bir narsaga kifoya qiladi, dedilar»10. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning bu hadislaridan bilinadiki har bir kishi bu uch surani o’qib yursalar Alloh taoloning himoyasida bo’ladi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga talim berish bilan butun ummatlariga talim bermoqdalar. Imom Buxoriy Oysha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qiladilar:
Mana bu hadisdan tushunamizki, har bir musulmon kishi oyatlarni o’qib o’ziga dam solishi mumkin ekan. Imom Muslim va Imom Termiziylar Uqbatu ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Menga ushbu kecha nozil qilingan oyatlarni bildingmi? Ularning misli hech
Bu hadislaridan u ikki sura misli yo’q eknligini bilib olamiz. Imom Abu Dovud va Imom Nasaiylar yana Uqbatu ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
Sehrning muolajasi. Alloh taoloning bu dunyoda joriy qilib qo'ygan qonun-qoidalarini taammul bilan o'ylab ko'rgan kishi turli ofatlar va bemorliklarning oriz bo'lishi ham borliqdagi muqaddar qonun-qoidalardan biri ekanini anglab yetadi. Bularning hammasi Alloh taolo tomonidan bo'ladigan sinovdir. Kim solih bandalar balo va musibatlardan uzoqda bo'ladi deb o'ylasa xato qiladi. Solih kishiga ofat va musibatlarni yetib turishi Allohning unga bo'lgan muhabbat ining alomatidir. Solih kishiga jumladan, bemorliklarni yetib turishi Alloh taoloning unga yaxshilikni iroda qilgani alomatidir. Bunday kishilar uchun ofat va bemorliklar gunohlarining kafforatidir. Ha, agar musibatga uchragan banda solih bo'lsa, musibat uning uchun gunohlarga kafforat yoki darajotlarining ko'tarilishidir. Agar osiy bo'lsa, musibat uning uchun yomonliklarini yuvish va bu dunyo bevafoligini eslatishdir. Gohida bandaga sehr va ko'z tegishi orqali ham musibat yetadi. Shuning uchun musulmon odam mazkur ikki narsadan saqlanish yo'llarini yaxshi bilib olishi kerak. Saqlanish muolaja qilishdan ko'ra osonroqdir. Sehr va ko'z tegishdan saqlanish bir necha uslublar ila amalga oshadi: 1. Tavhid ila ruhni tetiklashtirish. 2. Borliqdagi barcha narsaning tasarrufini faqatgina Alloh taoloning o’zi qilishiga iymon keltirish. 3. Yaxshiliklarni ko'p qilish. 4. Sehrgarligi va ko'zi borligi ila mashhur bo'lgan odamlardan uzoqda bo'lish. 5. Allohdan sehr va ko'z tegishidan panoh so'rab kerakli duo va zikrlarni o'qib yurish. 6. Mazkur duo va zikrlar haq ekani va ularning foydasi borligiga iymon keltirish. Mazkur iymon qancha kuchli bo'lsa, ta'sir ham shuncha kuchli bo'ladi. 7. Mazkur duo va zikrlarni aytganda qalbi hozir bo'lishi. Chunki g'ofil qalb ila qilingan duo qabul bo'lmaydi. 8. Kunduzgi duo va zikrlar bomdod va kechkilari asr namozidan keyin aytiladi. 9. Oyatul Kursiy, Baqara surasining oxirgi ikki oyati, Ixlos, Falaq va Nas suralari sehr vako'z tegishidan saqlanish uchun o'qiladi. Boshqa duo¬lar va zikr¬lar ushbu kitobning tegishli joyida kelgan. 10. Sehrlanib qolganlik va ko'z tekkanlik alomatlari quyidagicha: kishining a'zolari sog' bo'la turib boshining u yer bu yeri og'risa, yuzi sarg'aysa, ko'p terlasa va siysa, ishtahasi yo'qolsa, yuragi bejo bo'lsa, belining va ikki kuragining pastida og'riq bo'lsa, uzrsiz xafalik va yurak siqilishi bo'lsa, unga sehr yoki ko'z tekkan bo'ladi. Shuningdek, bekordan-bekorga xavfsirayversa, achchig'I chiqaversa, odamlarga qo'shilgisi kelmay qolsa, dangasa bo'lib qolsa, uyqusi kelaversa, qo'yingki, tibbiyotga oid bo'lmagan holatlarga uchrasa, unga sehr yoki ko'z tekkan bo'ladi. Musulmon odamning iymoni va qalbi kuchli bo'lib vasvasaga yo'l qo'ymasligi lozim. Vasvasa illatli narsa hisoblanadi. Sehr qilingan odam bir necha yo'l bilan muolaja qilinadi. Birinchisi, sehrning joyi aniq bo'lsa, uni olib Falaq va Nas suralarini o'qib turib tugunlari yechiladi. So'ngra kuydirib yuboriladi. Ikkinchisi, sehrni o'ziga o'xshash sehr bilan muolaja qilish. Bu ish haromdir. Uchinchisi, shar'iy dam solish yo'li bilan muolaja qilinadi. Bunda Fotiha, Falaq va Nas suralarini yoki Payg'abarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan duolarni o'qiladi. Ixlos bilan qur’oni karim suralari o’qilib, so’ng duo qilinsa ham inshaalloh Alloh taolo shifo beradi. Imom Abdurrazzoq «Musannaf» nomli kitobida sehrning muolajasi haqida quyidagi ma'noni keltirgan: «Sidrning bargidan yettita olinadi. Ularni ikki toshning orasiga olib tuyiladi. Unga Kofirun, Ixlos, Falaq va Nas suralari uch marta o'qiladi. So'ngra suvga solib ichiladi va g'usl qilinadi. Alloh shifo berguncha takror qilinadi». To'rtinchisi, sehr qilingan narsa qorinda bo'lsa ich surish, boshqa joyda bo'lsa, qon olish bilan bo'shash. 11. Dam solishning shartlaridan biri Allohning ismlari va sifatlari hamda rivoyat qilingan duolar bilan bo'lishidir. 12. Dam solish arab tilida yoki ma'nosi tushunarli bo'lishi shart. 13. Dam solish o'zicha ta'sir qilmasligi, shifoni faqat Allohning O'zigina berishiga e'tiqod qilmoq shart. 14. Dam soluvchi taqvodor, solih musulmon bo'lishi kerak. U qanchalar taqvodor bo'lsa, ta'siri shuncha kuchli bo'ladi. 15. Dam solish jarayonida sidqidildan Allohga yuzlanish va yolborish lozim. 16. Kishi o'ziga-o'zi dam solgani afzal. 17. Dam soldiruvchi kishi solih mo'min bo'lishi kerak. 18. Dam soldiruvchi kishi shifoni ixlos bilan Alloh taoloning O'zidan so'rashi lozim. 19. Shifo bo'lmayapti deb shoshilmasligi kerak. 20. Ko'z tegishidan xavfsiragan joylarga tumor, ko'zning shakli, otning taqasi kabi narsalarni osish mumkin emas. 21. Sehrgarlar odamlarni o'ziga ishontirish uchun taqvodor bo'lib ko'rinishga harakat qiladilar. Buning uchun ular namoz o'qishlari, zikr qilishlari va boshqa odamlarni jalb qiladigan ishlarni amalga oshirishlari bor. 22. Sehrgarlarning alomatlari ko'p. Shulardan biri ular bemorning va uning onasining ismini so'raydilar. Holbuki shar'iy dam solishda bu ismlarning hech keragi yo'q. 23. Sehrgarlar ba'zi kiyimlarini yoki kiyim parchalarini keltirishni so'raydilar. 24. Sehrgarlar ma'lum sifatga ega hayvon keltirishni so'raydilar. Ularning jinlarga atab so'yishlari yoki qonini bemorga surtishlari mumkin. Bu ham sehrgarlikning alomati. 25. Sehrgarlar ma'nosini tushunib bo'lmaydigan tilsim va shakllarni chizadilar. 26. Sehrgarlar bemorga to'rtburchak shakllar ichiga turli harflar va raqamlar yozilgan varaqlar berishadi. 27. Sehrgarlar bemorlarni odamlarga aralashmay ma'lum muddat alohida xonada yashashni amr qiladilar va hokazolar12. 2 3 Tafsiri Hilol 1-juz, 79-bet.Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq 4 Tafsisi Hilol 1-juz, 82-bet. Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq 5 Tafsiri Jalolayn 604-bet. 6 Tafsisi Hilol 6-juz, 267-bet. Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq 7 Hadis va hayot.18-juz. Tib va dam 77-bet. Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq 8 Riyozuus solihin 409-bet. Abu Zakariyyo ibn Sharaf Navaviy 9 Hadis va hayot.18-juz. Tib va dam 81-bet. Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq 10 Tafsisi Hilol 6-juz, 269-bet. Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq 11 Tafsisi Hilol 6-juz, 269-bet. Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq 12 Hadis va hayot.18-juz. Tib va dam 85-bet. Shayh Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling