Сборник материалов республиканской научно-технической конференции
ZAMONAVIY BOZOR IQTISODI ASOSI BILIMLAR IQTISODIYOTIGA O’TISH
Download 0.78 Mb.
|
1 2
Bog'liqDildor2
ПЛЕНАРНЫЕ ДОКЛАДЫ TASHQI SAVDO MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISH XUSUSIYATLARI(O’ZBEKISTON MISOLIDA) Tursunova M.R., Xusenova Dildora Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.” Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi xalqaro savdo siyosati mamlakat iqtisodiyotining asosiy va ajralmas qismini tashkil etadi. Respublikamiz ham boshqa davlatlar singari ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni qo’llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirishda imkoniyatlar yaratib berishni eng muhim maqsadlaridan biri deb hisoblaydi. Chunki mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o'z ta'sirini o'tkazadi. Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdo aloqalaridir. Mamlakatdan tovarlar chiqarish (eksport) va mamlakatga tovarlar olib kirish (import)larning yig’indisi ma’lum mamlakatning Tashqi savdo aylanmasi demakdir. Mamlakat o’zining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim Tovar turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida yuqori sifat va katta miqdorda ishlab chiqarishga xarakat qiladi. Tovarning ma’lum turini o’zida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham katta zarar, masalan, unga ketadigan yuqori sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda tashqaridan import qilishni afzal ko’radilar. “O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat To’g’risida”gi Qonunning 3-moddasiga binoan: “Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi”. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi; savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. O'zbekiston Respublikasi "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi qonunning 17- moddasiga muvofiq Tashqi savdoni tartibga solishning asosiy tamoyillari quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: Tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish; Valyuta siyosati orqali amalga oshirish; Soliq siyosati orqali tartibga solish; Tarif va notarif yo'l-yo'riqlar orqali tartibga solish; O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo'llash; Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan miqdoriy cheklovlar o’rnatish hamda tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o’rnatish; Texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilash; Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferentsiya va imtiyozlar berish. Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 195 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. 2022-yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36 024,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7 701,4 mln. AQSh dollariga yoki 27,2 % ga koʻpaydi. TSAda eksport hajmi 14 051,5 mln. AQSh dollariga (35,7 % ga ko‘paydi) va import hajmi 21 973,1 mln. AQSh dollariga (22,3% ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida- 7 921,6 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,8 %), Rossiya Federatsiyasida (18,2 %), Qozogʻistonda (9,1 %), Turkiyada (6,8 %), Koreya Respublikasida (5,1 %), Germaniya (2,2 %) va Qirgʻiz Respublikasida (2,4 %) qayd etilgan. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 281 tani tashkil etib, ular tomonidan 11 080,6 mln. AQSh dollari (oltindan tashqari) qiymatidagi (2021-yilning mos davriga nisbatan 123,5 % ga koʻpaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 79,9 % ni tashkil etib, ularsanoat tovarlari (24,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,7 %) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (6,9 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: “O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida” gi Qonun 2000-yil 26maydagi yangi tahriri; Tursunova M.R. Xalqaro Menejment. O’quv qo’llanma. – T.:Iqtisodiyot dunyosi, 2022. – 270 b. Vahobov А. va boshqalar. Xalqaro moliya munosabatlari. -T.: Sharq, 2003; Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari; www.lex.uz https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/28994-o-zbekiston-respublikasitashqi-savdo-aylanmasi-2022-yil-yanvar-sentabr Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling