Freskalar asosan bino devorlariga, pannolar esa matolarga bo’yoqlar bilan ishlanadi. Freskalar


Download 0.69 Mb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1432602
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tasviriy san\'at turlari

Rangtasvir

  • Rangtasvir deb tekis yuzada turli rang va materiallar yordamida bajariladigan tasvirga aytiladi. Unga asosan bo’yoqlar - moyli bo’yoq, akvarel, guash, tempera shuningdek, rangli qalamlar, ko’mir, qalam, pastel, sous, sangina kabi badiiy materiallar bilan ishlash xarakterlidir.
  • Rangtasvir asarlari qog’oz, mato, karton, devor, oyna, yog’och kabi tekis yuzalarga ishlanadi. Rangtasvir asosini rasm tashkil etadi. Har qandy rangtasvir ishda avval uni rasmi ishlab olinadi. Unda kompozitsiya, yorug’soya, rang asosiy o’rinni egallaydi. Rangtasvir asarlari bajarilishi texnikasi jihatdan turli-tuman bo’ladi. Ular moybo’yoq, tempera, freska, mozayka, vitraj, akvarel, guash, pastel hisoblanadilar. Rangtasvirning quyidagi turlari mavjud: 1. Dastgohli rangtasvir. 2. Monumental rangtasvir. 3. Miniatyura rangtasviri. 4. Dekorativ rangtasvir. 5. Teatrdekorativ rangtasviri.
  • Dastgohli rangtasvir deganda rassomlarning maxsus asbob-dastgoh (molbert) yordamida ishlaydigan suvratlari tushuniladi. Dastgohli rangtasvir asarlari uncha katta bo’lmagan o’lchovda yuqorida qayd qilib o’tilganidek mato, karton, oyna, faner kabi tekis yuzali materiallarga moybo’yoq, akvarel, guash, tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi. Bunda ko’pincha moybo’yoq qo’llaniladi.
  • Monumental rangtasvir atamasi monumental (maxobatli), ya’ni katta o’lchovdagi, rangtasvir ma’nosini anglatadi va u ko’pincha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi. Monumental rangtasvir asarlarining freska, mozaika, vitraj, panno kabi turlari mavjud.

Freskalar asosan bino devorlariga, pannolar esa matolarga bo’yoqlar bilan ishlanadi.

  • Freskalar asosan bino devorlariga, pannolar esa matolarga bo’yoqlar bilan ishlanadi.
  • Mozaika- turli tabiiy va tashlandiq materiallar-rangli oyna parchalari, toshlar, sintetik materiallardan bino devorlariga yoki tekis materiallar ustiga ishlanadi.
  • Vitraj esa binolarning derazalari, eshiklari, oynalari ustiga bo’yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisidan ham bir xil ko’rinadi.
  • Miniatyura (mo’’jaz) rangtasviri deganda bejirim, juda kichik, jaji, nozik san’at asarlari tushuniladi. Miniatyura rangtasviri o’rta asrlarda kitob bezagi bilan bog’liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bezak, zarxal xarf, illyustratsiyalardan iborat bo’lgan. Rangtasvirning bu turi Sharqda, shu qatori Movaraunnahrda katta shuhrat qozondi. Hozirda u mustaqil san’at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki quticha, nosqovoq kabilarni bezatishda ham qo’llanilmoqda. Shuningdek, u katta bo’lmagan o’lchovda mustaqil san’at asari sifatida ham tayyorlanmoqda.
  • Dekorativ rangtasvir asarlari mustaqil amaliy ahamiyat kasb etib, u binolarni ichki va tashqi devorlarni bezatishda qo’llaniladi. Ular panno shaklida shuningdek, quticha, padnis, sandiq, shkaflarni bezatishda qo’l keladi. Bino ichini bezatishga xizmat qiladigan naqshlar, frizlar, namoyon kabi mayda elementlar ham dekorativ rangtasvirga kiradi.
  • Teatr bezagi o’z ichiga spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, butaforlar bilan bog’liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib, spektakl mazmunini tomoshabin tomonidan keng va chuqurroq anglab etishga yordam beradi. Bu bezaklarda rassomlar sahnadagi yorug’lantirish va ranglarni xisobga olib tasvirilaydilar. Spektakl bezaklari voqea sodir bo’layotgan joy, davr, muxit yuzasidan tomoshabin tasavvurlarini kuchaytiradi, uni idrok etishni osonlashtiradi va faollashtiradi.
  • Tasviriy san’at nazariyasi va amaliyotida akademik rangtasvir iborasi ham ishlatiladi. Akademik rangtasvir asosan o’quv jarayonida foydalanalidigan ko’rgazmali rangtasvir ishlarini nazarda tutadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling