Sayyoralarning orbita elementlari


Download 1.07 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1623459
  1   2   3
Bog'liq
Sayyoralarning orbita elementlari


Sayyoralarning orbita elementlari


Tayanch iboralar: Ekliptika, haqiqiy, o’rtacha va ekssentrik anomaliyalar, efimeridalar, perigeliyning burchak uzoqligi, orbitaning katta yarim o’qi, ekssentrisitet, radius vektor.
Reja:

  1. Sayyoralarning orbitalarini aniqlovchi elementlar.

  2. Keplerning umumlashtirilgan qonunlari.



1. Sayyoralarning orbitalarini aniqlovchi elementlar
Sayyoraning harakati to’la aniqlangan bo’ladi, agar uning trayektoriyasi joylashgan tekislik, orbita formasi va o’lchamlari orbitaning tekislikdagi oriyentirovkasi hamda sayyoraning orbita biror joyida bo’lish vaqti ma’lum bo’lsa. Sayyora orbitasini aniqlovchi kattaliklarga orbita elementlari deyiladi. Sayyora orbi­tasini o’rnini aniqlash uchun asosiy tekislik sifatida ekliptika tekisligi olinadi.
Sayyora orbitasi ekliptika tekisligi bilan ikki nuqtada kesishadi bu nuqtalarga tugunlar deyiladi. Sayyora orbitasi bo’ylab janubiy qutbdan uzoqlashib ekliptikaning kesib o’tish tuguniga chiqish tuguni Janubiy qutbga yaqinlashish tuguniga botish tuguni deyiladi.
Sayyoraning orbitasi 6 ta element bilan aniqlanadi:
1. Orbita tekisligining ekliptika tekisligiga nisbatan qiyalik burchagi, 0 dan 180 gacha o’zgaradi. bo’lsa, sayyora Quyosh atrofida Yer bilan bir xil yunalishida aylanayotgan bo’ladi (to’g’ri harakat). bo’lganda esa qarama-qarshi yo’nalishda harakat kiladi (teskari harakat).
2. Chiqish tugunining geliosentrik uzunlamasi ya’ni Quyosh markazidan chiqish tuguni tomon va bahorgi tengkunlik nuqtasi tomon yunalishlar orasidagi Ω burchak. Chiqish tugunining uzunlamasi 0 dan 180° gacha o’zgaradi. i va Ω burchaklar orbita tekisligini fazodagi o’rnini aniqlaydi.


3. Orbitaning perigeliy nuqtasini tugundan burchak uzoqligi , ya’ni Quyosh markazidan perigeliy va chiqish tuguni tomon yunalishlar orasidagi burchak  ga 0 dan 360° gacha o’zgaradi. Perigeliyning burchak uzoqligi orbitaning tekislikdagi o’rnini aniqlaydi.
4. Elliptik orbitaning katta yarim o’qi “a”. Bu element bir qiymatli siderik davr T-ni aniqlaydi. Ko’p hollarda “a” bilan element sifatida yana o’rtacha sutkali harakat burchak tezligi beriladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling