o ‘rganish.
Usul va uslublar: Iqtisodiy tahlilning taqqoslash, grafik va guruhlash usullaridan foydalanilgan.
Natijalar: Xorazm viloyati “JAVOXIRLI O'KTAM TABIB” xususiy korxonasining faoliyati birinchi
bor kompleks iqtisodiy tahlili, iqtisodiy qonunlar asosida olib borildi. Dorixona muassasasining faoliyati
barcha ko‘rsatkichlarning eng mukammal tahlili bir necha yilgi hisobotlar bo‘yicha o ‘tkazildi. Bunda tahlil
uchun lozim bo‘lgan manbalardan maksimal foydalanildi. Birinchi manba sifatida dorixonaning chorak,
yil va oylik asosiy faoliyatining rejasidir. Bunda tahlil uchun ayirboshlash mablag‘ining me’yorlari,
xodimlar soni, yoqilg‘i, xomashyo iste’moli va boshqa ma’lumotlar olindi. Ikkinchi manba bo‘lib, dorixona
faoliyatini aks ettiruvchi natijalar, davriy operativ, buxgalter va statistika hisobotlari xizmat qildi. Hozirgi
bozor iqtisodi sharoitida va raqobatbardosh muhitda iqtisodiy tahlilning yondashuvlari va yangi usullari
qo‘llanildi. “JAVOXIRLI O'KTAM TABIB” xususiy korxonasining 2019-2020 yillardagi uzoq muddatli
aktivlari tahlili o ‘tkazildi. Unga asosan, hisobot davri oxiriga tovar-moddiy zahiralari umumiy summasi
ko‘payishi ijobiy tendensiya bo‘lib, aylanma kapital salmog‘i 77,5% tashkil etganligi aniqlandi. Tovar
yetkazib beruvchilarga pul mablag‘larining kamayishi ham ijobiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Keyingi 2020
yilda ham shu ko‘rsatkichlar yaxshi natija bergan, umumiy olganda dorixonaning qarzdorligi kamayib
borganligi aniqlangan.
Xulosalar. “JAVOXIRLI O'KTAM TABIB” xususiy korxonasining iqtisodiy tahlili asosida tashkilot
rivojlanishining strategiyasi va taktikasi ishlab chiqildi, ular asosida dorixona savdo faoliyatining aholiga
xizmat ko‘rsatishdagi iqtisodiy natijalari baholandi.
ФАРМАКОЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИИ АНАЛИЗ ЗАБОЛЕВАНИИ
Do'stlaringiz bilan baham: |