kafolatli xarid qilish bo’yicha shartnomalar tuzish belgilangan. 2023-yildan esa 70 turdagi dorilarni ishlab
chiqarish va sotib olish yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan. Bunda asosiy e’tibor onkologiya, gematologiya,
endokrin va virusli kasalliklarni davolashga qaratiladi.
Xulosalar. Yuqorida keltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni ijrosiga ilmiy
ko‘maklashish uchun aholi va davolash profilaktika muassasalarini onkologik kasalliklarda jumladan,
o ‘pka saratoni kasalligida qo‘llaniladigan dori vositalari bilan ta’minlanishini optimallashtirish uchun ilmiy
takliflar va uslubiy tavsiyanomalar tayyorlanadi.
EPILEPSIYA KASALLIGIDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI TAHLILI
Solixzoda N.Sh., Suyunov N.D., O‘razbaeva Sh.O.
Toshkentfarmatsevtika institute
e-mail:nazokats@internet.ru tel:(90)001-70-40
Dolzarbligi. Epilepsiya markaziy asab tizimining eng keng tarqalgan va progressiv kasalliklaridan
biridir. Har 1000 kishidan 5-10 nafar odamda epilepsiya kasalligi aniqlanadi. Epilepsiyaning 70 foizi 20
yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Epilepsiyaning populyasiya bo‘ylab tarqalishi 0,5-0,75%ga etadi,
bolalarda esa- 1%. Epilepsiya nevrologiyada eng ko‘p uchraydigan patologik xolatlardan biri hisoblanadi.
75% bemorlarda epilepsiya bolalik va o ‘smir davrida boshlanadi. O‘zbekistonda yiliga jami 2120 nafar
epilepsiya kasalligi aniqlanadi. 2929 nafar bemorlar hisobda turadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirining “Asosiy dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g ‘risida”gi buyrug‘ida epilepsiya
kasalligida ishlatiladigan dori vositalari keltirilgan.
Maqsad. Ushbu tadqiqotning maqsadi epilepsiya kasalligida qo‘llaniladigan dori vositalarining
nomenklaturasini o ‘rganish. Epilepsiya kasalligida ishlatiladigan dori vositalari assortimentini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |