mumkin. Shuning uchun xam shifokorlar bemorlarni o ‘simliklar bilan va ulardan ajratib olingan biologik
aktiv moddalar bilan davolashga, ya’ni fitoterapiyaga alohida ahamiyat bermoqdalar. Natijada Ibn Sino
qo‘llagan va halk tabobatida keng qo‘llanilib kelinayotgan o ‘simliklarni chuqur o ‘rganish va ular asosida
yangi biofaol preparatlarni ishlab chiqish, ilmiy tibbiyotga tatbiq etish xozirgi kun farmakologlarning
dolzarb masalalaridan biridir.
Ishning maqsadi.
Qushtoron o ‘simligining quruq ekstraktini yallig‘lanishga qarshi ta’sirini
o ‘rganishdan iborat.
152
Usul va uslublar.
Tajribalar massasi 153-185g. li 36 ta laboratoriya kalamushlarida o ‘tkazildi.
Yallig‘lanish kechimini aseptik artrit modelida turli xil flogogen moddalar (2% formalin va 0,2%
serotonin) eritmalaridan kalamushlarning o ‘ng oyoq panjasini o ‘ng tomonidagi orqa appopevrozi ostiga
0,15 ml.dan yuborish orqali yuzaga chiqarildi. Preparatning yallig‘lanishga qarshi ta’siri kalamushlarning
oyoq panjasining hajmini flogogen moddalar yuborilgunigacha bo‘lgan hajmi va flogogen moddalar
yuborilganidan keyingi oyoq panjasining maksimal yallig‘lanishi yuzaga chiqqan vaqtdagi hajmini qiyosiy
solishtirish orqali aniqlandi. Kalamushlar oyoq panjasi tajriba boshlanguncha va tajriba boshlanganidan
keyingi tajribani 1,2,4,6 va 24 soatlarida suvli plitizmometr orqali o ‘lchab chiqildi. Qushtoron quruq
ekstraktini tajriba boshlanishidan 30 daqiqa oldin 75 va 150 mg/kg dozalarda laborator hayvonlarga og‘iz
orqali yuborildi.
Agar nazorat guruhidagi kalamushlarning oyoq panjasi flogogen modda formalin yuborilganidan
keyin maksimal darajada nazoratga nisbatan 104% ga oshgan bo‘lsa, o ‘rganilayotgan qushtoron quruq
Do'stlaringiz bilan baham: |