1. Axborot- kutubxona muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish.
Bugun axborot texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Qaysi bir
jabhani
olmaylik qulaylik, oshkoralik va tezkorlik bobida zamonaviy axborot
texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib borayotir.
Shu bois
yurtimizda iqtisodiy -barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni ta’minlash,
aholi turmush
darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Axborot texnalogiyalarini tezlik bilan rivojlanishi
axborot kutubxona
muassasalarini zimmasiga yanada ko‘proq, dolzarb vazifalarni yuklamoqda.
Hozirgi kunda internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlar
turmush tarzimizning
ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Shu holni inobatga olgan holda yurtimizdagi
barcha axborot-kutubxona muassasalari o‘zlarida mavjud bo‘lgan
fondlarni
elektron shakliga o‘tkazish, shu orqali aholiga masofadan turib axborot –
kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishni kengaytirishga katta e’tibor qaratib,
innovasion yondashuv sifatida yuksak baholanib kelinmoqda.
Bugungi kunda elektron kutubxonalarni tashkil etish, ish jarayonlarini to‘liq
avtomatlashtirish, sohaga zamonaviy axborot – texnologiyalarini tatbiq etgan holda
rivojlantirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish,
fondlarning elektron
nusxalarini yaratish hamda foydalanuvchilarga elektron resurslarni masofadan
yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.